Raimova Xilola  Ma’murjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Amiriy va Xorazm adabiy muhiti”, 10.00.02  - O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3757.            
Ilmiy rahbar: Qobilova Zeboxon Bakirovna. Filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti huzuridagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/25.12.2024.Fil.130.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Ma’rifat Baqoevna filologiya fanlari doktori, professor;  Asqarov Dilmurod Musajon o‘g‘li filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Amiriy ijodining Xorazm adabiy muhitiga ta’siri misolida adabiy ta’sir va ijodiy izdoshlikning mumtoz va zamonaviy adabiyotshunoslikdagi mezonlarini ilmiy asoslashdan  iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Amiriyning Xorazm adabiy muhitiga ta’siri masalasi birinchi marotaba monografik tadqiq etilgan.  Amiriy va  Feruz davri adabiy muhitining mushtarak va o‘ziga xos jihatlar aniqlangan;
Xorazm adabiy muhitining Munis, Ogahiy, Feruz, Tabibiy, Otaniyoz Niyoziy, Avaz, Komil Xorazmiy, Rojiy  kabi shoirlari  mavzuga murojaat, obrazlar tabiati, tuyg‘ular ifodasi jihatidan Amiriy  she’riyatidan ta’sirlangani asoslangan;
Amiriy g‘azallariga tatabbularda, asosan, qofiyada yangilik qilishga intilish, ijodkor uslubi, dunyoqarashi, badiiy ifoda vositalariga  yaqinlashish aniqlangan;
Xorazm shoirlarining Amiriy g‘azallariga bog‘lagan taxmislari  o‘zi bog‘lanayotgan g‘azal baytidagi fikrga zamin hozirlash, rivojlantirish,  sababini ochish va yangi qirrasiga e’tibor qaratish kabi vazifalarni bajarganligi, kiritilgan misralar lirik qahramonning  ruhiy holatini  yanada kengroq va to‘laroq ochishga xizmat qilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amiriy va Xorazm adabiy muhitini o‘rganish jarayonida erishilgan ilmiy xulosalarning joriylanishi quyidagilarda ko‘rinadi:
Amiriyning Xorazm adabiy muhitiga ta’siri masalasi birinchi marotaba monografik tadqiq etilganligi, Amiriy va  Feruz davri adabiy muhitiga xos mushtarak va o‘ziga xos jihatlar aniqlanganligi asoslangan o‘rinlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 4-yanvarda tasdiqlangan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan  “Madaniyat, san’at, teatr, muzey, kitobxonlik va ijod sohalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar” 40-bandi “Mamlakatimizda  iste’dodli yoshlarni  aniqlash, ijodiy intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning Ona Vatanni madh  etuvchi, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi, yaratuvchanlik va bunyodkorlikni ulug‘lovchi badiiy ijod namunalarini keng kitobxonlarga tanishtirish va rag‘batlantirish maqsadida “Eng  yaxshi  she’riy turkum”, “Eng  yaxshi nasriy asar”, “Eng  yaxshi  esse” va “Eng yaxshi ertaklar turkumi” nominatsiyalari bo‘yicha ijodiy tanlov o‘tkazish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 19-noyabrdagi №10/769-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anjumanning ilmiy-ma’rifiy jihatdan saviyasining yuksalishiga, badiiy adabiyotning inson kamolotini ta’minlashdagi  ahamiyatini ochib berishga erishilgan;
Xorazm adabiy muhitining Munis, Ogahiy, Feruz, Tabibiy, Otaniyoz Niyoziy, Avaz, Komil Xorazmiy, Rojiy  kabi shoirlari  mavzuga murojaat, obrazlar tabiati, tuyg‘ular ifodasi jihatidan Amiriy  she’riyatidan ta’sirlanganligi asoslangan va tahlil qilingan o‘rinlaridan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan. (Qo‘qon universitetining 2025-yil 5-noyabrdagi №01/03-2081-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida platforma adabiy ta’sir va izdoshlik masalalariga oid nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;  
Amiriy g‘azallariga tatabbularda, asosan, qofiyada yangilik qilishga intilish, ijodkor uslubi, dunyoqarashi, badiiy ifoda vositalariga  yaqinlashish aniqlanganligi aks etgan xulosalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy tanqid kengashi hisobot yig‘ilishlarida, Erkin Vohidov, Ogahiy nomidagi ijod maktablarida o‘tgan adabiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va “mahorat darslari”da, Adiblar hiyobonida talabalar ishtirokida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda  foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 18-noyabrdagi 01-03/418-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida yosh ijodkorlar va ilmiy izlanuvchilarning adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik, xususan, adabiy muhitlararo ta’sir masalalari  bo‘yicha tushuncha va tasavvurlari kengaygan, ularda  mumtoz milliy adabiyotga nisbatan to‘g‘ri yondashuv ko‘nikmalari rivojlangan;
Xorazm shoirlarining Amiriy g‘azallariga bog‘lagan taxmislari  o‘zi bog‘lanayotgan g‘azal baytidagi fikrga zamin hozirlash, rivojlantirish,  sababini ochish va yangi qirrasiga e’tibor qaratish kabi vazifalarni bajarganligi, kiritilgan misralar lirik qahramonning  ruhiy holatini  yanada kengroq va to‘laroq ochishga xizmat qilganligi asoslangan o‘rinlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “G‘azal bo‘stoni”, “Ta’lim va taraqqiyot”  nomli dasturlari ssenariylarining 2022-2023-yil hamda 2024-yil yavar va fevral oylari sonlarida foydalanilgan. Dissertantning o‘zi mavzu yuzasidan “Gʻazal bo‘stoni” eshittirishining bir necha sonlarida ishtirok etgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 14-noyabrdagi 05-09-1824-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirishlar Amiriy ijodida an’ana va adabiy ta’sirning o‘ziga xos ko‘rinishlari, ikki adabiy muhit vakillari ijodi orqali izdoshlikning turli ko‘rinishlari yuzaga kelganligi haqidagi qimmatli ma’lumotlar bilan boyitilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish