O‘tbosarov Shuxratjon Rustamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori bosimli suv omborlari suv chiqarish va suv tashlash inshootlari konstruksiyalarini modellashtirish”, 05.09.07 – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4781.
Ilmiy rahbar: Xudaykulov Savet Ishankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/07.06.2024.T.106.07.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Faxriddin Jaylovovich – texnika fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raev Sherali Sharipovich – texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori bosimli suv omborlarining suv chiqarish va suv tashlash inshootlarida yuzaga keladigan gidrodinamik jarayonlarni baholash orqali ularning ish rejimini tavsiflovchi matematik modellashtirish usullarini takomillashtirish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalar (CFD, RANS-SST modeli va boshqalar) asosida modellashtirish natijalarini amaliy loyihalash va ekspluatatsiya jarayonlariga integratsiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Karkidon suv ombori suv chiqarish inshootida ikki fazali oqim muhitida CFD modellashtirish asosida zatvorga ta’sir etuvchi gidrodinamik bosimlar, ularning pulsatsion harakteri va energiya yo‘qotishlar bilan bog‘liq qonuniyatlari aniqlangan hamda ikki fazali oqimning zatvor konstruksiyasiga ta’siri gidrodinamik qonuniyatlar asosida baholangan;
suv chiqarish inshootlari kirish qismlaridagi gidravlik qarshilik koeffisientlarini inobatga olib, bu orqali turli shakldagi kirish qismlarining oqim barqarorligiga ta’siri baholanib, energiya yo‘qotishlarni kamaytirish va oqim ajralishi ehtimolini pasaytirishni ta’minlovchi elliptik va silliq o‘tishli kirish konturlari maqbul konstruksiya shakllari sifatida tavsiya etilgan;
yuqori bosimli suv omborlarining suv chiqarish va suv tashlash inshootlaridagi oqim dinamikasini tavsiflovchi matematik modellashtirish algoritmlaridan foydalanib, inshoot burilish qismidagi oqim tezligi va bosim taqsimotini hisoblash usullari mahalliy gidravlik qarshiliklar hamda burilish geometriyasining ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
Karkidon suv ombori misolida suv chiqarish va suv tashlash inshootining burilish qismidagi bosim va tezlik taqsimotlari CFD, xususan, turbulentlikning SST modeli yordamida modellashtirilib, olingan hisobiy natijalar eksperimental hamda amaliy ko‘rsatkichlar bilan solishtirilganligi, bunda SST modeli bo‘yicha nisbiy xatolikning o‘rtacha 2,32% ni tashkil etganligi sababli, matematik modelning ishonchliligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. Yuqori bosimli suv omborlari suv chiqarish va suv tashlash inshootlari konstruksiyalarini modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Karkidon suv ombori suv chiqarish inshootida ikki fazali oqim muhitida CFD modellashtirish asosida zatvorga ta’sir etuvchi gidrodinamik bosimlar, ularning pulsatsion harakteri va energiya yo‘qotishlar bilan bog‘liq qonuniyatlari aniqlangan hamda ikki fazali oqimning zatvor konstruksiyasiga ta’siri gidrodinamik qonuniyatlar asosida baholanganligi hamda suv chiqarish inshootlari kirish qismlaridagi gidravlik qarshilik koeffisientlarini inobatga olib, bu orqali turli shakldagi kirish qismlarining oqim barqarorligiga ta’siri baholanib, energiya yo‘qotishlarni kamaytirish va oqim ajralishi ehtimolini pasaytirishni ta’minlovchi elliptik va silliq o‘tishli kirish konturlari maqbul konstruksiya shakllari yuzasidan takliflar “Farg‘ona viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi” faoliyatida foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-sentyabr 05/13-3443-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori bosimli suv tashlash inshootlari konstruksiyalariga turbulent oqim ta’siri baholanib, inshootdan xavfsiz va samarali foydalanish imkoniyati yaratilgan; 
yuqori bosimli suv omborlarining suv chiqarish va suv tashlash inshootlaridagi oqim dinamikasini tavsiflovchi matematik modellashtirish algoritmlaridan foydalanib, inshoot burilish qismidagi oqim tezligi va bosim taqsimotini hisoblash usullari mahalliy gidravlik qarshiliklar hamda burilish geometriyasining ta’sirini hisobga olgan holda takomillashtirilganligi hamda  Karkidon suv ombori misolida suv chiqarish va suv tashlash inshootining burilish qismidagi bosim va tezlik taqsimotlari CFD, xususan, turbulentlikning SST modeli yordamida modellashtirilib, olingan hisobiy natijalar eksperimental hamda amaliy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiyalar “Sirdaryo So‘x ITHB” faoliyatida foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 23-sentyabr 05/13-3443-son ma’lumotnomasi). Natijada inshootning suv chiqarish qismidagi konusli zatvorga ta’sir etadigan kuch va bosimni SST modeli bo‘yicha aniqlashdagi nisbiy xatolikni o‘rtacha 2,32% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish