Yusupov Saidvali Shukrullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “To’qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion strategiyani ishlab chiqish uslubiyotini takomillashtirish”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt4901
Ilmiy rahbar: iqtisod fanlari doktori, professor Nazarova Fotima Hakimovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., dotsent Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupattaxovich, i.f.d., professor Kasimov Saidaxrol Magrupovich, i.f.d., professor Salimov Baxtiyor Tadjievich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida innovatsion rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuv va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga asosan “innovatsion strategiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni uzoq muddatli raqobat ustunliklarini shakllantirish maqsadida innovatsion xatarlar bilan kutilgan foyda o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashni belgilab beruvchi strategik rejalashtirish va boshqaruv qarorlari tizimi sifatida takomillashtirilgan;
to’qimachilik korxonalari tomonidan innovatsion strategiyani shakllantirish doirasida yangi turdagi mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, brendlash, dizayn va “fast fashion” modellarini qo’llash imkonini kuchaytirishda mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan aralash mato va gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar uch yil muddatga bojxona bojidan ozod etilishi taklifi ishlab chiqilgan;
to’qimachilik korxonalarida innovatsion strategiyani ishlab chiqish uslubiyotining amaliy-institutsional mexanizmi klasterlar, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasini 1 foizga qadar pasaytirishni ko’zda tutuvchi innovatsion strategiyani qo’llab-quvvatlash jihatidan takomillashtirilgan;
mamlakatdagi tegishli mutassadi idora va vazirliklarning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda “aniq yo’naltirilgan innovatsion hamkorlik faoliyati” doirasida to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yirik brendlar bilan ishlash, xalqaro sertifikatga ega to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sonini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor kiyim-kechak mahsulotlari eksporti hajmini ko’paytirish taklifi asoslangan;
“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatining uzoq muddatli texnik-iqtisodiy natijalariga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modellari asosida tarmoqning 2030 yilga qadar prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion strategiyani ishlab chiqish uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga asosan “innovatsion strategiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni uzoq muddatli raqobat ustunliklarini shakllantirish maqsadida innovatsion xatarlar bilan kutilgan foyda o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashni belgilab beruvchi strategik rejalashtirish va boshqaruv qarorlari tizimi sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun mo’ljallangan “Iqtisodiyot nazariyasi (jadvallarda)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-341 - son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda to’qimachilik korxonalarida innovatsion strategiyani ishlab chiqishga oid nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
to’qimachilik korxonalari tomonidan innovatsion strategiyani shakllantirish doirasida yangi turdagi mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, brendlash, dizayn va “fast fashion” modellarini qo’llash imkonini kuchaytirishda mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan aralash mato va gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar uch yil muddatga bojxona bojidan ozod etilishi taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etish uchun qabul qilingan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 11 martdagi 12-12-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yangi turdagi mato va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, brendlash, dizayn va “fast fashion” modellarini qo’llash imkoni yaratilgan;
to’qimachilik korxonalarida innovatsion strategiyani ishlab chiqish uslubiyotining amaliy-institutsional mexanizmi klasterlar, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasini 1 foizga qadar pasaytirishni ko’zda tutuvchi innovatsion strategiyani qo’llab-quvvatlash jihatidan takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etish uchun qabul qilingan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 11 martdagi 12-12-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida klasterlar, to’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasini pasaytirish orqali innovatsion strategiyani qo’llab-quvvatlash imkoni yaratilgan;
mamlakatdagi tegishli mutassadi idora va vazirliklarning xorijiy davlatlardagi elchixonalari bilan birgalikda “aniq yo’naltirilgan innovatsion hamkorlik faoliyati” doirasida to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yirik brendlar bilan ishlash, xalqaro sertifikatga ega to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sonini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor kiyim-kechak mahsulotlari eksporti hajmini ko’paytirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 11 martdagi 12-12-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to’qimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yirik brendlar bilan ishlash, xalqaro sertifikatga ega to’qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari sonini oshirish, tashqi bozorlarga tayyor kiyim-kechak mahsulotlari eksporti hajmini ko’paytirish imkoni yaratilgan;
“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatining uzoq muddatli texnik-iqtisodiy natijalariga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modellari asosida tarmoqning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko’rsatkichlaridan O’zbekiston to’qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning istiqbol rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 11 martdagi 12-12-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O’zbekiston to’qimachilik va tikuv trikotaj sanoatini rivojlantirishning istiqboldagi parametrlarini o’zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.