Jumaniyazov Maxmud Omirzakovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Yong‘in o‘chirish englarining quritish qurilmasini takomillashtirish”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.1.PhD/T4983.
Ilmiy rahbar: Sultonov Sohib Sobirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Gapparov Furqat Axmadovich texnika fanlari doktori, professor, Saidov Muxiddin Sadirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yong‘in o‘chirish englarini qisqa muddatda quritish orqali yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari faoliyati samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yong‘in o‘chirish englarini tez va sifatli  quritish, qayta jangovar shay holatga keltirishdagi tezkorligini oshirish, yaroqlik muddati va xususiyatlarini saqlab qolish uchun turlarining ikkita namunadagi maxsus qurilmaning fragmentlarini ishlab chiqilishi asosida takomillashtirilgan;
ikkita namunadagi maxsus qurilmaning englarni quritishning eng maqbul variantlarining tanlanganini hisobga olgan holda, vaqtga nisbatan 30–70 % gacha samarador ekanligi, 30 daqiqadan  120 daqiqagacha bo‘lgan oraliqda quritish jarayonida ham englardagi namlik yo‘qotilishining fizik-mexanik xususiyatlariga ziyon etkazmasligi ko‘rsatkichlarining bog‘liqligi nisbat kattaligi bo‘yicha aniqlangan;
uzoq muddatli yong‘inlar, gaz va neft fontanlari va boshqa turdagi murakkab yong‘inlarni bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda mobil quritish qurilmasidan foydalangan holda yong‘in o‘chiruvchilarning tezda jangovar shay holatga keltirish imkoniyatini oshirishning matematik modeli ishlab chiqilgan;     
ilk bora sovuq va issiq ob–havo sharoitida taklif etilayotgan namunadagi mobil quritish uskunasida diametri 51, 66 va 77 mm.li bo‘lgan bosim ostida ishlovchi rezina gidroizolyasiya qoplamali englarni 40°C, 50°C va 60°C quritish haroratida quritilishi evaziga, sarf xarajatlarni 12–21% gacha tejashni ifodalovchi  usullar ishlab chiqilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bosim ostida ishlovchi yong‘in o‘chirish englarini quritish usullarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yong‘in bartaraf etgandan so‘ng bosim ostida ishlovchi yong‘in o‘chirish englari yangi ishlab chiqilgan mobil ko‘rinishdagi quritish qurilmasidan foydalanib quritish “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK Ustyurt gaz-kimyo komleksi, “Taxiatosh Issiqlik elektr stansiyasi” AJ va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida joriy etilgan (2025 yil 19 yanvardagi 3-sonli dalolatnoma,2015 yil 22 yanvardagi 1/1/27-323-sonli ma’lumotnoma). Natijada, bosim ostida ishlovchi englarni quritishga mo‘ljallangan mobil quritish kamerasidan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini kengaytirilgan hisob–kitobiga ko‘ra yiliga 381 393 988,16 sumni tejash imkoniyati mavjudligi aniqlangan.
Sodir bo‘ladigan yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan yangi yong‘in o‘chirish englarini quritishning ikkita  yangi turdagi namunalari O‘zbekiston Respublikasi FVV va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tegishli bo‘lim va yong‘in o‘chirish qismlariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVBning 2025-yil 22-yanvardagi 1/1/27-323-sonli, O‘zbekiston Respublikasi FVVning (2025-yil 24-yanvardagi 4/5/30-126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sodir bo‘ladigan yong‘inlarni o‘chirishga mo‘ljallangan yangi yong‘in o‘chirish englarini quritishning ikkita  yangi turdagi namunadagi fragmentlarining ishlab chiqilishi, yong‘in o‘chirish bo‘linmalarining yong‘inlarni tezkorlik bilan o‘chirish imkoniyati va samaradorligini 20–25% gacha yaxshilashga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish