Kim Elena Radionovnaning
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqid e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vliyanie chelovecheskogo kapitala na obespechenie ustoychivogo ekonomicheskogo rosta v Uzbekistane”, 08.00.02-Makroiqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2866
Ilmiy rahbar: Asqarova Mavluda Turabovna, professor, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nasirxodjaeva Dilafruz Sabitxanovna, professor, iqtisodiyot fanlari doktori;
Abduraximova Saida Ahmadjanovna, professor, iqtisodiyot fanlari doktori;
Yetakchi tashkilot: Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda inson kapitalining ta’sirini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy takliflar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “inson kapitali” toifasining mahalliy va xorijiy talqinlarini qiyosiy tahlil qilish asosida inson kapitalining sifatli va barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy determinanti sifatidagi ahamiyatini aniqlash imkonini beruvchi ilmiy tushunchalar orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekiston uchun proksi o‘zgaruvchilardan foydalangan holda inson kapitali indeksini (HCI) hisoblash uslubiyati raqamli savodxonlik moduli (DigComp) bilan PISA turidagi milliy test o‘tkazish zaruratini asoslash orqali takomillashtirilgan;
barqaror iqtisodiy o‘sishni tadqiq etish doirasida Uzava-Lukasning moslashtirilgan modelini ishlab chiqish orqali inson kapitalining uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga ta’siri empirik jihatdan asoslangan;
inson taraqqiyoti indeksining (HDI) mualliflik hisob-kitoblari va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining inson kapitali darajasiga miqdoriy bog‘liqligini matematik jihatdan asoslovchi ko‘p omilli regression model asosida O‘zbekiston iqtisodiyotini 2030-yilgacha rivojlantirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mahalliy va xorijiy manbalarda “inson kapitali” kategoriyasining talqinlari bo‘yicha komparativ tahlil asosida ilmiy qarashlar tizimlashtirildi, bu esa inson kapitalining sifatli va barqaror iqtisodiy o‘sishning bazaviy determinantlaridan biri sifatidagi ahamiyatini aniqlash imkonini berdi. Mazkur natijalar O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilinib, metodik tavsiyalar, tahliliy materiallar hamda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda qo‘llanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-noyabrdagi 05-33-12808-sonli ma'lumotnomasi);
O‘zbekiston uchun proksi o‘zgaruvchilardan foydalangan holda Inson kapitali indeksini hisoblash metodikasi ishlab chiqildi hamda raqamli savodxonlik (DigComp) modulini o‘z ichiga olgan PISA tizimi asosidagi milliy test sinovlarini joriy etish zarurligi asoslab berildi. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan foydalanish uchun qabul qilindi hamda uning inobatga olinishi natijasida inson kapitali rivojlanishini monitoring qilish tizimi takomillashtirildi va bu holat davlat dasturlarini ishlab chiqish va ularga tuzatishlar kiritishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 11-noyabrdagi 05-33-12808-sonli ma'lumotnomasi);
tadqiqotda tatbiq etilgan Udzava–Lukas modeli O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlariga moslashtirilgan bo‘lib, barqaror iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda inson kapitali sifatini oshirishga qaratilgan. Xususan, ushbu model natijalariga ko‘ra, talabalar sonining har 10 000 aholiga 1 kishiga ko‘payishi aholijon boshiga YaIMning o‘rtacha 115 172 so‘mga o‘sishiga ta’sir etishi aniqlangan. Ushbu ilmiy yangilik kelgusida ta’lim sohasiga yo‘naltirilgan investisiyalar rentabelligini tahlil qilishda hamda ushbu yo‘nalishni o‘rta va uzoq muddatli strategiyalarni ishlab chiqishda uyg‘unlashtirish uchun qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/26-1-2-24491-sonli ma'lumotnomasi);
O‘zbekiston iqtisodiyotining 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanishining prognoz parametrlari ishlab chiqildi, bu jarayonda ilmiy ishda hisoblangan inson rivojlanishi indeksi hamda inson kapitali darajasining iqtisodiy o‘sish sur’atlariga miqdoriy ta’siri ko‘rsatilgan. Xususan, inson rivojlanishi indeksining 0,001 birlikka o‘sishi YaIM – 0,45 foiz band o‘sishiga ta’sir qilishi aniqlangan. Ushbu ilmiy yangilik vazirlik tomonidan kelgusida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan va inson kapitali omillarini inobatga olgan holda makroiqtisodiy prognozlash jarayonini takomillashtirishda foydalanish uchun qabul qilindi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 7-noyabrdagi 04/26-1-2-24491-sonli ma'lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish