Tojiddinova Sitora Shamsiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boburnoma” tipidagi zamonaviy nasr namunalarining matniy-qiyosiy tadqiqi (Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asari misolida)”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD/Fil4275.
Ilmiy rahbar: Qobilova Zeboxon Bakirovna, filologiya fanlari doktori, rrofessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Islomova Sohibaxon Ismoiljonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Boburiynoma”da “Vaqoye”dan aynan keltirilgan matnlar va ularning qiyosiy tadqiqini amalga oshirish, ikki asarning o‘xshash va farqli jihatlarini ilmiy dalillash, asar nashr nusxalarining qiyosiy tahlili, ijodkor uslubi va badiyatining matndagi ifodasi masalalarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma” tiridagi xorij va o‘zbek nasr namunalari (Haydar Mirzotning “Tarixi Rashidiy”, Gulbadanbegimning “Humoyunnoma”, Harold Albert Lambning “Bobur – yoʻlbars” (“Babur The Tiger: First of the great Moguls”), Flora Anna Stilning “Jahongashta hukmdor” (“King-Errant”), Micheal Fisherning “Mo‘gʻul imperatori haqida qisqa hikoyalar” (“Short history of the Mughal Empire”), Qamchibek Kenjaning “Hind sorigʻa”, Durbek Qo‘ldoshevning “Imperatorning tugʻilishi” asarlari kabi) tasniflanib, ularning matniy xususiyatlari, badiiy ta’sir va izdoshlik masalalari, o‘ziga xos (spesifik) jihatlari, adabiy-ilmiy ahamiyati kabi masalalar oshib berilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarlari ilk marta matniy-qiyosiy asrektda tekshirilib, manbadan aynan ko‘shirilgan matnlar qiyosan tahlil etilgan, ko‘shirishdagi ayrim xatoliklar (Imloviy, punktuatsion, asl manbadagi so‘z yoki gaplarning qoldirib ketilgani) aniqlangan;
“Boburiynoma”ning mavjud ush nashri matni qiyosiy aspektda tekshirilib, asarning nashrdan nashrga matniy, ilmiy-badiiy saviyasi yanada yuqorilagani isbotlanib, yozuvshining matn bilan ishlash mahorati ilmiy asoslangan;
“Boburnoma” va “Boburiynoma” matnidagi mushtarak (mumtoz manba qolipidan foydalanish, portret yaratish va tabiat manzaralarini tasvirlash, ruhiy-emotsional holatlar monandligi: yolg‘izlikkka moyillik, qiyin vaziyatlarda ham yumordan foydalanish) va o‘ziga xos jihatlar (“Boburiynoma”da jahon adabiyoti anʼanalarining aks etishi, xotin-qizlar obrazini yaratishda muallif tavsifi va portretning ustunligi) aniqlanib, qiyosiy tahlillar natijasida “Boburiynoma”ning mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boburnoma” tiridagi zamonaviy nasr namunalarining matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yisha olingan natijalar asosida:
“Boburnoma” tiridagi xorij va o‘zbek nasr namunalari tasnifidan, ularning matniy xususiyatlari, badiiy ta’sir va izdoshlik masalalari, o‘ziga xos (spesifik) jihatlari, adabiy-ilmiy ahamiyati kabi masalalardan Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi xalqaro ilmiy konferensiyalarida hamda Zahiriddin Muhammad Boburga bagʻishlangan xalqaro ilmiy elektron rlatforma, ya’ni baburid.uzda foydalanilgan (Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining 2024-yil 28-oktyabrdagi 28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy platforma “Boburnoma” tiridagi xorij va o‘zbek nasr namunalari tasnifiga, ularning matniy xususiyatlari, badiiy ta’sir va izdoshlik masalalariga oid ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” asarlari ilk marta matniy-qiyosiy asrektda tekshirilib, manbadan aynan ko‘shirilgan matnlar qiyosiy tahlilidan ko‘shirishdagi ayrim juzʼiy xatoliklar, asarda Bobur obrazining aks etishi, qiyoslanayotgan asarlarda ijodkor uslubi va badiiyatining matndagi ifodasi kabi masalalarga doir ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2025-yil 01-33/109-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Boburnoma” ta’sirida yozilgan nasriy asarlarning adabiyot tarixida tutgan o‘rni, zamonaviy o‘zbek nasrida Bobur obrazining aks etishi, ijodkor uslubi va badiiyatining matndagi ifodasi kabi masalalarga doir ilmiy ma’lumotlar ko‘rsatuv ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
“Boburiynoma”ning mavjud ush nashri matni qiyosiy aspektda tekshirilib, asarning nashrdan nashrga matniy, ilmiy-badiiy saviyasi yanada yuqorilagani isbotlanganiga, yozuvshining matn bilan ishlash mahorati ilmiy asoslanganiga, “Boburnoma”ning ma’naviy ahamiyati va umrboqiyligi uning zamonaviy nasrimizga ta’siri, “Boburiynoma”ning o‘ziga xosligi va strukturasi tahlil etilgan o‘rinlarga doir ilmiy-nazariy xulosalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan IL-402104474 raqamli “Bolalaradabiyoti.uz elektron rlatforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilga (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-apreldagi 01/4-1377-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Boburnoma” ta’sirida yaratilgan zamonaviy nasr namunalarida asl manba matnidan foydalanganlik, asarning nashrdan nashrga matniy, ilmiy-badiiy saviyasi yanada yuqorilagani isbotlanganiga oid muhim ilmiy xulosalar bilan boyitilgan;
“Boburnoma” va “Boburiynoma” matnidagi mushtarak va o‘ziga xos jihatlarga, qiyosiy tahlillar natijasida “Boburiynoma”ning mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti o‘rtasidagi o‘ziga xos ko‘prik ekanligiga, “Boburnoma” ta’sirida yaratilgan zamonaviy nasr namunalari tasnifidan, “Vaqoye” tiridagi zamonaviy nasr namunalari, “Boburiynoma”ning asl manbadan olingan matniy ko‘shirmalar matniy-qiyosiy tahlilidan, ikki asarning o‘xshash va farqli jihatlari tadqiqiga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan RF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘r tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron rlatformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 15-apreldagi 01/4-1379-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Boburiynoma”ning nashr nusxalari matni qiyosan o‘rganilib, yozuvshining matn ustida ishlash mahorati, “Boburnoma” va “Boburiynoma” matnidagi mushtarak va o‘ziga xos jihatlarga oid ilmiy materiallar loyiha saviyasini oshirgan.