Abdullaev Javoxir Jaxongirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim xizmatlari eksporti sohasida raqobat strategiyasining mintaqaviy xususiyatlari», 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt4204.
Ilmiy rahbar: Azimov Bobir Fattohevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.30/30.09.2022.I.101.04
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich, iqtisod fanlari doktori, dotsenti, Rashidov Mels Karimovich iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent (08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot).
Yetakchi tashkilot nomi: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim xizmatlari eksporti sohasida raqobat strategiyasining mintaqaviy xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy talabalarning oliy ta’limdan qoniqish darajasini baholash uslubi ta’sirchanlik darajasiga ko‘ra o‘qish tajribasini oshirishda qo‘shimcha yordam xizmatlarini taklif qilish (x_1=0.115), yotoqxona sharoitlari ahamiyati
(x_2=0.302), amaliyot o‘tash va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyati (x_3=0.176) kabi ko‘rsatkichlarning optimal me’yorlarini asoslanishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
xorijiy talabalar soniga ta’sir tuvchi "bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi talabalar soni", "ilmiy salohiyat" ko‘rsatkichi hamda "xorijiy talabaning to‘lov shartnoma qiymati" omillariga ko‘ra 2029 yilgacha bo‘lgan davrda qadar Zarafshon iqtisodiy mintaqasida xorijiy talabalar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
mintaqadagi oliy ta’lim muassasasi missiyasi va qadriyatlariga ko‘ra ta’lim xizmatlari bozorlaridagi o‘rnining muhim elementi sifatida “brend” asosida xalqaro strategiyasini shakllantirish hamda “Demografik salohiyat indeksi”ga ko‘ra salohiyatli bozorlarni ta’lim dasturlari bo‘yicha xorijiy talabalar tomonidan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar birgalikda qo‘llanilishi asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim xizmatlari eksportiga ta’sir qiluvchi omillarni tizimli yondashuvi omillarning jarayonga ta’sir koʼrsatishiga ko‘ra global, mamlakat, mintaqa va oliy ta’lim muassasasi darajalariga murakkab ko‘p qatlamli model asosida tavsiflanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir kuchini aniqlashga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mintaqaviy xususiyatlarga ko‘ra oliy ta’lim xizmatlari eksporti sohasida raqobat strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida: xorijiy talabalarning oliy ta’limdan qoniqish darajasini baholash uslubi ta’sirchanlik darajasiga ko‘ra o‘qish tajribasini oshirishda qo‘shimcha yordam xizmatlarini taklif qilish (x_1=0.115), yotoqxona sharoitlari ahamiyati (x_2=0.302), amaliyot o‘tash va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyati (x_3=0.176) kabi ko‘rsatkichlarning optimal me’yorlarini asoslanishiga ko‘ra takomillashtirish taklif Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni 6-bandining “Oliy ta’lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar”, “Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda o‘z echimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar” nomli bandlarini asoslashda foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 19-sentyabrdagi
03-77-1-00978-sonli ma’lumotnomasi). Taklif mintaqalardagi oliy ta’lim muassasalarining jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni ta’minlash sohasida xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish, xususan ta’lim dasturlari, talabalar turar joylari va ijtimoiy infratuzilma obektlarini xorijiy talabalar ehtiyojlariga moslashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xorijiy talabalar soniga ta’sir etuvchi "bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keluvchi talabalar soni", "ilmiy salohiyat" ko‘rsatkichi hamda "xorijiy talabaning to‘lov shartnoma qiymati" omillariga ko‘ra 2029 yilgacha bo‘lgan davrda qadar Zarafshon iqtisodiy mintaqasida xorijiy talabalar prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan investisiyalarni jalb qilish yuzasidan 2022-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi farmonda tasdiqlangan II-Barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash bo‘limi, “O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish, tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga etkazish” 11-bandini ijro etish maqsadida “Zarafshon mintaqasida xorijiy talabalar tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalarida 2029-yilga qadar amalga oshirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 19-sentyabrdagi 03-77-1-00978-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida joriy o‘quv yilida Buxoro davlat tibbiyot institutida xorijiy talabalar soni 880 nafardan 1211 nafarga, Samarqand davlat tibbiyot universitetida xorijiy talabalar soni 3281 nafardan 3819 nafarga oshgan hamda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalari va dasturlarni ishlab chiqishda uslubiy asoslardan biri sifatida muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqadagi oliy ta’lim muassasasi missiyasi va qadriyatlariga ko‘ra ta’lim xizmatlari bozorlaridagi o‘rnining muhim elementi sifatida “brend” asosida xalqaro strategiyasini shakllantirish hamda “Demografik salohiyat indeksi”ga ko‘ra salohiyatli bozorlarni ta’lim dasturlari bo‘yicha xorijiy talabalar tomonidan talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar birgalikda qo‘llanilishi asosida takomillashtirish taklifi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonning 95-maqsadi “Anʼanaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish”ni asoslashda foylalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025 yil 19 sentyabrdagi 03-77-1-00978-sonli ma’lumotnomasi). Taklif dunyo mamlakatlarining istiqbolli bozorlariga eksport hajmi va nomenklaturasini oshirishga, strategik va har tomonlama aloqalarni kengaytirish, ta’lim xizmatlari eksportini oshirish, salohiyatli bozorlarni tanlashda ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytirish kabilarga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim xizmatlari eksportiga ta’sir qiluvchi omillarni tizimli yondashuvi omillarning jarayonga ta’sir ko‘rsatishiga ko‘ra global, mamlakat, mintaqa va oliy ta’lim muassasasi darajalariga murakkab ko‘p qatlamli model asosida tavsiflanib, ularning o‘zaro bog‘liqligi va ta’sir kuchini aniqlashga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan ta’lim tizimining investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda foydalanilgan va https://studyin-uzbekistan.uz/ veb sahifasining joriy etilishida foydalanilgan (Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 19-sentyabrdagi 03-77-1-00978-sonli ma’lumotnomasi).
Taklif oliy ta’lim xizmatlari eksportiga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir darajasini baholash aniqligini oshirishga ko‘ra chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.