Amonova Dilafruz Shaxriyorxonovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koreys va o‘zbek ayollar nasri poetikasi (Pak Kyong Ni va Saida Zunnunova ijodi misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil3049
Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01 
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Abbasova Dilfuza Karimbek qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston jahon tillari universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pak Kyong Ni(박경리) va Saida Zunnunova nasrining poetik xususiyatlarini o‘zaro qiyosiy tahlil qilish va ushbu mualliflarning XX asr koreys hamda o‘zbek adabiyotlaridagi rivojiga qo‘shgan hissasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Koreys va o‘zbek ayollar nasrining poetik xususiyatlari, ayol yozuvchilar ijodiyoti va ularning adabiyotdagi mavqeyi, asarlarning mavzu va gʻoya doirasi hamda oila, muhabbat va jamiyat masalalari, milliy mentalitetning aks ettirilishi va global qadriyatlar bilan uygʻunligi ochib berilgan;
Pak Kyong Ni (박경리) va Saida Zunnunova ijodi asosida koreys “ayollar nasri”ning rivojlanishi, uning taraqqiyoti, oilaviy munosabatlar talqini hamda milliylik va universallikning oʻzaro uygʻunligi aniqlangan;
Adibalarning obraz yaratishdagi mahorati: ayol yozuvchi nigohi asosida qahramon qiyofasi tasviri, ularning ruhiy holat va kechinmalaridagi dramatizm, ichki monolog va dialoglarni ifodalashdagi emotsional kayfiyatlar uslubini yuzaga chiqaruvchi omil ekanligi isbotlangan;
Yozuvchilar ijodida global muammolarning ifoda etilishi, jamiyatning bir ko‘rinishi bo‘lgan oilaviy munosabatlar, ayol qadri, unung jamiyatdagi o‘rni asosida makon va zamonda yuz beradigan voqelik ijtimoiy-psixologik  farqliliklar asosida ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va koreys nasrida Saida Zunnunova hamda Pak Kyong Ni (박경리)ijodining ahamiyati va ularning mahorati yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
koreys va o‘zbek ayollar nasrining poetik xususiyatlari, ayol yozuvchilar ijodiyoti va ularning adabiyotdagi mavqeyi, asarlarning mavzu va gʻoya doirasi, oila, muhabbat va jamiyat masalalari, milliy mentalitetning aks ettirilishi va global qadriyatlar bilan uygʻunligi borasidagi natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 19-iyundagi 1839/02-raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada, loyiha tadqiqotlari koreys va o‘zbek ayollar nasrining poetik xususiyatlariga egaligi bilan boyitilgan;
Pak Kyong Ni (박경리) va Saida Zunnunova ijodi asosida koreys “ayollar nasri”ning rivojlanishi, uning taraqqiyoti, oilaviy munosabatlar talqini hamda milliylik va universallikning oʻzaro uygʻunligi borasidagi xulosalardan Xalq ta’limi vazirining 2023-yil, 18-maydagi 156-son buyrug‘i asosida 2023-2024-yillarda bajarilishi nazarda tutilgan Al-201704-sonli “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2025-yil, 30-oktyabrdagi 03-17-09-989-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, pedagoglarning koreys va o‘zbek adabiyotshunosligi borasidagi qarashlarining boyishiga xizmat qilgan;
yozuvchilar ijodida global muammolarning ifoda etilishi, jamiyatning bir ko‘rinishi bo‘lgan oilaviy munosabatlar, ayol qadri, uning jamiyatdagi o‘rni asosida makon va zamonda yuz beradigan voqelik ijtimoiy-psixologik farqliliklar asosida ochib beriladigan xulosalardan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2025-yil 24-iyuldagi 01-01/108-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuv va eshittiruv mazmun-mundarijasi ilmiy manbalar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish