Saidov Farrux Soibovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Turkiston mintaqasidagi qochoqlar: tarixiy tahlil (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1241
Ilmiy rahbar: Haitov Shadmon Axmadovich tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor G'afforov Shokir Safarovich; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Xolmuminov Xusan Eshmuminovich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: XIX asrning oxiri - XX asr boshlarida Rossiya imreriyasi hukmronligi davrida Turkiston mintaqasidagi qochoqlar tarixi muammosi va uning ijtimoiy-siyosiy oqibatlarini o‘rganish asosiy maqsad sifatida belgilab olindi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiston mintaqasida qochoqlar oqimini vujudga kelish sabablari (imreriya hukumatining soliq zulmi, qashshoqlik, xalq qo‘zg‘olonlari, ta’qib va tazyiq, urush va yashash manbaidan ajralish, hokazo) ilmiy jihatdan asoslangan.
Turkiston mintaqasiga Rossiyaning markaziy rayonlaridan aholini ko‘chirish orqali ham qochoqlar oqimi yuz berganligi, Turkiston general-gubernatorligi viloyat va uyezdlari bo‘ylab qochoq aholining tarqalishi, ularning ijtimoiy, milliy-etnik tarkibi, qochoqlarga nisbatan qo‘llanilgan hukumat chora-tadbirlari, ularning natija va oqibatlari ochib berilgan.
Turkiston mintaqasidagi qochoqlar muammolarini hal etishda mahalliy boshqaruv bilan Turkiston general-gubernatori va imreriya ma’murlari o‘rtasidagi munosabatlar, qochoqlikning ommaviy tus olish omillari, mahalliy aholi va qochoqlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatli munosabatlar tufayli kelib chiqqan salbiy holatlar aniqlashtirilgan.
Turkiston mintaqasida qochoq aholining maishiy hayoti, kundalik turmushi, hukumatning qochoqlar muammosini hal etishdagi tadbirlari (qochoqlarni oziq-ovqat va boshrana bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, o‘z yashash joylariga qaytarish va h.k.) bilan bog‘liq masalalar ko‘rsatib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Rossiya imreriyasi hukmronligi davrida Turkiston mintaqasidagi qochoqlar: tarixiy tahlil (XIX asrning oxiri - XX asr boshlari)” muammosini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
Turkiston mintaqasida qochoqlar oqimining vujudga kelish sabablari (imreriya hukumatining soliq zulmi, qashoqlik, xalq qo‘zg‘olonlari, ta’qib va tazyiq, urush va yashash manbaidan ajralish va hokazo) haqidagi ma’lumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida bayon etib berilgan;
Turkiston mintaqasiga Rossiyaning markaziy rayonlaridan aholini ko‘chiqish orqali ham qochoqlar oqimi yuz berganligi, Turkiston general-gubernatorligi viloyat va uyezdlari bo‘ylab qochoq aholining tarqalishi, ularning ijtimoiy, milliy etnik tarkibi, qochoqlarga nisbatan qo‘llanilgan hukumat chora-tadbirlari, ularning natija va oqibatlari, Turkiston mintaqasida qochoqlar oqimining vujudga kelishiga oid ma’lumotlar va yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokomraniyasi tizimidagi “O‘zbekiston tarixi” kanalida efirda uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Milliy teleradiokomraniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023 yil 17 fevraldagi 02-31-265 son ma’lumotnomasi). Bu ko‘rsatuvda Turkiston mintaqasidagi qochoqlarning ijtimoiy-siyosiy hayoti ilmiy asosda tahlil qilingan.
Turkiston mintaqasidagi qochoqlar muammolarini hal etishda mahalliy boshqaruv bilan Turkiston general-gubernatori va imreriya ma’murlari o‘rtasidagi munosabatlar, qochoqlikning ommaviy tus olish omillari, mahalliy aholi va qochoqlar o‘rtasidagi o‘zaro ziddiyatli munosabatlar tufayli kelib chiqqan salbiy holatlar yuzaga kelganligi haqidagi ilmiy hulosalardan Resrublika tojik milliy madaniy markazining ma’lumotlarini ilmiy jihatdan boyitishga va muzey ko‘rgazmalarini to‘ldirishdagi targ‘ibot ishlarida foydalanilgan;
Turkiston mintaqasida qochoq aholining maishiy hayoti, kundalik turmushi, hukumatning qochoqlar muammosini hal etishdagi tadbirlari (qochoqlarni oziq-ovqat va boshrana bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash, o‘z yashash joylariga qaytarish va h.k.) borasidagi tadqiqotchi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida olingan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalardan Resrublika tojik milliy madaniy markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Resrublika tojik milliy madaniy markazning ma’lumotnomasi).