Yuldashov Sodiq Oqbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi) “Murojaat qilish huquqining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Yu254, mavzu nomi o‘zgargan B2025.1.DSc/Yu254.
Ilmiy maslahatchi: Zulfiqarov Sherzod Xurramovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/10.01.2024.Yu.24.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Ozod Tillabaevich Xusanov, yuridik fanlar doktori, professor; Ixtiyor Rustamovich Bekov, yuridik fanlar doktori, professor; Narimanov Bekzod Abduvalievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi murojaat qilish huquqini tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalar, takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini konstitutsiyaviy-huquqiy mustahkamlash zarurati asoslantirib berilgan;
har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga va har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli ekanligini Konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurati ilmiy asoslantirilgan;
murojaat etish huquqidan foydalanayotganda jismoniy shaxsning e’tiqodi, mulki va shaxsiga qarab kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligini qonunchilikda belgilash lozimligi isbotlangan;
jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishning o‘n besh kunlik, qo‘shimcha o‘rganish yoki tekshirish talab etilganda bir oygacha bo‘lgan muddatlarini maqbullashtirish zarurati asoslantirilgan;
jismoniy shaxslarning murojaatlariga ko‘ra elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshirishi shartligi va elektron raqamli imzo kaliti egasining huquqlarini belgilash zarurati asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xalq vakillariga murojaat qilish huquqiga oid takliflar 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasida nazarda tutilgan «Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega» degan huquqiy normada o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 30-yanvardagi 04/2-09/6-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jismoniy shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
sudga murojaat qilish huquqiga oid takliflar 2023-yil 30-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan «Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli» va shu moddaning to‘rtinchi qismida qayd etilgan «Har kim O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli» degan huquqiy normalarda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2024-yil 30-yanvardagi 04/2-09/6-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar har bir shaxsning sudga murojaat qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
murojaat etish huquqidan foydalanayotganda jismoniy shaxsning e’tiqodi, mulki va shaxsiga qarab kamsitishga yo‘l qo‘yilmasligiga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-son «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 16-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 04/10-10-21-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jismoniy shaxslarning murojaat etish huquqidan foydalanayotganda kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlariga doir takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-son «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 28-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2024-yil 1-martdagi 04/10-10-21-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jismoniy shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlarini belgilash sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
jismoniy shaxslarning murojaatlariga ko‘ra elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash amalga oshirishi shartligi va elektron raqamli imzo kaliti egasining huquqlarini belgilash haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-oktyabrdagi «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi O‘RQ – 793-son Qonunining 20 va 27-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 5-dekabrdagi 3/08-242-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar jismoniy shaxslarning elektron shaklda murojaat qilish huquqi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan.