Jo‘raboev Tursunpo‘lat Erkin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli muhitlarda grafen strukturalarining katalitik nukleatsiya mexanizmlari”, 01.04.03 – Molekulyar fizikasi va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1096.
Ilmiy maslahatchi: Xalilov Umedjon Boymamatovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: U.A. Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Kutliev Uchkun Otoboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Tajibaev Ilhom Ibroxjonovich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Materialshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli nostandart fizik-kimyoviy sharoitlarda samarali grafen shakllanishining fundamental mexanizmlarini aniqlash hamda bu jarayonni belgilovchi asosiy energetik hamda kinetik omillarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plazma muhitida yuqori indeksli Ni sirtlarida grafen nukleatsiyasini boshqaruvchi fundamental mexanizm – radikallarning diffuziyasi va dissotsiatsiyasi o‘rtasidagi kinetik raqobat ekanligi ilk bor aniqlandi;
an’anaviy katalizator hisoblangan Ni(111) sirtiga nisbatan yuqori indeksli Ni(331) sirtining grafen sintezida sezilarli kinetik afzalliklarga ega ekanligi ko‘rsatildi va buning sabablari (C4/C6 hosil bo‘lishi va C2 generatsiyasi uchun past energiya to‘siqlari) ochib berildi;
PAU (perilen) ning katalitik sirtda (Ni(111)) o‘z-o‘zidan shakillanishi orqali aniq xirallikdagi (5-AGNT va (2,1)-chGNT) GNT ning shakllanishining atomistik darajada aniqlandi;
Ni(111) sirtining PAU molekulalarining agregatsiyasida faol katalitik rol o‘ynashi va bu jarayonni energetik jihatdan sezilarli darajada (0,6 eV gacha) engillashtirishi isbotlandi;
kapton strukturasidan LIG hosil bo‘lishining to‘liq, ikki bosqichli transformatsiya mexanizmi atomistik darajada ochib berildi;
LIG ning g‘ovakli morfologiyasi polimer parchalanishida ajralib chiquvchi gazlar (ayniqsa CO va H2) evolyusiyasi bilan, strukturaviy sifati esa sovutish jarayonidagi (~3600 K) nukleatsiyasi bilan fundamental darajada bog‘liqligi ko‘rsatildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ushbu tadqiqotda plazma muhitida Ni sirtida grafen va grafen nanolentalarini katalitik sintez qilish usuli Xitoy xalq Respublikasi Materialshunoslik va muhandislik maktabi Shimoli-g‘arbiy Politexnika Universitetida professor Xuanxua Li ilmiy guruhining 2025YFEO105400 raqamli loyihasi doirasida perovskit quyosh batareyalarida transport qatlamlari sifatida xizmat qilgan nanostrukturalarni ishlab chiqarishda qo‘llanildi. Ushbu natijalar qo‘llanishi natijasida perovskit quyosh batareyalarining samaradorligi 1,5% ga oshdi va barqarorligi 200 soatgacha uzaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik institutida “Vodorodni ishlab chiqarish uchun Katta Quyosh sandonida olingan kobalt va nikel asosidagi kompozit katalizatorlarni o‘rganish” nomli (loyiha raqami: FL-7923051822, loyiha rahbari: PhD: Shermatov J.Z). O‘zbekiston-Belarus hamkorligi doirasidagi ilmiy loyihani bajarishda qisman foydalanildi. Bunda Katta Quyosh Sandonidanikel optimal temperatura 1500–1800 ℃ qiymati va yashin tezligida qizib ketishi va o‘z navbatida yuqori dispers tarkibli (0,9 mkm) nikel va kobalt fenitlarini sintez qilish imkoniyati mavjudligi quyosh sandonida berilgan mikrostrukturali gafiriy va tantal karbidlarini sintez qilishda karbidlanish jarayonlari yo‘nalishini aniqlash imkonini berdi.