Ismailov Allayor Rashidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korporativ boshqaruv jarayonlariga innovatsion usullarni joriy etish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt947.
Ilmiy maslahatchi: Sindarov Sherzod Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulov Nodirbek Madrahimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Mullabaev Baxtiyor Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Korporativ boshqaruv jarayonlariga innovatsion usullarni joriy etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra, “Korporativ boshqaruv jarayonlariga innovatsion usullarni joriy etish” deganda “korporativ tuzilmalarning barcha ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, boshqaruv mexanizmlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tizimlarni o‘zaro mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarga texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan boshqaruv usullarini kiritish va integratsiya qilish, shuningdek ularning transferini amalga oshirishga yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etish” nuqtai-nazaridan takomillashtirilgan.
Modulli modelga asoslangan yondashuvda korporativ boshqaruvga Leadership 4.0 ga asoslangan boshqaruv strategiyalarini inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat, ochiq muloqot, ishonchga asoslangan munosabatlar, ma’lumotlarga tayangan strategik qarorlar va texnologiyalarga integratsiyalashgan boshqaruv va innovasiyalarni uyg‘unlashtiruvchi rahbarlikni qo‘llash asosida innovatsion usullarni joriy etishni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish asoslangan.
Tuzilmaviy tenglamalarni modellashtirishga asoslangan usulda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning korporativ boshqaruvini “Leadership 4.0” funksiyalari hisoblangan xavf-xatarlarni boshqarish holatiga axborot almashinuvi (DRM->OI= 0,117) va inson resurslarini boshqarishning (DRM-> HRM=0,073) kam va manfaatdor tomonlar bilan ishlashning (DRM-> ShM= 0,756) yuqori ijobiy va muhim bog‘liqliklarga ko‘ra bo‘limlar faoliyatiga innovatsiyalarni jalb etish, huquq berish, qiziqish uyg‘otish asosida innovatsion faoliyat samardorligini oshirish taklifi asoslangan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ kuzatuv kengashi tarkibida “manfaatdor tomonlar uchun keng qamrovli va shaffof hisobot tayyorlash”, energetika tarmog‘i uchun iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan ekologik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlar bilan uyg‘unlashtirish, xavf-xatarlar hamda moliyaviy ta’sirlarni pasaytirish hamda atrof-muhit muhofazasi, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruvda shaffoflikni ta’minlashga asoslangan “ESG qo‘mitasi”ni joriy etish taklif etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimida korporativ boshqaruvga texnologik, marketing va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni ta’sirini hisobga olgan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korporativ boshqaruv jarayonlariga innovatsion usullarni joriy etish metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
Uslubiy yondashuvga ko‘ra “Korporativ boshqaruv jarayonlariga innovatsion usullarni joriy etish” deganda “korporativ tuzilmalarning barcha ishtirokchilari tonidan amalga oshiriladigan xatti xarakatlar, boshqaruv mexanizmlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan tizimlarni o‘zaro mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan jarayonlarga texnik va texnologik jihatdan yangi yoki takomillashtirilgan boshqaruv usullarini kiritish va integratsiya qilish, shuningdek ularning transferini amalga oshirishga yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etish” nuqtai-nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil maydagi 194-sonli buyrug‘i, № 194-07). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida yangi yoki takomillashtirilgan boshqaruv usullarini kiritish va integratsiya qilish, shuningdek ularning transferini amalga oshirishga yangi yoki takomillashtirilgan usullarini joriy etish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “Korporativ boshqaruv jarayonlariga innovatsion usullarni joriy etish” tushunchasi bo‘yicha talabalarda nazariy bilimlarni kengaytirish imkoniyati yaratilgan;
Modulli modelga asoslangan yondashuvda korporativ boshqaruvga Leadership 4.0 ga asoslangan boshqaruv strategiyalarini inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy mas’uliyat, ochiq muloqot, ishonchga asoslangan munosabatlar, ma’lumotlarga tayangan strategik qarorlar va texnologiyalarga integratsiyalashgan boshqaruv hamda innovasiyalarni uyg‘unlashtiruvchi rahbarlikni qo‘llash asosida innovatsion usullarni joriy etishni jadallashtirish va samaradorlikni oshirish asoslangan takliflar “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ faoliyatiga joriy etilgan. Natijada “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning modulli boshqaruv modelida tashkilotni funksional modullari hisoblangan HR, moliya, IT, marketing, ta’minot, strategik tahlil bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va ularda innovatsion echimlar mustaqil joriy etilishini ta’minlashga erishilgan. Leadership 4.0 metodologiyasini joriy etish bo‘yicha amaliy yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan hamda barcha modullar markazlashgan integratsiya mexanizmi orqali bir-biri bilan bog‘liq rivojlantirish asosida maqsadli sinergiya samarasiga erishilgan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning korporativ boshqaruvini Liderlik 4.0 funksiyalari xisoblangan xavf-xatarlarni boshqarish holatiga axborot almashinuvi (DRM-> OI = 0,117) va inson resurslarini boshqarishning (DRM-> HRM =0,073) kam va manfaatdor tomonlar bilan ishlashning (DRM-> ShM = 0,756) yuqori ijobiy va muhim bog‘liqliklarga ko‘ra bo‘limlar faoliyatiga innovatsiyalarni jalb etish, huquq berish, qiziqish uyg‘otish asosida innovatsion faoliyat samardorligi oshirish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning korporativ boshqaruv faoliyatida qo‘llanilgan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida jamiyatning korporativ boshqaruvga oid me’yoriy hujjatlarida bo‘limlar faoliyatiga Leadership 4.0 funksiyalari kiritilgan. Natijada, 2025 yilda 2024 yilga nisbatan innovatsion faoliyat samaradorligi 5,3 foizga oshgan;
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ kuzatuv kengashi tarkibida “manfaatdor tomonlar uchun keng qamrovli va shaffof hisobot tayyorlash”, energetika tarmog‘i uchun iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan ekologik ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlar bilan uyg‘unlashtirish, xavf-xatarlar hamda moliyaviy ta’sirlarni pasaytirish hamda atrof-muhit muhofazasi, ijtimoiy mas’uliyat va korporativ boshqaruvda shaffoflikni ta’minlashga asoslangan “ESG qo‘mitasi”ni joriy etish taklifi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur taklif asosida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJda kuzatuv kengashi tarkibida “ESG qo‘mitasi” tashkil etilgan, ESG tamoyillariga asoslangan innovatsion usullardan foydalanish darajasi oshgan va xalqaro hisobotlarda yuritilishi ta’minlangan hamda ekologik samaradorlikka erishilgan;
O‘zbekiston Respublikasi energetika tizimida korporativ boshqaruvga texnologik, marketing va jarayonlar bo‘yicha innovatsiyalarni ta’sirini hisobga olgan holda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ faoliyatida foydalanilgan. Mazkur prognoz parametrlaridan foydalanish asosida O‘zbekiston energetika sohalariga innovatsiyalarni jadallashtirish va sohani innovatsion rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan.