Ergashev Ahror Shuhrat o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dastlabki harbiy rejimlar davrida pokistonning siyosiy evolyusiyasi (1958 – 1971 yy”  07.00.03 – Jahon tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Pasilov Bahodir Abdullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent 
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, professor Sabirov Alisher Tursunoich, tarix fanlari nomzodi, dotsent Bobomatov To‘lqinjon Muhammadjonovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqil Pokistonning shakllanishi xususiyatlarini va dastlabki harbiy rejimlar davrida (1958-1971) siyosiy tizim evolyusiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Dekolonizatsiya va sovuq urush davrining geosiyosiy sharoitlari ta’sirida shakllangan Pokiston siyosiy tizimida harbiy boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni armiya va byurokratiya ittifoqining davlat ustidan ustuvor nazorat o‘rnatishi, markazlashuvni kuchaytirishi, siyosiy jarayonlarni cheklashi, fuqarolik institutlarini zaiflashtirishi va ikki qanotli federativ tuzilmada hududlararo nomutanosibliklarni chuqurlashtirishi aniqlanib, Ayub Xon va Yahyo Xon rejimlarining davlat qurilishi, konstitutsiyaviy jarayonlar buzilishi, milliy identitet inqirozi va Sharqiy Pokistonning ajralishiga olib borgan siyosiy-mintaqaviy keskinliklarni kuchaytirishdagi hal qiluvchi roli ochib berilgan.
Pokistonda harbiy hokimiyatni qonuniylashtirish jarayonida qo‘llanilgan targ‘ibot ishlari, iqtisodiy rag‘batlantirish va cheklash choralar, ma’muriy-idoraviy usullar hamda ularning fuqarolik jamiyati tuzilmalari va siyosiy partiyalar ustidan uzlyuksiz nazoratni saqlab qolishdagi alohida, izchil va maqsadli o‘rni asoslanib, harbiy boshqaruvning ommaviy axborot vositalari faoliyatini qatʼiy nazorat ostiga olishi, siyosiy kelishuv imkoniyatlarini toraytiruvchi meʼyoriy qarorlar qabul qilishi, moliyaviy va moddiy imkoniyatlarni taqsimlash orqali siyosiy sodiqlikni shakllantirishi, “barqarorlik” g‘oyasi yordamida jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishi hamda ma’muriy bosim vositasida siyosiy raqobatni zaiflashtirishi kabi aniq yoʻl va usullar harbiy hokimiyatning o‘z mavqeyini qonuniy va “tabiiy” holat sifatida ko‘rsatish hamda fuqarolarning siyosiy ishtirok doirasini toraytirishdagi asosiy vositalari asoslangan.
Pokiston siyosiy hayotida islom omilining o‘zgarishiga olib kelgan sabablar to‘liq aniqlanib, harbiy rejimlar mafkurasida dinning hokimiyatni mustahkamlash, jamiyatni safarbar etish va siyosiy legitimlik yaratishdagi aniq funksiyalari, Hindiston bilan davomli raqobat sharoitida islom birligi tushunchasining tashqi tahdid obraziga bog‘langan holda shakllanishi hamda ichki etnik nizolar jarayonida dinning milliy o‘zlikni mustahkamlash yoki uni ziddiyatlar orqali murakkablashtirishga ko‘rsatgan ta’siri isbotlangan.
G‘arbiy va Sharqiy Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy qarama-qarshiliklarning chuqurlashuvida harbiy boshqaruvning bevosita o‘rni asoslanib, xususan markazlashuv siyosati, siyosiy vakillikning cheklanishi, iqtisodiy resurslarning adolatsiz taqsimlanishi va harbiy-ma’muriy bosimning kuchayishi Sharqiy Pokiston aholisi noroziligini keskin oshirgani aniqlangan; shu bilan birga, 1971-yilda yuzaga kelgan fuqarolar urushining sabablarini tashkil etgan siyosiy murosa imkoniyatlarining rad etilishi, saylov natijalarining tan olinmasligi, harbiy kuch ishlatishga asoslangan boshqaruv usullari hamda mintaqaviy huquqsizlik holatlari Sharqiy Pokistonning ajralishi va Bangladesh davlatining shakllanishiga olib kelgan hal qiluvchi omillar sifatida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
Dekolonizatsiya va sovuq urush davrining geosiyosiy sharoitlari ta’sirida shakllangan Pokiston siyosiy tizimida harbiy boshqaruvning o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni armiya va byurokratiya ittifoqining davlat ustidan ustuvor nazorat o‘rnatishi, markazlashuvni kuchaytirishi, siyosiy jarayonlarni cheklashi, fuqarolik institutlarini zaiflashtirishi va ikki qanotli federativ tuzilmada hududlararo nomutanosibliklarni chuqurlashtirishi aniqlanib, Ayub Xon va Yahyo Xon rejimlarining davlat qurilishi, konstitutsiyaviy jarayonlar buzilishi, milliy identitet inqirozi va Sharqiy Pokistonning ajralishiga olib borgan siyosiy-mintaqaviy keskinliklarni kuchaytirishdagi hal qiluvchi roli ochib berilgan (Respublika ta’lim markazi tomonidan 2025-yil 17-noyabrda berilgan 01/11-11-784 sonli ma’lumotnoma). Natijada, darslikning ilmiy qiymati oshib, talabalarda Pokistonda harbiy boshqaruvning mazmuni va uning siyosiy jarayonlarga ta’siri haqida aniq tasavvur shakllangan.
