Maxmudova Aziza Nosirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suleymanov Rustam Xamidovichning O‘zbekistonda tosh davri arxeologiyasi va antik davri moddiy madaniyati tarixini o‘rganishga qo‘shgan hissasi”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar692
Ilmiy rahbar: Murodova Durdonaxon Xabibulloevna – tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05
Rasmiy opponentlar: Hasanov Mutalib – tarix fanlari doktori, professor. Raxmonqulova Zumradxon Boyxo‘rozovna - tarix fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tarix fanlari doktori, professor Rustam Xamidovich Suleymanovning O‘zbekistonda tarix va arxeologiya fanlari taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, arxeologik hamda moddiy madaniyat yodgorliklarini o‘rganish, himoya qilishi va Respublikada kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirgan ishlarini yoritib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rustam Xamidovich Suleymanov uzoq yillik ilmiy va pedagogik faoliyati davomida o‘z tadqiqot uslublari hamda yo‘nalishlariga ega bo‘lgan tosh davri arxeologiyasining o‘ziga xos ilmiy maktabiga asos solgan. Ushbu ilmiy maktab bugungi kunda Respublika ilm-fani hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari taraqqiyotida o‘zining salmoqli o‘rniga ega ekanligi faktik materiallar asosida dalillangan; 
R.X.Suleymanov Obirahmat tosh industriyasini o‘rganishda tipologik va funksiyaviy tahlil, stratigrafik hamda texnologik uslublar qatorida yangi matematik-statistikani qo‘llashi, O‘zbekistondagi paleolit industriyalarini o‘rganishning yangi bosqichga olib chiqqani isbotlangan; 
R.X.Suleymanov tomonidan ilk bor Obirahmat madaniyati asosida O‘zbekistonda arxeologiya fanini o‘rganishda “O‘rta Osiyo paleolit provinsiyasi” tushunchasining kiritilgani isbotlangan; 
olim tomonidan G‘arbiy va Janubiy So‘g‘dning madaniy mustaqilligi hamda o‘ziga xos rivojlanish dinamikasi, shuningdek, Naxshab-Qarshi vohasi qadimgi Janubiy So‘g‘dning yirik madaniy markazi bo‘lganligini asoslab berganligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
R.X.Suleymanov va uning O‘zbekiston tarixi hamda arxeologiya fanlari taraqqiyotidagi o‘rni mavzusini o‘rganish davomida ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan: 
R.X.Suleymanov uzoq yillik ilmiy va pedagogik faoliyati davomida o‘z tadqiqot uslublari va yo‘nalishlariga ega bo‘lgan tosh davri arxeologiyasining o‘ziga xos ilmiy maktabiga asos solgan. Ushbu  ilmiy maktab bugungi kunda Respublika ilm-fani hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari taraqqiyotida o‘zining salmoqli o‘rniga ega ekanligi faktik materiallar asosida dalillangani tog‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01-44-360-son ma’lumotnoma). Natijada, teletomoshabinlarning R.X.Suleymanovning ilmiy va pedagogik faoliyatiga doir bilim va tassavurlarini yanada boyitilishiga hamda ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lishiga imkon bergan;
R.X.Suleymanov Obirahmat tosh industriyasini o‘rganishda tipologik va funksiyaviy tahlil, stratigrafik hamda texnologik uslublar qatorida yangi matematik-statistikani qo‘llashi, O‘zbekistondagi paleolit industriyalarini o‘rganishning yangi bosqichga olib chiqqani isbotlanganligiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 28-oktyabrdagi 01-44-360-son ma’lumotnomasi). Taqdimot ko‘rsatuvi fondini Vatanimiz va arxeologiya tarixiga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan; 
R.X.Suleymanov tomonidan ilk bor Obirahmat madaniyati asosida O‘zbekistonda arxeologiya fanini o‘rganishda “O‘rta Osiyo paleolit provinsiyasi” tushunchasining kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish chog‘ida keng foydalanilgan. (Respublika “Ma’naviyat va Ma’rifat markazi” huzuridagi ijtimoiy-manaviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2025-yil 10-yanvarda berilgan 10/7-son ma’lumotnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lgan yoshlarda milliy g‘urur, ilm-fan sohasiga qiziqishlarini ortishiga xizmat qilgan; 
olim tomonidan G‘arbiy va Janubiy So‘g‘dning madaniy mustaqilligi va o‘ziga xos rivojlanish dinamikasi, shuningdek, Naxshab-Qarshi vohasi qadimgi Janubiy So‘g‘dning yirik madaniy markazi bo‘lganligini asoslab berganligining aniqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan muzey ekspozisiyalari ma’lumotlarini boyitish hamda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazishda keng foydalanilgan (Respublika “Ma’naviyat va Ma’rifat markazi” huzuridagi ijtimoiy-manaviy tadqiqotlar instituti tomonidan 2025-yil 10-yanvarda berilgan 10/7-son ma’lumotnoma). Natijada, yosh avlod R.X.Suleymanovning moddiy-madaniy merosni saqlash va targ‘ib etishdagi faoliyatiga oid yangi ma’lumotlarni olishi hamda tarixiy tafakkurlarini yanada ortib borishi imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish