Seytova Leyle Polatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning ijtimoiy-ekologik jihatlari”, 08.00.12 — “Mintaqa iqtisodiyoti” .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.I.DSc/Iqt461
Ilmiy maslahatchi: Kalanov Muxiddin Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc. 03/30.01.2021.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Nagmet Kullievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Egamberdiev Farmonkul Tursunkulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ekologik cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududlari iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodologik taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqadagi yetakchi oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasalari huzurida Ekologik innovatsiyalarni joriy etish markazi hamda fazoviy-geografik yondashuvlar (GIS-texnologiyalar)ga asoslangan “mintaqaviy laboratoriya”ni o‘z tarkibiga oluvchi rivojlantirish institutlarini tashkil qilish orqali monitoring tizimi va ekologik audit vositasida mintaqaning barqaror rivojlanishini tizimli qo‘llab-quvvatlash taklifi asoslangan;
ma’muriy tumanlar kesimida ekologik vaziyat va erlarni muhofaza qilish ekologik vaziyatli zonalarning ahamiyatini hisobga oluvchi “eng keskin” (III zona, 1,6 ≤ Kzek ≤ 2,0), “murakkab” (II zona, 1,2 ≤ Kzmur ≤ 1,5) va mo‘tadil (I zona, 0,1 ≤ Kzmo‘t ≤ 1,1) koeffisientlar bo‘yicha tabaqalashtirish orqali takomillashtirilgan;
mintaqa agrar sektorining raqobatli ustunliklari tavsiflash omillarni atrof-muhit va er-suv resurslari sifatini baholash imkonini beradigan resurs yo‘nalishi (RY = 0,35), mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan tashkilotchilik, ilmiy va texnologik omillar majmuasini qamrab oladigan operatsion yo‘nalish (OY = 0,42), resurs bazasi, ekologik hamda tashkilotchilik-iqtisodiy xususiyatlarni optimal uyg‘unlashtirishga qaratilgan rivojlantirish dasturlarini o‘z ichiga oladigan strategik yo‘nalish (SY = 0,23) guruhlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash asosida takomillashtirilgan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida mintaqalar raqobatbardoshligi o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi ekologik muhitdagi o‘zgarishlar va iqlim o‘zgarishining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modeli asosida agrar sektor rivojlanishining 2030-yilga qadar ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni hududning tabiiy-iqtisodiy resurs salohiyatidan oqilona foydalangan holda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini uzoq muddat davomida saqlash, aholi farovonligini oshirish va atrof-muhitga zararni minimallashtirishni ta’minlaydigan, ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy omillar o‘rtasidagi muvozanatga asoslangan, inklyuziv va innovatsion rivojlanish jarayoni nuqtai nazaridan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning ijtimoiy-ekologik jihatlariga oid ilmiy tadqiqotlar natijalar asosida:
mintaqadagi yetakchi oliy ta’lim yoki ilmiy tadqiqot muassasalari huzurida Ekologik innovatsiyalarni joriy etish markazi hamda fazoviy-geografik yondashuvlar (GIS-texnologiyalar)ga asoslangan “mintaqaviy laboratoriya”ni o‘z tarkibiga oluvchi rivojlantirish institutlarini tashkil qilish orqali monitoring tizimi va ekologik audit vositasida mintaqaning barqaror rivojlanishini tizimli qo‘llab-quvvatlash taklifi Ekologiya va atrof muhitni tozalash masalalari qo‘mitasi tomonidan inobatga olinib, ilmiy izlanishlar natijalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda, xususan, fuqarolik-huquqiy, ekologik va iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish mexanizmlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 49-moddasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2024-yil 3-dekabrdagi 04/10-10-3-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish bilan bogʻliq ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
ma’muriy tumanlar kesimida ekologik vaziyat va erlarni muhofaza qilish ekologik vaziyatli zonalarning ahamiyatini hisobga oluvchi “eng keskin” (III zona, 1,6 ≤ Kzek ≤ 2,0), “murakkab” (II zona, 1,2 ≤ Kzmur ≤ 1,5) va mo‘tadil (I zona, 0,1 ≤ Kzmo‘t ≤ 1,1) koeffisientlar bo‘yicha tabaqalashtirish orqali takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ekspertlar guruhi tarkibida ishtirok etishi doirasida, Prezidentning 5202 va 4889-sonli qarori ijrosini amaliyotda nazorat qilish bo‘yicha parlament nazorati jarayonida, Qoraqalpogʻistonning Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga oid masalalar doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasining 2024-yil 3-dekabrdagi 04/10-10-3-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ma’muriy tumanlar kesimida ekologik vaziyat va erlarni muhofaza qilishni takomillashtirish imkoni yaratilgan;
mintaqa agrar sektorining raqobatli ustunliklari tavsiflash omillarni atrof-muhit va er-suv resurslari sifatini baholash imkonini beradigan resurs yo‘nalishi (RY = 0,35), mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan tashkilotchilik, ilmiy va texnologik omillar majmuasini qamrab oladigan operatsion yo‘nalish (OY = 0,42), resurs bazasi, ekologik hamda tashkilotchilik-iqtisodiy xususiyatlarni optimal uyg‘unlashtirishga qaratilgan rivojlantirish dasturlarini o‘z ichiga oladigan strategik yo‘nalish (SY = 0,23) guruhlari o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan amaliy faoliyatda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining 2024-yil 14-dekabrdagi 04/2-13-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa agrar sektorining raqobatli ustunliklarini tavsiflash maqsadida, omillarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash zarurligi: atrof-muhit va er-suv resurslari sifatini baholash imkonini beradigan resurs yo‘nalishi; mahsulot raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladigan tashkilotchilik, ilmiy va texnologik omillar majmuasini qamrab oladigan operatsion yo‘nalish; resurs bazasi, ekologik hamda tashkilotchilik-iqtisodiy xususiyatlarni optimal uygʻunlashtirishga qaratilgan rivojlantirish dasturlarini o‘z ichiga oladigan strategik yo‘nalish asoslab berilgan;
Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida mintaqalar raqobatbardoshligi o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi ekologik muhitdagi o‘zgarishlar va iqlim o‘zgarishining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik modeli asosida agrar sektor rivojlanishining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan ssenariyli prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolik-huquqiy, ekologik va iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy meʼyorlar ustida ish olib borish jarayonida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ekspertlar guruhi tarkibida ishtirok etishi doirasida, Prezidentning 5202 va 4889-sonli qarori ijrosini amaliyotda nazorat qilish bo‘yicha parlament nazorati jarayonida, Qoraqalpogʻistonning Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga oid masalalarda inobatga olingan (Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining 2024-yil 11-dekabrdagi 02-09/9-12/965-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hududlar raqobatbardoshligining o‘sishini cheklovchi ekologik muhit ta’sirini inobatga olgan holda, O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish bilan bogʻliq ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha qonunchilik va meʼyoriy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini hududning tabiiy-iqtisodiy resurs salohiyatidan oqilona foydalangan holda iqtisodiy o‘sish sur'atlarini uzoq muddat davomida saqlash, aholi farovonligini oshirish va atrof-muhitga zararni minimallashtirishni ta’minlaydigan, ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy omillar o‘rtasidagi muvozanatga asoslangan, inklyuziv va innovatsion rivojlanish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bogʻliq nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mintaqaviy rivojlanish strategiyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil
18-avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy omillar o‘rtasidagi muvozanatga asoslangan, inklyuziv va innovatsion rivojlanish jarayoni nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtirish imkoni yaratilgan.