Mavlonov O‘tkir Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida balog‘atga etishning kechikishini skrining tekshiruvi va o‘smirlarda bepushtlikni bashorat kilish» 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusining ro‘yxatga olish raqami: B202l.3.PhD/Tib 2070.
Ilmiy rahbar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat yuritayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti,  DSc.04/30.11.2024.Tib.95.02.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilorom Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xoliqova Adliya Omanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya mavzusi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: GNHR1 rs6185 gen polimorfizmining o‘smirlarda balog‘atga etishish buzilishlarining patogenezida rolini o‘rganish va xavf omillarini har tomonlama baholash bilan o‘sish va jinsiy rivojlanishning kechikishini skrining qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:      
ikkala jinsga mansub o‘smirlarda  jinsiy a’zolarning tug‘ma nuqsonlari, neyroendokrin omillar LG, FSG, ET, STG ma’lumotlarining klinik, demografik, gormonal va genetik qiyosiy tahlillari asosida gipogonadotrop gipogonadizm va ikkala jinsdagi o‘smirlarning pubertat kechikishiga bog‘liq balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishi orasida o‘zaro mul`tiparametrik o‘ziga xos bog‘likliklar aniqlangan;
 prenatal, perinatal, postnatal va neyroendokrin xavf omillari, bo‘y va tana vazni ko‘rsatkichlari, gipogonadotrop gipogonadizmni ikkala jinsdagi o‘smirlarda pubertat kechikishiga bog‘liq balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishiga ta’siri isbotlangan;
GNRH1 genining genetik variantlari (rs1812594 va rs6185) va idopatik gipogonadotropik gipogonadizm rivojlanishi o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlikning o‘smirlarda(ikkala jins) balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishiga ta’siri isbotlangan;
o‘smirlarda(ikkala jins) balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishini erta aniqlash  prognostik algoritmi ishlab chiqilgan va uning bashoratlash mezonlari bo‘yicha pubertat kechikishi mavjud o‘smirlarda bepushtlik darajasini pasaytirish bo‘yicha davolash va profilaktik chora-tadbirlarining klinik amaliyotga joriy qilinishining samaradorligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ilk bor o‘smirlarda GNHR1 rs6185 gen polimorfizmining patogenezda rolini o‘rgangan holda xavf omillarini har tomonlama baholash bilan balog‘atga etishish buzilishlarining o‘sish va jinsiy rivojlanishning kechikishiga ta’sirini skrining qilish tadqiqoti natijasida:
 birinchi ilmiy yangilik: ikkala jinsga mansub o‘smirlarda  jinsiy a’zolarning tug‘ma nuqsonlari, neyroendokrin omillar LG, FSG, ET, STG ma’lumotlarining klinik, demografik, gormonal va genetik qiyosiy tahlillari asosida gipogonadotrop gipogonadizm va ikkala jinsdagi o‘smirlarning pubertat kechikishiga bog‘liq balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishi orasida o‘zaro mul`tiparametrik o‘ziga xos bog‘likliklar aniqlanganligi  Toshkent davlat pediatriya instituti, 03/199-son, 2024 yil 6 martda ishlab chiqilgan “O‘smirlarda o‘sish va balog‘atga etishning kechikishining oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 42-son buyrug‘i) va Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 38-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘sishning kechikishi va balog‘atga etishning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini (qarindoshlar va erta nikohlar, yod tanqisligi, gipotiroidizm, oqsil-vitamin etishmovchiligi, stress va boshqalar) o‘z vaqtida oldini olish o‘smirlarda o‘sishning kechikishi va balog‘atga etish xavfini kamaytiradi va shu bilan keyingi salbiy asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: O‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xavf omillarining o‘z vaqtida oldini olish va bartaraf etish xarajatlarni tejashga yordam beradi. O‘sishning kechikishi va balog‘atga etishishni davolash narxi genetik jihatdan ishlab chiqilgan o‘sish gormoni, inson xorionik gonadotropini, jinsiy gormonlar va kasallikni davolash uchun zarur bo‘lgan boshqa dori-darmonlarning narxi bilan belgilanadi, bu sezilarli yillik xarajatlarni anglatadi. Birgina o‘sish gormonining o‘rtacha narxi har bir o‘smir uchun oyiga 5-6 million so‘mni tashkil etadi va ular uni 1-2 yil davomida uzluksiz qabul qilishlari natijasida  yiliga o‘rtacha 70 million so‘m sarflanadi, tejamkorlik 70 million so‘mgacha etdi. Xulosa: o‘sishning kechikishi va balog‘atga etishishning o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan xavf omillarini o‘z vaqtida oldini olish, o‘z navbatida, kasallikning dastlabki bosqichida yanada jiddiy asoratlar rivojlanishining oldini olishga yordam beradi va har bir bemorni tekshirishda 70 million so‘mgacha mablag‘ tejaydi;
ikkinchi ilmiy yangilik: prenatal, perinatal, postnatal va neyroendokrin xavf omillari, bo‘y va tana vazni ko‘rsatkichlari, va gipogonadotrop gipogonadizmni ikkala jinsdagi o‘smirlarda pubertat kechikishiga bog‘liq balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishiga ta’siri isbotlanganligi  Toshkent davlat pediatriya instituti, 03/199-son, 2024 yil 6 martda ishlab chiqilgan “O‘smirlarda o‘sish va balog‘atga etishning kechikishining oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 42-son buyrug‘i) va Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 38-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: Kelajakda o‘smirlik davrida tug‘ilishni bashorat qilish shkalasi yordamida o‘sishning kechikishi va balog‘atga etishishning ishonchli diagnostikasi reproduktiv kasalliklarning oldini olishga va hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘sishi va jinsiy rivojlanishi kechikkan bemorni 10 kun davomida kasalxonada statsionar davolanishi narxi 4 million so‘mdan 8 million so‘mgacha, o‘rtacha 7 million so‘mni tashkil etadi, bir yil davomida o‘sishi va jinsiy rivojlanishi kechikib qolgan bir bemorni konservativ ambulator davolash 6 million so‘mga tushadi, bu esa 13 million so‘mgacha tejamkorlikni bildiradi. Xulosa: ishlab chiqilgan tug‘ilishning buzilishini bashorat qilish shkalasidan o‘z vaqtida foydalanish o‘sishning kechikishi va balog‘atga etishning kechikishi xavfini kamaytirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida kasallikning keyingi salbiy asoratlari rivojlanishining oldini olishga yordam beradi;  
uchinchi ilmiy yangilik: aniqlangan GNRH1 genining genetik variantlari (rs1812594 va rs6185) va idopatik gipogonadotropik gipogonadizm rivojlanishi o‘rtasidagi patogenetik bog‘liqlikning o‘smirlarda(ikkala jins) balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishiga ta’siri isbotlanganligi Toshkent davlat pediatriya instituti, 03/199-son, 2024 yil 6 martda ishlab chiqilgan “O‘smirlarda o‘sish va balog‘atga etishning kechikishining oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 42-son buyrug‘i) va Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 38-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etilgan.       Ijtimoiy samaradorligi: Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi davolash-profilaktika muassasalarida profilaktika yordami sifatini oshiruvchi yangi usulni joriy etish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: O‘smirlarda (ikkala jins) balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishini erta aniqlash, o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash ambulatoriya sharoitida har bir bemorga 13 million so‘mdan 70 million so‘mgacha tejash imkonini bergan. Xulosa: Kelajakda tug‘ilish bilan bog‘liq muammolarni bashorat qilish uchun shkalalar bilan to‘ldirilgan diagnostika va davolash algoritmlarini joriy qilish har bir bemorning ehtiyojlariga moslashtirilgan individual davolash rejalarini ishlab chiqishga yordam beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘smirlarda(ikkala jins) balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishini erta aniqlash  prognostik algoritmi ishlab chiqilgan va uning bashoratlash mezonlari bo‘yicha pubertat kechikishi mavjud o‘smirlarda bepushtlik darajasini pasaytirish bo‘yicha davolash va profilaktik chora-tadbirlarining klinik amaliyotga joriy qilinishining samaradorligi isbotlanganligi  “O‘smirlarda o‘sish va balog‘atga etishning kechikishining oldini olish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: mazkur taklif Buxoro viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 42-son buyrug‘i) va Navoiy viloyat endokrinologiya dispanserining (19.02.2024 yildagi 38-son buyrug‘i) amaliy faoliyatiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Xavf omillari va tekshiruv natijalarini hisobga olgan holda o‘sishning kechikishi va balog‘atga etishning kechikishi bo‘yicha skrining o‘tkazish har bir alohida holatda o‘smirlarda pubertat kechikishning rivojlanishining haqiqiy sabablarini aniqlashga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘sish va jinsiy rivojlanishdagi kechikishlarni bartaraf etish bo‘yicha aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini olib borish tug‘ma nuqsonlar hollarini kamaytiradi va tug‘ma gipotiroidizm, Klaynfelter sindromi, Tyorner sindromi va boshqa kasalliklarni davolash va parvarishlash uchun davlat mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: Xavf guruhidagi o‘smirlarda (ikkala jins) balog‘atga etishishi va o‘sishining kechikishini erta aniqlash  prognostik algoritmi qo‘llash va uning bashoratlash mezonlari bo‘yicha pubertat kechikishi mavjud o‘smirlarda bepushtlik darajasini pasaytirish bo‘yicha davolash va profilaktik chora-tadbirlarining klinik amaliyotga joriy qilinishi o‘sish va balog‘atga etishi kechikib qolgan o‘smirlarni ro‘yxatga olish, skrining va monitoringini olib borish, bepushtlik va unga bog‘liq sotsial va klinik asoratlarni oldini olish orqali aholi hayot sifatini oshirishga va aholi salomatligi ko‘rsatkichlarini oshirishga ta’sir qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish