Nurmamatov Dostonjon Samat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda gipospadiyaning distal shakllarida davolash natijalarini yaxshilash», 14.00.35 – Bolalar xirurgiyasi (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.3.PhD/Tib3944.
Ilmiy rahbar: Otamuradov Furqat Abdukarimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar milliy tibbiyot markazi,  DSc.04/01.02.2022.Tib.147.01.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaev Saidanvar Talatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sapaev Otabek Qadirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda gipospadiyaning distal shakllarini davolashda taktika va jarrohlik amaliyoti usulini tanlashni optimallashtirish asosida davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston Respublikasi patenti bilan himoyalangan gipospadiyaning distal shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning TIP-M mualliflik modifikatsiya usuli ishlab chiqilgan (IAP 7701 16.05.2024 y.);
distal gipospadiyalarda 6 mm dan kam uretral plastinkasining eni va uning displaziya darajasi jarrohlik taktikasini belgilovchi asosiy mezonlari ekanligi va TIP-M usuli orqali tor plastinka sharoitida qon tomirli laxtakni qo‘llash uretral striktura xavfini bartaraf etishi isbotlangan;
uretral plastinkani dozalangan (2 mm) kesish va mualliflik TIP-M usulida qon tomirli laxtak bilan nuqsonni qoplash orqali yiringli asoratlarni 3 barobarga va takroriy operatsiyalarni 5,4 foizgacha kamaytirish imkonini bergan neouretraning germetikligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilgan;
gipospadiyaning distal shakllarini davolash uchun uretral plastinkaning o‘lchami va sifatini baholashga asoslangan bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini 5 kunga qisqartirish va “a’lo” funksional va kosmetik natijalar salmog‘ini 4,7 baravarga oshirish imkonini bergan tabaqalashtirilgan jarrohlik algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda gipospadiyaning distal shakllarini davolashda taktika va jarrohlik amaliyoti usulini tanlashni optimallashtirish asosida davolash samaradorligini oshirish bshhyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekiston Respublikasi patenti bilan himoyalangan gipospadiyaning distal shakllarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning TIP-M mualliflik modifikatsiya usuli ishlab chiqilganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 100-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning diagnostika algoritmi va jarrohlik taktikasini tanlash mezonlari» hamda 99-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning jarrohlik yo‘li bilan davolashga kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 133/U-son va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mualliflik TIP-M usulini qo‘llash natijasida jarrohlikdan keyingi asoratlarni sezilarli darajada kamayganligi bolalarning ruhiy holatini yaxshilab, ular va oilalar hayot sifatini oshirgan. Oilalarning ushbu usuldan yuqori darajada mamnun bo‘lishi bolalarning jamiyatga moslashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1100000 so‘m mablag‘lar (1 nafar bemor uchun Dyupley usulida davolanish narxi 3080000 so‘mni, TIP-M usulida esa 1980000 so‘mni tashkil etadi) Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mualliflik usulini joriy etish orqali bemorlarning shifoxonada davolanish muddati o‘rtacha 14 kundan 9,5 kungacha qisqarishi natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: distal gipospadiyalarda 6 mm dan kam uretral plastinkasining eni va uning displaziya darajasi jarrohlik taktikasini belgilovchi asosiy mezonlari ekanligi va TIP-M usuli orqali tor plastinka sharoitida qon tomirli laxtakni qo‘llash uretral striktura xavfini bartaraf etishi isbotlanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 100-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning diagnostika algoritmi va jarrohlik taktikasini tanlash mezonlari» hamda 99-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning jarrohlik yo‘li bilan davolashga kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 133/U-son va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: jarrohlikdan keyingi asoratlarning 89,6% dan 30,4% gacha kamayishi davolash yondashuvlarini standartlashtirish imkonini bergan, shu bilan birga sifatli tibbiy yordamdan barchaning teng foydalanishini hamda sog‘liqni saqlash tizimida ijtimoiy adolatni ta’minlagan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1075000 so‘m mablag‘lar (56 nafar bemordan iborat tadqiqot guruhida jami 60200000 so‘m iqtisod qilingan) TIP-M mualliflik usulini qo‘llash orqali bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini 5 kunga qisqartish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: uretral plastinkani dozalangan (2 mm) kesish va mualliflik TIP-M usulida qon tomirli laxtak bilan nuqsonni qoplash orqali yiringli asoratlarni 3 barobarga va takroriy operatsiyalarni 5,4 foizgacha kamaytirish imkonini bergan neouretraning germetikligini ta’minlash mexanizmi takomillashtirilganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 100-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning diagnostika algoritmi va jarrohlik taktikasini tanlash mezonlari» hamda 99-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning jarrohlik yo‘li bilan davolashga kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 133/U-son va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: asoratlar rivojlanish xavflar omillarini miqdoriy baholash mezonlarini ishlab chiqish individual yondashuvni ta’minlaydi, davolash natijalarini prognoz qilish imkoniyatini oshiradi, oilalardagi tashvishlanishni kamaytiradi hamda shifokorlar va ota-onalar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini shakllantiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan mezonlardan foydalanish orqali jarrohlik taktikasini noto‘g‘ri tanlashning oldini olish, TIP-M usuli qo‘llanilganda asoratlar xavfi Dyupley usuliga nisbatan 9 barobar kamaytirish va bir nafar bemorni davolash uchun sarflanadigan mablag‘larning o‘rtacha 60% ga qisqartirish natijasida iqtisodiy samaradorlikka erishiladi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gipospadiyaning distal shakllarini davolash uchun uretral plastinkaning o‘lchami va sifatini baholashga asoslangan bemorlarning shifoxonada davolanish muddatini 5 kunga qisqartirish va “a’lo” funksional va kosmetik natijalar salmog‘ini 4,7 baravarga oshirish imkonini bergan tabaqalashtirilgan jarrohlik algoritmi ishlab chiqilganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining Muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 8 iyulda 100-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning diagnostika algoritmi va jarrohlik taktikasini tanlash mezonlari» hamda 99-25-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda distal gipospadiyaning jarrohlik yo‘li bilan davolashga kompleks yondashuv» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 01.08.2025 yildagi 133/U-son va Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 09.07.2025 yildagi 110-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 22 sentyabrdagi 25/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mualliflik usuli yordamida uretral plastinkaning kengligini 30-40% ga oshirish uzoq muddatli reproduktiv natijalarni yaxshilagan, bu esa muhim ijtimoiy va demografik ahamiyat kasb etgan natijadir. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 1075000 so‘m mablag‘lar (1 nafar bemor uchun Dyupley usulida davolanish narxi 3010000 so‘mni, TIP-M usulida esa 1935000 so‘mni tashkil etadi) Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mualliflik usulini joriy etish orqali bemorlarda operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini 76,6% dan (Dyupley usuli bo‘yicha) 26,8% gacha kamaytirish va shifoxonada yotoq kunlarini qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish