Sabirova Nadira Kamiljanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sut zardobi va oq jo‘xori doni xom ashyosi asosida fermentlashtirilgan ichimlik olish texnologiyasi», 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5267.
Ilmiy rahbar: Djaxangirova Gulnoza Zinatullaevna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qo‘chqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Umid Kuychievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut zardobi va oq jo‘xori doni xomashyosi asosida fermentlashtirilgan ichimlik olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut zardobi namunalarining sifat va miqdoriy tarkibi aniqlanib, sutni qayta ishlash jarayonida oqsil qoldigʻi 40-70 %, laktoza 80-83 %, mineral tuzlar esa 80 % dan ortiq saqlashi bilan fermentatsiyalangan ichimliklar reseptida funksional ingredient sifatida foydalanish asoslangan;
oq jo‘xori donining kimyoviy tarkibi va energiya qiymati bo‘yicha makro- va mikroelementlar miqdori an’anaviy tariq doniga nisbatan 8,1 % koʻp ekanligi isbotlangan;
guruch unlarida biopolimerlarning yuqori suv ushlash qobiliyati tufayli, mahsulot chiqishi 3,0-5,0 % gacha oshishi va etilish davomiyligi 2 soatgacha kamayishi isbotlangan;
sut zardobi asosida starterni fermentatsiyalash uchun ekish materiali sifatida qoʻllaniladigan sut kislotasi bakteriyalarining optimal miqdorini aniqlash orqali starter madaniyatlari oʻsishi uchun harorat chegaralari va kislota muhit aniqlangan;
spontan achitqi starterining optimal dozirovkasi asosida sut zardobi va oq jo‘xori doni xomashyolaridan fermentlashtirilgan “Obi Bo‘za” ichimligini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sut zardobi va oq jo‘xori doni xomashyosi asosida fermentlashtirilgan ichimlik olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oq jo‘xori doni va sut zardobi asosida yangi fermentlashtirilgan ichimlik ishlab chiqarish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasining «2025-2029 yillarda amaliyotiga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasi 2025 yil 30 yanvardagi 06-1/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5 % miqdorda o‘z-o‘zidan bijg‘igan achitqi asosidagi proffilaktika va terapevtik parhez ovqatlanish uchun «Obi Bo‘za» fermentlashtirilgan ichimligini ishlab chiqarish imkonini bergan;
sut zardobi va oq jo‘xori donidan tayyorlanadigan fermentlashtirilgan ichimligi olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasining «2025-2029 yillarda amaliyotiga joriy etiladigan ishlar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasi 2025 yil 30 yanvardagi 06-1/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, sutni qayta ishlashdagi ikkilamchi mahsulotlardan foydalanib, alkogol miqdori kamaytirlgan fermentlangan, muhim oziq moddalar ibaln boyitilgan ichimlik ishlab chiqarish imkonini bergan.