Pokistonda harbiy hokimiyatni qonuniylashtirish jarayonida qo‘llanilgan targ‘ibot ishlari, iqtisodiy rag‘batlantirish va cheklash choralar, ma’muriy-idoraviy usullar hamda ularning fuqarolik jamiyati tuzilmalari va siyosiy partiyalar ustidan uzlyuksiz nazoratni saqlab qolishdagi alohida, izchil va maqsadli o‘rni asoslanib, harbiy boshqaruvning ommaviy axborot vositalari faoliyatini qatʼiy nazorat ostiga olishi, siyosiy kelishuv imkoniyatlarini toraytiruvchi meʼyoriy qarorlar qabul qilishi, moliyaviy va moddiy imkoniyatlarni taqsimlash orqali siyosiy sodiqlikni shakllantirishi, “barqarorlik” g‘oyasi yordamida jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatishi hamda ma’muriy bosim vositasida siyosiy raqobatni zaiflashtirishi kabi aniq yoʻl va usullar harbiy hokimiyatning o‘z mavqeyini qonuniy va “tabiiy” holat sifatida ko‘rsatish hamda fuqarolarning siyosiy ishtirok doirasini toraytirishdagi asosiy vositalari asoslangan (Respublika ta’lim markazi tomonidan 2025-yil 17-noyabrda berilgan 01/11-11-784 sonli ma’lumotnoma). Natijada, Pokistonda harbiy hokimiyatni qonuniylashtirishda targ‘ibot, iqtisodiy va ma’muriy vositalar orqali siyosiy nazoratni kuchaytirish mexanizmlari hamda ularning fuqarolik siyosiy ishtirokini cheklashdagi roli aniqlangan.
Pokiston siyosiy hayotida islom omilining o‘zgarishiga olib kelgan sabablar to‘liq aniqlanib, harbiy rejimlar mafkurasida dinning hokimiyatni mustahkamlash, jamiyatni safarbar etish va siyosiy legitimlik yaratishdagi aniq funksiyalari, Hindiston bilan davomli raqobat sharoitida islom birligi tushunchasining tashqi tahdid obraziga bog‘langan holda shakllanishi hamda ichki etnik nizolar jarayonida dinning milliy o‘zlikni mustahkamlash yoki uni ziddiyatlar orqali murakkablashtirishga ko‘rsatgan ta’siri isbotlangan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan 2025-yil 17-noyabrda berilgan 01-33/861-sonli ma’lumotnoma). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar teletomoshabinlarga Pokiston siyosiy hayotida islom omilining qanday o‘zgargani, harbiy rejimlar mafkurasida dinning qanday vazifa bajargani va etnik-nizoli sharoitlarda uning milliy o‘zlikka ko‘rsatgan ta’siri haqida aniq, tizimli va tushunarli tasavvur berdi.
G‘arbiy va Sharqiy Pokiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy qarama-qarshiliklarning chuqurlashuvida harbiy boshqaruvning bevosita o‘rni asoslanib, xususan markazlashuv siyosati, siyosiy vakillikning cheklanishi, iqtisodiy resurslarning adolatsiz taqsimlanishi va harbiy-ma’muriy bosimning kuchayishi Sharqiy Pokiston aholisi noroziligini keskin oshirgani aniqlangan; shu bilan birga, 1971-yilda yuzaga kelgan fuqarolar urushining sabablarini tashkil etgan siyosiy murosa imkoniyatlarining rad etilishi, saylov natijalarining tan olinmasligi, harbiy kuch ishlatishga asoslangan boshqaruv usullari hamda mintaqaviy huquqsizlik holatlari Sharqiy Pokistonning ajralishi va Bangladesh davlatining shakllanishiga olib kelgan hal qiluvchi omillar sifatida dalillangan (“Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan 2025-yil 17-noyabrda berilgan 01-33/861-sonli ma’lumotnoma). Natijada, ushbu ilmiy asoslangan tahlillar teletomoshabinlarda G‘arbiy va Sharqiy Pokiston o‘rtasidagi ziddiyatlarning asl sabablari, harbiy boshqaruvning bu jarayondagi ta’siri va Bangladeshning shakllanishiga olib kelgan omillar haqida aniq, puxta va tushunarli tasavvur shakllantirdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish