Maxmudov Anvarjon Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi  haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissersiya mavzusi, ixtisoslik shifri(ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i)
“Soliq tizimida soliq huquqbuzarliklarini aniqlash va tartibga solishni boshqarishni takomillashtirish”; 08.00.13 – “Menejment” 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3889  
Ilmiy rahbar: Nosirov Ilxom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar)nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.06.05 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Jo‘raeva Nodiraxon Qurbonovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: soliq tizimida soliq huquqbuzarliklarini aniqlash va tartibga solishni boshqarishning takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning samarali hal etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida mazkur jarayonni soliq organlari xodimlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimiga integratsiya qilish  bo‘yicha tavsiya berilgan;
AOS bo‘yicha “nol” hisobotlarni kamaytirishda hisobotlar taqdim etilishi holatlarini samarali nazorat qilish maqsadida, soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat jarayonlarini ularning xodimlari faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash taklif etilgan;
Soliq sohasida yuzaga keladigan turli xil huquqbuzarliklarda soliq organlari xodimlarining ishtiroki yoki ular bilan bog‘liq holatlarning oldini olish maqsadida, komplaens nazorat boshqaruv tizimi doirasida xodimlarning faoliyatini real vaqt rejimida monitoring qilish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlovchi indikatorlarni joriy etish hamda ichki audit tahlili mexanizmlarini qo‘llash orqali korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
“Soliq tushumlarining umumiy hajmi”, “Jazo qo‘llanilgan soliq huquqbuzarliklari soni’’,  “Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan soliq huquqbuzarliklari soni”, “Soliq to‘lovchilarning umumiy soni”, “Yuridik shaxslarning o‘rtacha yillik soliq yuki, foiz” asosida takomillashtirilgan multiplikativ model orqali 2029-yilgacha bo‘lgan davr uchun soliq tushumlarining umumiy prognoz senariylari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq tizimida soliq huquqbuzarliklarini aniqlash va tartibga solishning boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni samarali hal etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida mazkur jarayonni soliq organlari xodimlarining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimiga integratsiya qilish  bo‘yicha bergan tavsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining 2025-yil 15-yanvardagi 13-son “Xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining “Hududiy soliq boshqarmalari boshliqlari va ularning mas’ul oʻrinbosarini umumiy samaradorlik koʻrsatkichlari asosida ragʻbatlantirish yoki masʼuliyatini belgilash  tartibi” nomli 2-ilovasi loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 23-oktyabr 26-120226-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni real vaqtda monitoring qilinishiga va bu orqali kechikish holatlari keskin kamayishiga, soliq idoralari, statistika, bank va sud organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvi tezlashishiga, ish samaradorligi indeksi orqali xodimlarning faoliyatini obektiv baholanishiga hamda ma’suliyat markazlarining shakllanishiga, shuningdek, fuqarolarning soliq organlariga ishonchini mustahkamlanishi va soliq idoralarida boshqaruv salohiyati hamda xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanishiga erishilgan. Ariza yoki shikoyatlarni ko‘rib chiqish muddatlarini 15 kundan 5 kungacha qisqarishiga hamda ularga samarali echim berilishiga erishilgan;
AOS bo‘yicha “nol” hisobotlarni kamaytirishda hisobotlar taqdim etilishi holatlarini samarali nazorat qilish maqsadida, soliq organlari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat jarayonlarini ularning xodimlari faoliyatining asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash taklifidan  (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 23-oktyabr 
26-120226-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi raisining 2025 yil 15-yanvardagi 13-son “Xodimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘ining loyihasini tayyorlashda foydalanilgan.  
Soliq sohasida yuzaga keladigan turli xil huquqbuzarliklarda soliq organlari xodimlarining ishtiroki yoki ular bilan bog‘liq holatlarning oldini olish maqsadida, komplaens nazorat boshqaruv tizimi doirasida xodimlarning faoliyatini real vaqt rejimida monitoring qilish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlovchi indikatorlarni joriy etish hamda ichki audit tahlili mexanizmlarini qo‘llash orqali korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik chora-tadbirlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 
23-oktyabr 26-120226-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni joriy etilishi natijasida  soliq qo‘mitasining ichki audit nazorat mexanizmi, raqamlashtirish (e-hisobot, e-monitoring), xodimlarga komplaens madaniyatining singdirilishi, soxta operatsiyalarning kamayishi hisobiga doimiy soliq majburiyatlarining bajartiruvchi qonuniy harakatlar hamda soliq huquqbuzarliklarining oldini olinishi, hamkorlik, ma’lumot almashinuvi hamda avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari shakllangan, boshqaruvda o‘zgarishlarga tezkor moslashish va tezkor qaror qabul qilish imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan.
“Soliq tushumlarining umumiy hajmi”, “Jazo qo‘llanilgan soliq huquqbuzarliklari soni’’,  “Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan soliq huquqbuzarliklari soni”, “Soliq to‘lovchilarning umumiy soni”, “Yuridik shaxslarning o‘rtacha yillik soliq yuki, foiz” asosida takomillashtirilgan multiplikativ model orqali 2029-yilgacha bo‘lgan davr uchun soliq tushumlarining umumiy prognoz senariylari ishlab chiqilgan.(O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 23-oktyabr 
26-120226-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifdan Farg‘ona viloyatida soliq tushumlarining barqaror o‘sishini, soliq huquqbuzarliklarini kamaytirilishini, soliq yukini tartibga solilinishini yillar kesimida kuzatib borish hamda boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish orqali joriy soliq tushumlariga nisbatan qo‘shimcha byudjet tushumlarini shakllantirish imkoniyati oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish