Qaxxorov Shoxruxbek Shavkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
“Qurilish korxonalari raqobatbardoshligini  oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3694.
Ilmiy rahbar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, i.f.d., professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
Abdullaev Mirzoxid Gaybullaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini aniq va tizimli baholashni aks ettiruvchi etti asosiy ko‘rsatkich- ish hajmi, sotuvdan tushgan tushum, aylanish ko‘rsatkichlari, asbob-uskunalar yangilanganlik koeffisienti, kadrlar malaka darajasi, o‘rtacha ish haqi va rentabellik asosida ballar tizimiga tayangan kompleks segmentatsiya usuli orqali qurilish korxonalarini juda yuqori raqobatbardosh (31-35 ball), yaxshi raqobatbardosh  (25-30 ball), o‘rta raqobatbardosh (18-24 ball), past raqobatbardosh (12-17 ball) va juda past raqobatbardosh  (7-11 ball) shkalalarga ajratish ilmiy asoslangan;
qurilish korxonalarining rivojlanish salohiyatidan foydalanish samaradorligi darajasiga ko‘ra ularni “A-yuqori samaradorlikka ega korxonalar” (75-100%), “B-o‘rta samaradorlikka ega korxonalar” (50-74%), “C-qoniqarli samaradorlikka ega korxonalar” (25-49%) va “D-quyi samaradorlikka ega korxonalar” (0-24%) guruhlarga ajratgan holda, har bir toifaga subsidiya va soliq imtiyozlarini differensial asosda taqdim etuvchi tabaqalashtirilgan pereferensiya mexanizmini joriy etish taklifi asoslangan;
kichik innovatsion qurilish xizmat ko‘rsatish korxonalarida kooperativlarni tashkil etish mexanizmi orqali sohada xizmatlar zanjirini to‘liq o‘zlashtirish, innovatsion loyihalar, qurilish zonalarida yaratilgan imtiyozlar hamda ularni rivojlantirish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Andijon viloyatidagi qurilish korxonalarining raqobatbardoshlik darajasi sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi, faol korxonalar soni hamda viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘rtasidagi regressiya-korrelyasiya modeli asosida baholanib, ushbu modelga tayanilgan holda 2030-yilgacha inersion, pessimistik va optimistik ssenariylar bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish korxonalari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qurilish korxonalarining raqobatbardoshlik darajasini aniq va tizimli baholashni aks ettiruvchi etti asosiy ko‘rsatkich- ish hajmi, sotuvdan tushgan tushum, aylanish ko‘rsatkichlari, asbob-uskunalar yangilanganlik koeffisienti, kadrlar malaka darajasi, o‘rtacha ish haqi va rentabellik asosida ballar tizimiga tayangan kompleks segmentatsiya usuli orqali qurilish korxonalarini juda yuqori raqobatbardosh (31-35 ball), yaxshi raqobatbardosh  (25-30 ball), o‘rta raqobatbardosh (18-24 ball), past raqobatbardosh (12-17 ball) va juda past raqobatbardosh  (7-11 ball) shkalalarga ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 9-dekabrdagi 34-06/14462 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini 11,6%ga oshirish, harajatlar va soliq yukini optimallashtirish imkoni yaratilgan;
qurilish korxonalarining rivojlanish salohiyatidan foydalanish samaradorligi darajasiga ko‘ra ularni “A-yuqori samaradorlikka ega korxonalar” (75-100%), “B-o‘rta samaradorlikka ega korxonalar” (50-74%), “C-qoniqarli samaradorlikka ega korxonalar” (25-49%) va “D-quyi samaradorlikka ega korxonalar” (0-24%) guruhlarga ajratgan holda, har bir toifaga subsidiya va soliq imtiyozlarini differensial asosda taqdim etuvchi tabaqalashtirilgan pereferensiya mexanizmini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 9-dekabrdagi 34-06/14462 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi tarkibiga kiruvchi qurilish korxonalarini rentabellik darajasini 4,1% ga oshirish imkoni yaratilgan;
kichik innovatsion qurilish xizmat ko‘rsatish korxonalarida kooperativlarni tashkil etish mexanizmi orqali sohada xizmatlar zanjirini to‘liq o‘zlashtirish, innovatsion loyihalar, qurilish zonalarida yaratilgan imtiyozlar hamda ularni rivojlantirish salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 9-dekabrdagi 34-06/14462 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tarkibiga kiruvchi qurilish korxonalarida xizmatlar zanjiri 1,7 %, qurilish korxonalarini rivojlantirish salohiyatidan foydalanish samaradorligini 2,8%ga oshirish imkoni yaratilgan;
Andijon viloyatidagi qurilish korxonalarining raqobatbardoshlik darajasi sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymat hajmi, faol korxonalar soni hamda viloyatda bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘rtasidagi regressiya-korrelyasiya modeli asosida baholanib, ushbu modelga tayanilgan holda 2030-yilgacha inersion, pessimistik va optimistik ssenariylaridan  O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jalik vazirligi, Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2025-yil 9-dekabrdagi 34-06/14462 sonli ma’lumotnomasi,  Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining 2025-yil 19 fevraldagi 01/01-24 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqarma tarkibiga kiruvchi qurilish korxonalarining 2030-yilga qadar rivojlanish tendensiyasi asosida muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish