Karimov Ma’ruf Ixtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, “Tog‘-kon sanoati korxonalari faoliyatini barqaror rivojlantirish mexanizimini shakillantirish metodologiyasini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03–“Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4. DSc /Iqt1023
Ilmiy maslahatchi: tenika fanlari doktori, professor Sharipov Kongratbay Avezimbetovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Muratova Shoxista Nimatullaevna, i.f.d., Tursunxodjaev Marat lutfullaevich, t.f.d., professor Umarov Farxod Yarkulovich
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida tog‘-kon sanoati korxonalarining barqaror rivojlanish mexanizmini takomillash-tirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tog‘-kon sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishda qayta ishlash jarayonidagi harajatlarni kamaytirish bo‘yicha strategik rejalarini amalga oshirishda kauzal atribusion mexnizmi taklif etilgan;
sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda iqtisodiy-ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirishga asoslangan diskretizatsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi strategiyaning algoritmi takomillashtirildi;
sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishining integrallashgan modeli va me’yoriy chegaralarini omologatsiyalash asosida baholash ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida “OKMK” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi barqaror rivojlanishining zamonaviy tendesiyalarni hisobga oluvchi metodologiyasi takomillashtirilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamyati bo‘yicha ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda mahsulot sotishdan tushadigan jami daromadlar hajmining 2035-yilgacha bolgan davrga mo‘ljallangan prognoz korsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida tog‘-kon sanoati korxonalarining barqaror rivojlanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tog‘-kon sanoati korxonalarini barqaror rivojlantirishda qayta ishlash jarayonidagi harajatlarni kamaytirish bo‘yicha strategik reja-larini amalga oshirishda kauzal atribusion mexnizmi taklifi “OKMK” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasida joriy etilgan (“OKMK” aksiyadorlik jamiyatining 2025 yil 4 apreldagi CL-001128-sonli ma’lumot-nomasi). Taklif “OKMK” AJning operasion faoliyati barqarorligini 0,2 % ga ta’minlashga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda iqtisodiy-ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirishga asoslangan diskretizatsiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi strategiyaning algoritmi takomillashtirish taklifi “OKMK” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasida joriy etilgan (“OKMK” AJning 2025 yil 4 apreldagi CL-001128-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sanoat korxona-sining iqtisodiy faoliyati samaradorligini 1,8 % oshirish imkonini oshirishda muayyan darajada xizmat qilgan;
sanoat korxonalarining barqaror rivojlanishining integrallashgan modeli va me’yoriy chegaralarini omologatsiyalash asosida baholash ko‘rsatkichlarini takomillashtirish taklifi “OKMK” AJda joriy etilgan (“OKMK” AJning 2025 yil 4 apreldagi CL-001128-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif mahsulotni sotishdan tushgan sof tushumini 2025 yil ikkinchi choragida sotishdan tushgan sof daromad — 9,065,292,257 ming so‘mga etishi va sof foydaning oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
“OKMK” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasi barqaror rivojla-nishining raqamli iqtisodiyot sharoitida zamonaviy tendesiyalarni hisobga oluvchi takomillashtirilgan metodologiyasi “OKMK” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasida joriy etilgan (“OKMK” AJning 2025 yil 4 apreldagi CL-001128-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif AJ faoliyatini barqaror rivojlanishining qoniqarli me’yori 0,6-0,81 darajasi ko‘rsatkichiga erishishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamyati bo‘yicha ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda mahsulot sotishdan tushadigan jami daromadlar hajmining 2035-yilgacha bolgan davrga mo‘ljallangan prognoz korsatkichlari bo‘yicha taklif “OKMK” aksiyadorlik jamiyatida joriy etilgan (“OKMK” AJning 2025 yildagi 04 apreldagi CL-001128-sonli ma’lumotnomasi). Taklif 2035 yillarga kelib, “OKMK” aksiyadorlik jamiyati qo‘shma korxonasida daromad ko‘rsatkichini 1,3% ga oshishiga muayyan darajada muayyan darajada xizmat qiladi.