Mansurov Mashraf Ravshankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetli nefropatiyada peshobdagi proteomik markerlar tashhisining ahamiyati», 14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4670.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Nurxon Xalimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universitet huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xadjimetov Abdugafur Axatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xodji Axmad Yasaviy nomli Xalqaro kozoq –turk universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. diabetik nefropatiyaning erta tashxisida siydik proteomik markerlarining diagnostik qiymatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda glomerulyar, tubulyar, oksidlovchi stress va yallig‘lanish belgilarining biomarkerlari aniqlanishi erta glomerulyar shikastlanishning oldini olishi asoslangan;
neytrofil jelatinaza bilan bog‘langan lipokalin (NGAL), buyrak zararlanish markeri -1 (KIM-1), sistatin-C, transferrin, gaptoglobin va immunoglobulin G kabi peshobdagi biomarkerlari 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik nefropatiyaning rivojlanishini bashorat qilishi aniqlangan;
diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarning peshobida monotsitar xemotaktik oqsil-1, va oqsil bilan bog‘langan jigar yog kislotalari tubulo-interstisial buyrak shikastlanishining ko‘rsatkichi sifatida asoslangan;
diabetik nefropatiyani davolash bosqichlarida buyrak tuzilmalarini shikastlanish darajasini bosqichma-bosqich erta tashxislashda bemorlarning peshobida interleykin-6,18 yallig‘lanish mediatorlarining ahamiyati kasallikning rivojlanishini ko‘rsatkichlari ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diabetli nefropatiyada peshobdagi proteomik markerlar tashhisining ahamiyatini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda glomerulyar, tubulyar, oksidlovchi stress va yallig‘lanish belgilarining biomarkerlari aniqlanishi erta glomerulyar shikastlanishning oldini olishi asoslanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasining 11.05.2025yil 157-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati Yangiyul shahar tibbiyot birlashmasining 12.05.2025yil 521-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025yil 17 iyuldagi №22/35sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetik nefropatiyada peshobdagi proteomik markerlarni laborator tahlili orqali diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda glomerulyar, tubulyar, oksidlovchi stress va yallig‘lanishini erta bosqichlarida tekshirish kasallik progressivlanishining oldini olish, NGAL, KIM-1, sistatin-C, transferin, gaptoglobin va immunoglobulin G kabi peshobdagi biomarkerlari 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik nefropatiyaning rivojlanishini bashorat qiladi, erta glomerulyar shikastlanishning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: glomerulyar va tubulyar buzilishlarni tashxislash usuli surunkali pielonefrit asoratini (diabetik nefropatiyani) kamaytiradi. Xulosa: diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarda glomerulyar, tubulyar, oksidlovchi stress va yallig‘lanish belgilarining biomarkerlari aniqlash imkoniin beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neytrofil jelatinaza bilan bog‘langan lipokalin (NGAL), buyrak zararlanish markeri -1 (KIM-1), sistatin-C, transferrin, gaptoglobin va immunoglobulin G kabi peshobdagi biomarkerlari 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik nefropatiyaning rivojlanishini bashorat qilishi aniqlanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasining 11.05.2025yil 157-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati Yangiyul shahar tibbiyot birlashmasining 12.05.2025yil 521 - sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025yil 17 iyuldagi №22/35 - sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: neytrofil jelatinaza bilan bog‘langan lipokalin (NGAL), buyrak zararlanish markeri -1 (KIM-1), sistatin-C, transferrin, gaptoglobin va immunoglobulin G kabi peshobdagi biomarkerlari 2-toifa qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik nefropatiyaning rivojlanishini bashorat qiladi, erta glomerulyar shikastlanishning foydali ko‘rsatkichlari sifatida taklif qilingan. Iqtisodiy samaradorligi: glomerulyar va tubulyar buzilishlarni tashxislash usuli surunkali pielonefrit asoratini (diabetik nefropatiyani) kamaytiradi. Ushbu bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan laborator ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlash boshqa qo‘shimcha markyorlar aniqlanishi uchun kerak bo‘ladigan sarf xarajatlarni cheklaydi, hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. Xulosa: diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarning peshobda erta proteomik markerlarni aniqlash joriy qilingandan so‘ng gospitalizatsiya kunlari qisqardi.
uchinchi ilmiy yangilik: diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarning peshobida monotsitar xemotaktik oqsil-1, va oqsil bilan bog‘langan jigar yog kislotalari tubulo-interstisial buyrak shikastlanishining ko‘rsatkichi sifatida asoslanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasining 11.05.2025yil 157-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati Yangiyul` shahar tibbiyot birlashmasining 12.05.2025 yil 521 - sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025yil 17 iyuldagi №22/35 - sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetli nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarning peshobda tubulo-interstisial buyrak shikastlanishining ko‘rsatkichi sifatida diabetik nefropatiya bilan og‘rigan bemorlarning peshobida monotsitar xemotaktik oqsil-1, va oqsil bilan bog‘langan jigar yog‘ kislotalari aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: glomerulyar va tubulyar buzilishlarni tashxislash usuli surunkali pielonefrit asoratini (diabetik nefropatiyani) kamaytiradi. Ushbu bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning qisqarishiga olib keladi. Xulosa: Ushbu usul qo‘llanilganda bemorlar uchun sarflanadigan mablag‘lar tejalishiga olib keldi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: diabetik nefropatiyani davolash bosqichlarida buyrak tuzilmalarini shikastlanish darajasini bosqichma-bosqich erta tashxislashda bemorlarning peshobida interleykin-6,18 yallig‘lanish mediatorlarining ahamiyati kasallikning rivojlanishini ko‘rsatkichlari ekanligi isbotlanganligi Toshkent shahar Chilonzor tumani tibbiyot birlashmasining 11.05.2025yil 157-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati Yangiyul` shahar tibbiyot birlashmasining 12.05.2025yil 521-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashining 2025yil 17 iyuldagi №22/35sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: diabetli nefropatiyani davolash bosqichlarida buyrak tuzilmalarini shikastlanish darajasini bosqichma-bosqich erta tashxislash uchun interleykin-6,18, monotsitar xemotaktik oqsil-1, KIM-1, NGAL, sistatin-C, sink-alfa-2-glikoproteinning markerlarini algoritmi ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: glomerulyar va tubulyar buzilishlarni tashxislash usuli surunkali pielonefrit asoratini (diabetik nefropatiyani) kamaytiradi. Ushbu bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ushbu diagnostika usulining joriy etilishi buyrak nefrosklerozi, qandli diabet, yurak-qon tomir kasalliklarida asoratlar foizini kamaytiradi va aholi mehnat qobiliyatini saqlab qoladi.