Abdullaeva Sevaraxon Xasanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  
“To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy barqarorligini moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholash metodologiyasini takomillashtirish”; 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” tutash ixtisosliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt1022
Ilmiy rahbar: Ismanov Ibrohim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent;
Kadirova Xadichaxon Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor;
Xamdamova Gavxar Absamatovna, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyati to‘qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholash uslubiyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pirson korrelyasiya koeffisienti asosida resurslarning barqarorlik indikatorlariga obektiv-statistik ta’sirini aniqlovchi “Resurslar – barqarorlik indikatorlari” matrisasi ishlab chiqilgan; 
korxonalarning joriy iqtisodiy holatini moliyaviy ko‘rsatkichlarning intergal qiymatlari asosida 0-0,40 – “Tanazzul holat”, 0,41-0,55 – “Xavfli holat”, 0,56-0,75 – “Maqbul barqarorlik” va 0,76-1,00 – “Yuqori barqarorlik” indekslari orqali baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini, ijtimoiy mas’uliyatini, korporativ boshqaruv holatini ESG konsepsiyasi asosida “A – ilg‘or rivojlangan”, “B – rivojlanayotgan” va “C – boshlang‘ich” reyting darajalari bo‘yicha baholash uslubiyoti ishlab chiqilgan; 
korxona va tijorat banki o‘rtasidagi o‘zaro barqaror integratsion faoliyat strategiyasi “Tashkiliy – tuzilmaviy”, “Moliyaviy – iqtisodiy”, “Raqamli – texnologik”, “Baholash – nazorat” mexanizmlarini joriy etish bilan takomillashtirilgan; 
korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga “Aktivlardan foydalanishni optimallashtirish”, “Zaxiralar ustidan nazorat”, “Moliyaviy rejalashtirish” jarayonlarini “instant-data” tamoyili asosida kompleks monitoring qiluvchi KPI tizimini ishlab chiqish bilan erishish taklif etilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy barqarorligini moliyaviy ko‘rsatkichlar asosida baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan taklif va ilgari surilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasining “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan soha korxonalarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash, eksport geografiyasini kengaytirishga qaratilgan dasturlarni, soha korxonalarining investision jozibadorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi №02/06-2789-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklarni uyushmaga a’zo to‘qimachilik sanoati korxonalarining faoliyatiga joriy etilishi “yashil ishlab chiqarish” tamoyillaridan foydalanish jarayonlarini jadallashtirish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlar ulushini ko‘paytirish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlarini kengaytirdi;  
dissertatsiya ishining ilmiy – amaliy natijalari O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan barqaror rivojlantirish, ESG tamoyillari asosida ekologik mas’uliyatli va ijtimoiy barqaror ishlab chiqarishni tashkil etish, mahsulot sifati hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-19-13497-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangiliklarni joriy etish natijasida ekologik xavflarni kamaytirish, korxonalarning ijtimoiy faolligini oshirish, tarmoqni innovatsion rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga erishildi; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarining joriy holatini obektiv baholash va istiqbolga yo‘naltirilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish imkoniyatini shakllantiruvchi uslubiyoti “TEXYGEN TEXTILE” MChJ korxonasining faoliyatiga joriy qilingan (“TEXYGEN TEXTILE” MChJ korxonasining 2025-yil 27-fevraldagi №7-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotni joriy etish asosida korxonaning iqtisodiy barqarorligini to‘liq baholash asosida faoliyatning daromadliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi o‘sish nuqtalarini aniqlash hamda ularni rivojlantirishga e’tibor qaratish imkoniyati shakllantirildi; 
to‘qimachilik sanoati korxonalarining atrof-muhitga ta’siri, ijtimoiy mas’uliyati va korporativ boshqaruvi bilan bog‘liq faoliyatlarining samaradorligini ESG konsepsiyasi asosida keng qamrovli baholash uslubiyoti “QUVA TEKSTIL” MChJ amaliyotiga joriy qilingan (“QUVA TEKSTIL” MChJ korxonasining 2025-yil 25- avgust №11/417 FB №68-son ma’lumotnomasi). Ushbu baholash uslubiyotidan foydalanish natijasida korxona faoliyatining ekologik barqarorlik darajasi, mehnat sharoitlari, ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash tizimiga tegishli axborotlarni to‘liq shakllantirish hamda investision jozibadorlikni oshirish uchun korxonaning drayver nuqtalarini aniqlash, “yashil ishlab chiqarish” tizimiga o‘tish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan amaliy yo‘nalishlarni belgilash imkoniyatlari shakllantirildi;
tadqiqot ishida ilgari surilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar Farg‘ona viloyatining Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tomonidan viloyatni ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish jarayonlarida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Farg‘ona viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 19-noyabr 03/17-17/8597-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangiliklarni viloyat to‘qimachilik klasterlari faoliyatini diversifikatsiyalash, marketing infratuzilmasini rivojlantirish va mahalliy xom-ashyo zanjirini optimallashtirishga qaratilgan “2025–2026–yillarda Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi”da amaliy asos sifatida qo‘llash belgilandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish