Mirzaaxmedov Sharafitdin Yashinovichning
dissertatsiya himoyasisiz chop etilgan maqolalar asosida
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bufo viridis, Cicer arietinum komponentlari va ayrim quyimolekulyar birikmalarning saraton va viruslarga qarshi faolliklari hamda ta’sir mexanizmlarini tadqiq qilish», 02.00.10 - Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/K241.
Ilmiy maslahatchi: Salixov Shavkat Ismailovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti., DSc.02/30.12.2019.K/B.37.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ozuqa donlari va hayvonlardan ajratilgan metall xelatlovchi peptidlar, quyimolekulyar moddalar va sintetik bioregulyatorlarning saraton va virusga qarshi faolliklarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bufo viridis zaharidan kimyoviy strukturasi fanga noma’lum bo‘lgan 2 ta yangi alkaloidlar bufonin A va bufonin B ajratib olingan;
birinchi marta arenobufagin va telotsinobufagin misolida bufadienolidlarda polimorfizm xodisasi mavjudligi va erituvchiga bog‘liq ravishda ularning kristall panjarasi turlicha bo‘lishi aniqlangan;
bufadienolidlar summasi Akaton xujayralarining o‘sishini 93,4% ga ingibirlashi isbotlangan;
no‘xat oqsilidan ajratilgan vanadiy-peptid kompleksning (CPH-V-II) tarkibidagi 9 ta metall xelatlovchi peptidning birlamchi tuzilishlari aniqlangan;
no‘xat oqsilidan 18 ta rux bog‘lovchi peptidlar aniqlanib, ularning birlamchi tuzilishlari isbotlangan;
1-naftoil ftoridning geksametildistannan bilan 6 ta yangi arilstannanli hosilalari sintez qilingan;
olaparib moddalarning alantolakton bilan sintezlangan 21 ta yangi gibridlari orasida 20e gibridning saraton hujayralarni ingibirlashi, olaparibga nisbatan 3 marta yuqori (mos ravishda IC50 = 0.27 μM va 0.66 μM) ekanligi isbotlangan;
rutan preparatidagi R5 va R8 polifenollarning SARS-CoV-2 ning 3CLpro fermentini ingibirlashi va IC50 qiymatlari mos ravishda 42,52 µM va 5,48 µM ga teng aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hayvonlardan ajratilgan quyimolekulyar moddalar va Rhus coriaria L. o‘simligidan ajratilgan polifenollarning viruslarga qarshi xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yashil baqa Bufo viridis zaharidan “Bakagin” bufadienolidlar summasini ajratish usuliga O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patenti olingan (Patent RUz № 2938). Natijada bufadienolidlar summasidan saratonga va viruslarga qarshi moddalarni ajratib olish imkonini bergan;
RNK-viruslarning 3SLrro proteazasi va RdRp RNK-polimerazasini bloklovchi vositaga O‘zbekiston Respublikasi ixtiro patenti olingan (Patent No IAP 06574). Natijada virusga qarshi Rutan preparatini ishlab-chiqarish va amiliyot qo‘llash imkonini bergan;
tadqiqot natijalari impakt faktori yuqori bo‘lgan 100 dan ortiq halqaro ilmiy jurnallarda iqtibos qilingan: Nano Today (Q1, IF 10.9), International Journal of Molecular Sciences (Q1, IF 4.9), Frontiers in Pharmacology (Q1, IF 4.8), Frontiers in Physiology (Q2, IF 3.4), International Journal of Biological Macromolecules (Q1, IF 8.5), Food Bioscience (Q1, IF 5.9), Natural Product Research (Q2, IF 2.2), Journal of Food Measurement and Characterization (Q2, IF 3.3), Advanced NanoBioMed Research (Q1 IF 4.4). Ushbu natijalar tabiiy manbalardan peptidlar, quyimolekulyar moddalar va sintetik bioregulyatorlarni ajratib olish, tuzilishini aniqlash va biologik faolliklarini baholash imkonini bergan;
tadqiqot natijalari 100 ortiq yuqori impakt faktorli xalqaro ilmiy jurnallarda iqtibos qilingan: Journal of nanobiotechnology (IF 12.6), LWT-food science and technology (6.6), Phytotherapy research (IF 6.3), Food bioscience (IF 5.9), Nutrients (IF 5.0), Molecules (IF 4.6), Scientific reports (IF 3.9), Journal of food science (IF 3.4), Journal of food science and technology-mysore (3.3), Journal of food measurement and characterization (IF 3.3), Frontiers in sustainable food systems (IF 3.1), Journal of food quality (IF 2.9), Journal of separation science (IF 2.8), Current microbiology (IF 2.6), International journal of peptide research and therapeutics (IF 2.4), Biotechnology letters (IF 2.1) va shu kabilar. Ushbu natijalar tabiiy manbalardan oqsil va peptid tabiatli birikmalarni ajratib olish, tuzilishini aniqlash va biologic faolliklarini aniqlash imkonini bergan.