Ismailov Otabek Mirxalilovichning

texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarish majmualari himoyalangan integrirlashgan boshqarish tizimlarining avtomatlashtirilgan loyihalash usullari va algoritmlari», 05.01.08–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/T244.

Ilmiy maslahatchi: Yusupbekov Nodirbek Rustambekovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.03.02.

Rasmiy opponentlar: Kamilov Mirzayan Mirzaaxmedovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Igamberdiev Xusan Zakirovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Karimov Majit Malikovich, texnika fanlari doktori, professor. 

Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqarish majmualarini tashqi va ichki tahdidlardan himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimlarining avtomatlashtirilgan loyihalash usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

axborot va sanoat texnologiyalarini unifikatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarish majmualarining himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimini loyihalashning asosiy prinsiplari aniqlangan hamda konsepsiyasi va uslubiyati ishlab chiqilgan;

tadqiq qilinayotgan ob’ekt xususiyatlarini hisobga olib, murakkab ishlab chiqarish texnologik ob’ektlarini boshqarish tizimlari tahdidlari va zaif tomonlarini tahlil qilgan holda ishlab chiqarish majmualarining himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimini strukturasi ishlab chiqilgan;

statistik tahlil konsepsiyasi asosida diskret ma’lumotlar oqimiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish majmualarining himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimidagi tarmoq trafigini monitoring qilishni modernizatsiya qilingan matematik modellari ishlab chiqilgan;

diskret ma’lumotlar oqimiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish majmualarini himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimidagi tarmoq trafigini fraktal tahlilining takomillashtirilgan algoritmlari va modellari ishlab chiqilgan;

ishlab chiqarish ob’ektlarini integrallashgan boshqarish tizimlarida axborotni majmuaviy kriptografik himoyalash algoritmlari ishlab chiqilgan;

ishlab chiqarish majmualarining himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimlaridagi istalmagan oqimlarni monitoring qilish va identifikatsiyalashning qisman o‘z-o‘zini o‘qitish qobiliyatiga ega bo‘lgan gibridli algoritmlari ishlab chiqilgan;

ishlab chiqarishni integrallashgan boshqarish tizimlarida ma’lumotlar bazasini nosozliklarga chidamliligini oshirish usullari va algoritmlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ishlab chiqarish majmualari himoyalangan integrallashgan boshqarish tizimlarining avtomatlashtirilgan loyihalash usullari va algoritmlarini yaratish bo‘yicha ishda olingan ilmiy natijalar asosida:

istalmagan oqimlarni monitoring qilish va tanib olishning qisman o‘z-o‘zini o‘qitish qobiliyatiga ega bo‘lgan gibridli algoritmlar, ishlab chiqarishning integrallashgan boshqarish tizimlarida axborotni majmuaviy kriptografik himoyalash va ma’lumotlar bazasini nosozliklarga chidamliligini oshirish usullari va algoritmlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborotlashtirish Bosh markazida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 33-8/1449-son ma’lumotnomasi). Natijada tarmoq trafigini tahlil qilish tizimining ishlash unumdorligini 12 % ga oshirish imkonini bergan;

statistik tahlil konsepsiyasi asosida diskret ma’lumotlar oqimiga ega bo‘lgan IChM HIBTdagi tarmoq trafigini monitoring qilishning modernizatsiya qilingan matematik modellari va diskret ma’lumotlar oqimiga ega bo‘lgan IChM HIBTdagi tarmoq trafigining fraktal tahlilini takomillashtirilgan algoritmlari va modellari «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ da joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 33-8/1449-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan matematik modellar va sanoat tarmoqlarini monitoring qilish tizimini takomillashtirish algoritmlari IChM HIBTni to‘xtovsiz ishlash imkonini bergan;

axborot va sanoat texnologiyalarini unifikatsiya qilish sharoitida IChM HIBTni loyihalashning aniqlangan asosiy prinsiplari hamda ishlab chiqilgan konsepsiyasi va uslubiyati O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot va jamoatchilik xavfsizligi Markazi hamda «UNICON.UZ» DUKda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 33-8/1449-son ma’lumotnomasi). Natijada IChM HIBTdagi trafikni monitoring qilish tizimi samaradorligini 15 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish