Anvarov Nodir Allayorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Agroturizimni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt1985
Ilmiy rahbar: Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.33/08.05.2024.I.176.01
Rasmiy opponentlar: Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Ollanazarov Bekmurod Davlatmuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, v.v.b. professor, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Agroturizimni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududning tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlarini kompleks tahlil qilib, eng istiqbolli hududlarni aniqlash, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va turizm mahsulotlari xilma-xilligini oshirishga xizmat qiluvchi agroturizm jozibadorligini baholash algoritmini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi;
fermerlar va dehqon xo‘jaliklari tomorqalarida meva va sabzavotlar etishtirish, terib olish hamda chorvaga em berish, sayr qildirish va boshqa ishlar davomida turistlar va yosh avlod uchun engil jismoniy mehnatda ishtirok etish imkoniyatini yaratish maqsadida “Agroturizm markazi”ni tashkil etish;
agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalardan biri sifatida “yashil marshrutlar” konsepsiyasini joriy etish;
agroturizm samaradorligini baholash metodikasi umumiy indeks qiymati bo‘yicha rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
Hududning tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy xususiyatlarini kompleks tahlil qilib, eng istiqbolli hududlarni aniqlash, mavjud infratuzilmani takomillashtirish va turizm mahsulotlari xilma-xilligini oshirishga xizmat qiluvchi agroturizm jozibadorligini baholash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiⅼish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-11-17-645-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu algoritm agroturizm jozibadorligini baholash uchun o‘ziga xos ko‘rsatkichlar va resurslarni tizimlashtiradi, bu esa samarali rejalashtirish imkonini beradi. Eng jozibador joylarda infratuzilmani rivojlantirish va turistik xizmatlar taklifini kengaytirish orqali mahalliy xizmat ko‘rsatish obektlari soni 20-30% ga ortadi, bu esa yangi ish o‘rinlari yaratishga zamin bo‘ladi. Bundan tashqari, hududda turizm mavsumining davomiyligi 30 kungacha uzayishiga va turistlar o‘rtacha xarajatining 25% gacha oshishiga erishiladi;
fermerlar va dehqon xo‘jaliklari tomorqalarida meva va sabzavotlar etishtirish, terib olish hamda chorvaga em berish, sayr qildirish va boshqa ishlar davomida turistlar va yosh avlod uchun engil jismoniy mehnatda ishtirok etish imkoniyatini yaratish maqsadida “Agroturizm markazi”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-9-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-11-17-645-sonli ma’lumotnomasi). “Agroturizm markazi”ni tashkil etish fermerlar va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini turizm bilan integratsiya qiⅼish orqali hudud iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, markaz yiliga 50-70 nafar yangi ish o‘rni yaratishi, yosh avlodni ekologik ongni rivojlantirishga jalb etishi va mahalliy infratuzilmani yaxshilashga ko‘maklashadi. Turistlar ishtiroki orqali ishlab chiqarish samaradorligi oshib, mahalliy bozorlarda qishⅼoq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 10-15% ga ko‘payadi, bu esa, yiliga kamida 8-10 ming nafar turistni jalb qiⅼishni va fermerlar daromadlarini 20-25% ga oshirishni ta’minlaydi;
agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha innovatsion g‘oyalardan biri sifatida “yashil marshrutlar” konsepsiyasini joriy etish taklifi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonining 2-ilovasi “O‘zbekiston - 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-11-17-645-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu konsepsiya asosan turistlarni qishⅼoq hududlari va maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarga jalb qiⅼish hamda turizm faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan mahalliy fermerlar va dehqon xo‘jaliklarining daromad darajasini oshirishga qaratilgan. Ommaviy turizmdan farqli ravishda, “yashil marshrutlar” turistlarning mahalliy aholi bilan faol muloqotda bo‘lishi va ularni mahalliy muhitga chuqur kirib borishini nazarda tutadi;
agroturizm samaradorligini baholash metodikasi umumiy indeks qiymati bo‘yicha rivojlanish imkoniyatlaridan foydalanish taklifi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ekologik turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 83-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 18-dekabrdagi 03-11-17-645-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan baholash metodikasi agroturizmni rivojlantirish strategiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish jarayonini tahlil qilish, strategiyaning muayyan davr mobaynida bajarilish darajasini aniqlovchi indikatorlarni hisoblash hamda tashqi omillar ta’sirini inobatga olgan holda qishloq hududlari rivojlanishining samaradorligini kompleks baholash imkonini beradi.