Nurullaev Bobirshox Gaybullaevichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi.Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4837
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Gulchehra Valireevna Izbullaeva pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Nishon Sodiqovich Qiyomov Samarqand davlat universiteti pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodiy faoliyatga tayyorlash tuzilmasi motivatsion, kognitiv, refleksiv, aksiologik, faoliyatli, kommunikativ, innovatsion komponentlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o‘rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihati empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kompetensiyasini rivojlantirish usullari aniqlangan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida ijodiy faoliyatga tayyorlashning obektiv (uzlyuksizlik, hamkorlik, innovatsion boshqaruv) va subektiv (professionallik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv pedagogik ehtiyoj) omillari bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kompetensiyasini rivojlantirish jarayon mantig‘ini tashkil etuvchi pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning produktivlik darajasini identifikatsiyasini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
ijodiy faoliyatga tayyorlash modelining tashkiliy-faoliyatli bloki keys stadi, muammoli ta’lim, loyiha, kreativ va interaktiv o‘yinlarni akmeologik jarayonni intensiv loyihalashda qayta aloqaga kirishuv darajasi tasdig‘ini bevosita hisobga olish asosida hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ faoliyati mexanizmlari takomillashtirilgan;
loyihaviy ta’lim texnologiyasi muammoga (Problem-Based Learning), tadqiqotchilikka (Research-Based Learning), guruh bo‘lib ishlashga (Team-Based Learning), amaliyotga (Work-Based Learning) asoslangan yondashuvlarning kompleks ta’siri validligini qat’iy belgilash asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasiga doir tadqiqot natijalari asosida:
ijodiy faoliyatga tayyorlash tuzilmasi motivatsion, kognitiv, refleksiv, aksiologik, faoliyatli, kommunikativ, innovatsion komponentlari pedagogik-psixologik tadqiqotlarni o‘rganish va baholash hamda individual yondashuvning pragmatik jihati empirik barqarorligiga ustuvorlik berish asosida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kompetensiyasini rivojlantirish usullaridan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” amaliy loyihasining yoshlarda kreativ faollikni oshirish qismini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil, 15-maydagi 13/00.184-231-son ma’lumotnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlash mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida ijodiy faoliyatga tayyorlashning obektiv (uzlyuksizlik, hamkorlik, innovatsion boshqaruv) va subektiv (professionallik, o‘z-o‘zini rivojlantirish, kognitiv pedagogik ehtiyoj) omillari bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kompetensiyasini rivojlantirish jarayon mantig‘ini tashkil etuvchi pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning produktivlik darajasini identifikatsiyasini ta’minlashga doir taklif va tavsiyalardan 60110600 – musiqa ta’limi yo‘nalishi uchun “Musiqiy pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 777242- raqamli guvohnomasi). Natijada shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatining rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezon, daraja va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirishga erishilgan.
ijodiy faoliyatga tayyorlash modelining tashkiliy-faoliyatli bloki keys stadi, muammoli ta’lim, loyiha, kreativ va interaktiv o‘yinlarni akmeologik jarayonni intensiv loyihalashda qayta aloqaga kirishuv darajasi tasdig‘ini bevosita hisobga olish asosida hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kreativ faoliyati mexanizmlari takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110600 – musiqa ta’limi yo‘nalishi uchun “Musiqiy pedagogikasi” o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i, 777242- raqamli guvohnomasi). Natijada, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning amaliy-metodik jihatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
loyihaviy ta’lim texnologiyasi muammoga (Problem-Based Learning), tadqiqotchilikka (Research-Based Learning), guruh bo‘lib ishlashga (Team-Based Learning), amaliyotga (Work-Based Learning) asoslangan yondashuvlarning kompleks ta’siri validligini qat’iy belgilash asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini ijodiy faoliyatga tayyorlashning metodik ta’minotini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-20170930223 “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” amaliy loyihasining yoshlarda kreativ taffakurni rivojlantirishning didaktik ta’minotini ishlab s-hiqish qismini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 21-maydagi 11-05-2323/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy faoliyatga tayyorgarligining amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.