Xodjimatov Minhajidin Mirzajanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr o‘zbek she’riyatida milliy o‘zlikning poetik talqini”.
10.00.02 – o‘zbek adabiyoti 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil612
Ilmiy maslahatchi: Boltaboev Hamidulla Ubaydullaevich, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.2021.Fil.01.16
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor X.Hamraqulova, filologiya fanlari doktori, professor U.Hamdamov, filololgiya fanlari doktori, professor Yashar Qosimbeyli (Ozarboyjon).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr o‘zbek she’riyatidagi milliy o‘zlik ruhini poetik tadqiq qilish orqali inson o‘zligini anglashida she’riyatning badiiy-estetik vazifasini ishlab chiqish va adabiyotda milliy o‘zlikni aks ettirish jarayoni dinamikasini ko‘rsatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
jadid adabiyotiga izdosh g‘oyalar (milliy uyg‘onish, erk, taraqqiyot, o‘zlikni anglash va hurriyat) orqali ijtimoiy lirikaning jamiyat tafakkurini o‘zgartiruvchi adabiy-estetik kuch sifatidagi ma’naviy qimmati, badiiy uslubi, jamiyat va inson hayotida muhim sanalgan madaniy qadriyatlardan iborat g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini tashkil etuvchi poetik asoslari dalillangan; 
jadid adabiyoti (Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy)da aks etgan milliy she’riyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan erksevarlik ruhidagi jasorat, milliy hamjihatlik kabi qadriyatlarning lirik qahramon xarakteridagi ifodasiga ko‘ra, jamiyat va millat madaniyatida yangi progressiv ma’no va tushunchalar, timsol va obrazlar, ramz hamda an’analar tizimidan iborat madaniy kodlar strukturasidagi shakl va mazmun mutanosibligi badiiy eksperimental asosda aniqlangan;  
she’riyatda milliy o‘zlik ruhini ifoda etishda barmoq va sarbast vaznining milliy she’riyat an’naviy ritmi va uslubiga badiiy yangilik, zamonaviy mazmun va g‘oya, badiiy shakl elementlarini qo‘shish orqali tarkiban yangilangan janrlar transformatsiyasiga ko‘ra erkin tafakkur va tanqidiy pozisiyani ifoda etuvchi badiiy hodisa bo‘lgan “murosasiz motivlar”ning asar strukturasiga singdirilishi isbotlangan;
XX asr jahon she’riyatiga xos shaxs erkinligi, ichki dunyosi, qaror va iztiroblari bilan bog‘liq ekzistensiallik E.Vohidov (Gyote, Rasul Hamzatov, Nazrul Islom), qahramonlarning ruhiy kechinmalari va psixologik holatlarini poetik vositalar orqali chuqur ochib berishga qaratilgan badiiy psixologizm Abdulla Oripov (Dante), badiiy obrazlarga ramziy, metaforik, falsafiy, ijtimoiy, psixologik mazmun bag‘ishlovchi simvolizm Rauf Parfi (Robindranat Thakur) va an’anaviy shakl, tuzilma, badiiy qoidalar asosida yangi kompozision, ritmik, stilistik, janriy echimlar ifodasi  aks etgan formal eksperimentlar Shavkat Rahmon (Garsia Lorka) asarlaridagi an’anaviy, ramziy, majoziy va metaforik timsollar orqali ochib berilgan;
she’riyatda millat aqliy va ruhiy rivojini badiiy vositalar ta’sirida targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ma’rifatchilik (Abdulla Avloniy), shaxs va jamiyat erkinligi, tanlov va ichki tafakkur mohiyatini ramziylik orqali ifoda etishga qaratilgan umumbashariy g‘oyalar (Cho‘lpon), erkinlik tafakkuri asosida milliy ruh va talqinga boy, umidbaxsh va zamonaviy ma’no qatlamlaridan iborat poetik til (Mirtemir), milliy uyg‘onish, millat sha’ni va  qadri, mustaqillik ruhi bilan yo‘g‘rilgan yangi dunyoqarash asosidagi falsafiylik (Erkin Vohidov), vatan taqdiri, millat qismati, erkin istiqbol uchun mas’ul milliy qahramon (Abdulla Oripov, Halima Xudoybedieva), millat ozodligi uchun kurashni hayotiy e’tiqod darajasiga ko‘tara olgan, isyon tabiatli, jamiyat dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsata oluvchi, milliy o‘zlik timsoliga aylangan estetik ideal (Shavkat Rahmon) ifodasida milliy she’riyatning ta’sirlanuvchi darajadan ta’sirlantiruvchi  maqomga ko‘tarilgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr o‘zbek she’riyatida milliy o‘zlikning poetik talqini bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
jadid adabiyotiga izdosh g‘oyalar (milliy uyg‘onish, erk, taraqqiyot, o‘zlikni anglash va hurriyat) orqali ijtimoiy lirikaning jamiyat tafakkurini o‘zgartiruvchi adabiy-estetik kuch sifatidagi ma’naviy qimmati, badiiy uslubi, jamiyat va inson hayotida muhim sanalgan madaniy qadriyatlardan iborat g‘oyaviy-estetik xususiyatlarini tashkil etuvchi poetik asoslari dalillanganiga oid ilmiy xulosalardan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy akademiya Chingiz Aytmatov nomidagi Til va adabiyot institutining 2024–2025-yillardagi “Aytmatov va yangi O‘zbekiston” fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy akademiyaning Chingiz Aytmatov nomidagi Til va adabiyot institutining 2025-yil 21-iyuldagi 68/01-7-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy o‘zlikni anglash jarayonlarida yuzaga kelgan yangicha tafakkur shakllanishi, istiqlol ruhi tasvirida jahon adabiyoti namoyandalarining ta’siri bilan bog‘liq ma’lumotlar tadqiqotning ilmiy salohiyati oshishiga xizmat qilgan;
jadid adabiyoti (Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy)da aks etgan milliy she’riyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatgan erksevarlik ruhidagi jasorat, milliy hamjihatlik kabi qadriyatlarning lirik qahramon xarakteridagi ifodasiga ko‘ra, jamiyat va millat madaniyatida yangi progressiv ma’no va tushunchalar, simvol va obrazlar, ramz hamda an’analar tizimidan iborat madaniy kodlar strukturasidagi shakl va mazmun mutanosibligi badiiy eksperimental asosda aniqlanganiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 9-iyuldagi 393/2-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda milliy o‘zlik g‘oyasini aks ettirgan adabiy-badiiy asarlarning milliy o‘zlik konsepsiyasi asosida til, tarixiy o‘tmish birligi, umumiy ma’naviy ildizlar, etnik stereotiplar, ramzlar jihatidan tahlilini ta’minlashga erishilgan; 
she’riyatda milliy o‘zlik ruhini ifoda etishda barmoq va sarbast vaznining milliy she’riyat an’naviy ritmi va uslubiga badiiy yangilik, zamonaviy mazmun va g‘oya, badiiy shakl elementlarini qo‘shish orqali tarkiban yangilangan janrlar transformatsiyasiga ko‘ra, erkin tafakkur va tanqidiy pozisiyani ifoda etuvchi badiiy hodisa bo‘lgan “murosasiz motivlar”ning asar strukturasiga singdirilishi isbotlangani haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining yillik rejasidagi “Adabiyot yashasa – millat yashaydi”, “Adabiy do‘stlik – abadiy do‘stlik”, “Turkiston jadid adabiyoti va istiqlol tafakkuri”, “Milliy she’riyat – milliy o‘zlik – milliy taraqqiyot” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro va mahalliy tadbirlarning dasturini tuzish, jahon she’riyati namunalarining tarjimalarini chop etish hamda adabiy-estetik tahlil jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 11-iyuldagi 01-03/292-son dalolatnomasi). Natijada milliy o‘zlik tuyg‘usining xalqlar taqdiri va taraqqiyotidagi o‘rni, uning badiiy adabiyotda aks etishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro adabiy anjumanlar, adabiy tadbirlar samaradorligini oshirish, adabiy hamkorlikni kuchaytirishga erishilgan;
XX asr jahon she’riyatiga xos shaxs erkinligi, ichki dunyosi, qaror va iztiroblari bilan bog‘liq ekzistensiallik E.Vohidov (Gyote, Rasul Hamzatov, Nazrul Islom), qahramonlarning ruhiy kechinmalari va psixologik holatlarini  poetik vositalar orqali chuqur ochib berishga qaratilgan badiiy psixologizm Abdulla Oripov (Dante), badiiy obrazlarga ramziy, metaforik, falsafiy, ijtimoiy, psixologik mazmun bag‘ishlovchi simvolizm  Rauf Parfi (Robindranat Thakur) va an’anaviy shakl, tuzilma, badiiy qoidalar asosida yangi kompozision, ritmik, stilistik, janriy echimlar ifodasi  aks etgan formal eksperimentlar Shavkat Rahmon (Garsia Lorka) asarlaridagi an’anaviy, ramziy, majoziy va metaforik timsollar orqali ochib berilgani xususidagi nazariy mulohazalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 – 2025-yillarda amalga oshirilgan “Bobur ensiklopediyasi”ning o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi nashrlarini tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihasida hamda “O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” radiokanali, “Madaniyat va ma’rifat” telekanali va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi o‘rtasida “Uyg‘onish ma’rifati”, “Adabiy jarayon”, “XX asr o‘zbek she’riyati”, “Milliy o‘zlik va badiiy ijod” kabi yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha adabiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma qarorni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 30-oktyabrdagi 02-14-65-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 22-iyundagi 05-09-956-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur radio va telekanallar mazmun-mohiyati konseptual yangilandi, jamiyat a’zolarining milliy o‘zlik va istiqlol tafakkuri borasidagi dunyoqarashi kengaydi, xalqimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini aks etgan asarlarning talqinlarini amalga oshirish lozimligi xususida televidenie xodimlari va tomoshabinlar yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar;
she’riyatda millat aqliy va ruhiy rivojini badiiy vositalar ta’sirida targ‘ib qilish, jamiyatda ijtimoiy ongni yuksaltirishga qaratilgan ma’rifatchilik (Abdulla Avloniy), shaxsiy va ijtimoiy erkinlik, tanlov va ichki tafakkur mohiyatini simvolik g‘oyalar bilan ifodalashga qaratilgan ramziylik (Cho‘lpon), erkinlik tafakkuri asosida milliy ruh va talqinga boy, umidbaxsh va zamonaviy ma’no qatlamlaridan iborat poetik til (Mirtemir), milliy uyg‘onish, millat sha’ni va  qadri, mustaqillik ruhi bilan yo‘g‘rilgan yangi dunyoqarash asosidagi falsafiylik (Erkin Vohidov), vatan taqdiri, millat qismati, erkin istiqbol uchun mas’ul milliy qahramon (Abdulla Oripov, Halima Xudoybedieva), millat ozodligi uchun kurashni hayotiy e’tiqod darajasiga ko‘tara olgan, isyon tabiatli, jamiyat dunyoqarashiga kuchli ta’sir ko‘rsata oluvchi, milliy o‘zlik timsoliga aylangan estetik ideal (Shavkat Rahmon) ifodasida milliy she’riyatning ta’sirlanuvchi darajadan ta’sirlantiruvchi  maqomga ko‘tarilgani asoslanganiga oid xulosalardan 2022–2025-yillar davomida Qozog‘iston o‘zbeklari etnomadaniyat birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyati tomonidan “Milliy Uyg‘onish va Turkiston jadidlar harakati” mavzusidagi ilmiy konferensiyani tashkil etish hamda Qozog‘iston Respublikasida ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumta’lim maktablari uchun mo‘ljallangan “O‘zbek adabiyoti” darsligidagi “XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari” bilan bog‘liq mavzularni takomillashtirishda foydalanilgan  (Qozog‘iston o‘zbek etnomadaniyat birlashmalari “Do‘stlik” hamjamiyatining 2025-yil 10-iyundagi 175-son ma’lumotnomasi). Natijada bu yo‘nalishdagi o‘qitish va ilmiy-amaliy tadbirlar samaradorligini oshirishga erishilgan hamda ko‘rsatilgan mavzudagi darslikning ilmiy-nazariy saviyasi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish