Rustamova Mexrigiyo Muxtor qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta-to‘qimachilik klasterlari iqtisodiy faoliyatini ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4039.
Ilmiy rahbar: Alimov Raimjon Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, Termiz davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xomidov Soxibmalik Olimovich, Buxoro davlat universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta-to‘qimachilik klasterlari iqtisodiy faoliyatini ekonometrik modellashtirish   va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta-to‘qimachilik klasterlarida etishtirilgan paxta xomashyosi hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda resurslarni qayta taqsimlash orqali hosildorlikni oshirishga yo‘naltirilgan ekonometrik model asosida paxta xomashyosi hajmini ko‘paytirish taklifi ishlab chiqilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatining moliyaviy samaradorligini baholash maqsadida paxta etishtirish xarajatlari elastikligini aniqlash asosida iqtisodiy jihatdan samarasiz sarflarni qisqartirish orqali klasterlarning moliyaviy barqarorligi hamda mustaqilligini ta’minlash taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarida mavsumiy bandlikni optimal darajada saqlab qolishga imkon beruvchi ssenariyli boshqaruv mexanizmi klaster faoliyatining murakkab o‘zaro bog‘liqliklarini aks ettiruvchi uchinchi darajali ko‘p omilli SEM modeli asosida etishtirilgan paxta xomashyosi hajmining paxta tannarxi va mavsumiy ish o‘rinlari soniga bevosita va bilvosita ta’siri asoslangan;
O‘zbekistondagi paxta-to‘qimachilik klasterlari soni va tayyor mahsulot eksport hajmining 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan prognozlari ARIMA  hamda VAR modellari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari iqtisodiy faoliyatini ekonometrik modellashtirish   va istiqbollarini prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
paxta-to‘qimachilik klasterlarida etishtirilgan paxta xomashyosi hajmiga ta’sir etuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarda resurslarni qayta taqsimlash orqali hosildorlikni oshirishga yo‘naltirilgan ekonometrik model asosida paxta xomashyosi hajmini ko‘paytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-469-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarining paxta etishtirish uchun o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan xarajatlar miqdori paxta xomashyosi hajmini oshiruvchi omil sifatida qayd etilgan. Boshqa omillar o‘zgarmagan holda klasterlarning o‘z mablag‘i hisobidan qilingan 1 million so‘m qo‘shimcha xarajati paxta hosili hajmini +0,057 tonna  o‘sishiga olib kelishi aniqlangan; 
paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatining moliyaviy samaradorligini baholash maqsadida paxta etishtirish xarajatlari elastikligini aniqlash asosida iqtisodiy jihatdan samarasiz sarflarni qisqartirish orqali klasterlarning moliyaviy barqarorligi hamda mustaqilligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-469-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida quyosh panellari quvvatining 1 kVt/soatga ortishi paxta etishtirish xarajatlarini o‘rtacha 2,139 million so‘mga kamaytirishi aniqlangan. Bu natija muqobil energiya manbalaridan foydalanish ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada qisqartirish imkonini berishini ko‘rsatib bergan. Xususan, elektr energiyasiga to‘lanadigan xarajatlarning kamayishi, sug‘orish tizimlarining barqaror ishlashi hamda ishlab chiqarishda energiya samaradorligining ortishi klasterlarning iqtisodiy barqarorligiga ijobiy ta’sir etishi isbotlangan; 
paxta-to‘qimachilik klasterlarida mavsumiy bandlikni optimal darajada saqlab qolishga imkon beruvchi ssenariyli boshqaruv mexanizmi klaster faoliyatining murakkab o‘zaro bog‘liqliklarini aks ettiruvchi uchinchi darajali ko‘p omilli SEM modeli asosida etishtirilgan paxta xomashyosi hajmining paxta tannarxi va mavsumiy ish o‘rinlari soniga bevosita va bilvosita ta’siri O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 27-avgustdagi 05/04-04-469-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida etishtirilgan paxta xomashyosi hajmining 100 tonnaga oshishi 1 kilogramm paxta tannarxini 224,2 so‘mga va mavsumiy ish o‘rinlarining 14 taga oshishiga  sabab bo‘lishi aniqlangan; 
O‘zbekistondagi paxta-to‘qimachilik klasterlari soni va tayyor mahsulot eksport hajmining ARIMA  hamda VAR modellari asosida ishlab chiqilgan 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va uning takibidagi tashkilotlar faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan 2025-yil 27-avgustdagi   05/04-04-469-sonli ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatida barqaror o‘sish tendensiyasi mavjudligi ko‘rsatilib, 2027-yilga kelib Respublika miqyosida ularning soni 194 taga va ushbu klasterlar tomonidan qilinadigan eksport hajmi 1734 million dollarga etishi prognoz qilingan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish