Tursunov Rustam Mirshohidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek adabiyotida Fuzuliyga izdoshlik (tatabbu’  va tazminlar asosida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Fil2075.
Ilmiy rahbar: Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Erkinov Aftondil Sadirxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Karimova Farida Isoqovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek adabiyotida Muhammad Fuzuliyga izdoshlik masalasini tekshirish, g‘azallarga bog‘langan tatabbu’ va tazminlarning badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    O‘zbek adabiyotshunosligida ilk marta Muhammad Fuzuliy ijodining manbalari monografik planda tekshirilib, turkiy shoirlar: Lutfiy va Alisher Navoiy she’riyatining Fuzuliy ijodiga ta’siri masalasi ozarbayjon shoirining “Sening” radifli taxmisi, “Ashraqat…” g‘azali va “Besh emas”  tatabbu’si tahlili orqali ochib berilgan;
         Muhammad Fuzuliy ijodi o‘zaro ta’sir va aks ta’sir tamoyillari asosida tekshirilib, Alisher Navoiyga Fuzuliy va Fuzuliyga o‘zbek shoirlari yozgan she’riyat namunalarida an’anaviylikning novatorlikka  asos bo‘lgani aniqlangan va ushbu izdoshlik masalasi mumtoz she’riyatdagi tazmin turlari: bir misra yoki bayt asosidagi tazmin; tazmin-taxmisning rivojlanishiga hissa qo‘shgani misollar asosida ilmiy dalillangan; 
        O‘zbek adabiyotida Fuzuliyga izdoshlik asosida yaratilgan ijod namunalari tatabbu’, tazmin va taxmislar asosida xonliklar – Qo‘qon, Buxoro va Xiva adabiy muhitlari kesimida dalillanib, Fuzuliydan ta’sirlanib yozilgan 33 ta she’r tahlil qilingan va ilmiy asoslangan;
         XX-XXI asr o‘zbek shoirlari (Cho‘lpon, Habibiy, Chustiy, 
E. Vohidov, J. Kamol, D. Ergasheva)ning Fuzuliyga bog‘lagan tazmin, tatabbu’ va taxmislari poetikasi vazn, qofiya va badiiy san’atlar asosida ochib berilgan. 
        IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida Fuzuliy ijodiga izdoshlik, tatabbu’ va tazmin san’atining  o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
        O‘zbek adabiyotshunosligida ilk marta Muhammad Fuzuliy ijodining manbalari monografik planda tekshirilib, turkiy shoirlar: Lutfiy va Alisher Navoiy she’riyatining Fuzuliy ijodiga ta’siri masalasiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida  2021–2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813-raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 9-noyabrdagi 01/3194-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha saviyasi mumtoz adabiyotdagi an’anaviylik, novatorlik masalalariga oid materiallar bilan  yuksalgan;
Alisher Navoiyga Fuzuliy va Fuzuliyga o‘zbek shoirlari yozgan tazminlar, tatabbu’ va taxmislarda an’anaviylikning novatorlikka  asos bo‘lishi aniqlangan va mumtoz she’riyatda ushbu izdoshlik masalasi tazmin turlarining rivojlanishiga hissa qo‘shishiga  doir ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan  PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 01/43235-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida adabiy izdoshlik masalalariga doir materiallar platforma ilmiy saviyasini oshirgan; 
O‘zbek adabiyotida Fuzuliyga izdoshlik asosida yaratilgan ijod namunalari tatabbu’, tazmin va taxmislar asosida xonliklar – Qo‘qon, Buxoro va Xiva adabiy muhitlari kesimida ilmiy asoslanganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 12-noyabrdagi 01/43235-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbek adabiyotida Fuzuliyga izdoshlik asosida yaratilgan ijod namunalari tatabbu’, tazmin va taxmislarga doir ilmiy ma’lumotlar elektron platforma materiallarini boyitgan;
XX va XXI asr o‘zbek shoirlari (A. Cho‘lpon, Z. X. Habibiy, N. Chustiy, 
E. Vohidov, J. Kamol, D. Ergasheva)ning Fuzuliyga bog‘lagan tazminlari, tatabbu’ va taxmislari poetikasiga,   Fuzuliyning mashhur “Qurbon o‘lam” qo‘shig‘i matni Fuzuliy qalamiga mansub emasligi, aksincha, u Huzuriy degan XX asr boshlarida yashab, ijod qilgan o‘zbek shoiri tomonidan bitilganligiga oid ilmiy xulosalardan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Avjida”  ko‘rsatuvi dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 29-maydagi 15-30/369-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv doirasida adabiy ta’sir masalalari A.Cho‘lpon, Z. X. Habibiy, N. Chustiy, E. Vohidov, J. Kamol va D. Ergasheva ijodi misolida  ochib berilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish