Rajabov Nuriddin Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1113.
Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rajabov Sherzod Umrzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pensiya tizimini moliyalashtirishni takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdorini amaldagi 10 foizdan 20 foizgacha oshirish zarurligi asoslangan;
ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish yoshini 18 yoshgacha uzaytirish taklif etilgan;
aholining boquvchisini yo‘qotgan qatlamini turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchi va talabalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lashni 23 yoshgacha uzaytirish taklif etilgan;
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va pensiyalarni hisoblash va tayinlash tizimini ijtimoiy adolat prinsiplari asosida takomillashtirish maqsadida ish stajiga 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga qarab turilgan vaqtni qo‘shib hisoblashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pensiya ta’minoti tizimidagi muammolarni hal etish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish, tizimning ijtimoiy adolatliligini saqlab qolish maqsadida «Saxovat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida yashovchi yolg‘iz pensionerlarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun kamida to‘lanadigan oylik pensiya miqdorini amaldagi 10 foizdan 20 foizgacha oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 martdagi «Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi PF-6195-son Farmonida o‘z aksini topgan. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023 yil 2 iyundagi 05-01932-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida pensionerlarning real daromadlari oshirilgan hamda ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligi ta’minlangan;
ijtimoiy himoyaga muxtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish yoshini 18 yoshgacha uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 9 fevraldagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-752-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023 yil 2 iyundagi 05-01932-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida pensionerlarning real daromadlari oshirilgan hamda ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligi ta’minlangan;
aholining boquvchisini yo‘qotgan qatlamini turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan boquvchisini yo‘qotgan o‘quvchi va talabalarga boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini to‘lashni 23 yoshgacha uzaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 9 fevraldagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-752-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023 yil 2 iyundagi 05-01932-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida pensionerlarning real daromadlari oshirilgan hamda ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligi ta’minlangan;
fuqarolarni ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va pensiyalarni hisoblash va tayinlash tizimini ijtimoiy adolat prinsiplari asosida takomillashtirish maqsadida ish stajiga 18 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga qarab turilgan vaqtni qo‘shib hisoblash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 9 fevraldagi “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-752-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2023 yil 2 iyundagi 05-01932-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida pensionerlarning real daromadlari oshirilgan hamda ijtimoiy to‘lovlar miqdorining minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmasligi ta’minlangan.