Boboxo‘jaev Baxtiyor Nazirxo‘jaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘q’imachilik korxonalarida mahsulotlar assortimentining marketing boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt356.
Ilmiy rahbari: Boltabaev Maxmud Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ikrom Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Xakimov Ziyodulla Axmadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Madraximova Gulasal Ro‘zimboy qizi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalarida mahsulotlar assortimentining marketing boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “assortiment siyosati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqobat muhiti, texnologik yangilanishlar, iqtisodiy va ekologik cheklovlar, shuningdek, raqamli transformatsiya omillarini hisobga olgan holda bozor segmentlari va isteʼmolchi guruhlarining ehtiyojlari hamda afzalliklariga yuqori moslashuvchan mahsulot turlari, modellari va ularning miqdor-sifat ko‘lamini shakllantirish va boshqarish jarayoni strategik marketing jarayoni nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalariga marketing faoliyatini innovatsion boshqarishning raqamli marketing, sunʼiy intellektga asoslangan strategik tahlil, mahsulot innovatsiyalari, brend tasdiqlari hamda yashil marketing dastaklari asosida assortiment siyosatini takomillashtirish orqali barqaror va raqobatbardosh tovar portfelini yaratish hamda mijozlar bilan doimiy munosabatlar o‘rnatishning tashkiliy mexanizmi taklif etilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning marketing faoliyatida assortiment siyosatini samarali tashkil etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi bo‘limlar faoliyatining amaliy jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan yuqori ijobiy natijalarni tatbiq etishdan iborat “talab↔korxona↔isteʼmol” parallel assortiment siyosati asosida takomillashtirish taklif etilgan;
to‘qimachilik korxonalarida “faoliyatni boshqarish”, “funksiyalarni boshqarish” hamda “talabni boshqarish” bo‘yicha indikatorlariga ko‘ra assortiment siyosatini boshqarish samaradorligini past (0≤E(Um)≤8), o‘rta (8,1≤E(Um) ≤16) hamda yuqori (16,1≤E(Um) ≤24) darajada diapazonlarida baholash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda to‘qimachilik korxonalarining tovar nomenklaturasiga ko‘ra xorijiy bozorlarda diversifikatsiya strategiyalaridan foydalanishning intensiv va ekstensiv marja qiymatlariga ko‘ra 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida mahsulotlar assortimentining marketing boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “assortiment siyosati” tushunchasining iqtisodiy mazmuni raqobat muhiti, texnologik yangilanishlar, iqtisodiy va ekologik cheklovlar, shuningdek, raqamli transformatsiya omillarini hisobga olgan holda bozor segmentlari va isteʼmolchi guruhlarining ehtiyojlari hamda afzalliklariga yuqori moslashuvchan mahsulot turlari, modellari va ularning miqdor-sifat ko‘lamini shakllantirish va boshqarish jarayonini strategik marketing jarayoni nuqtayi nazaridan takomillashga oid nazariy va uslubiy yondashuvdan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketing” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 21- dekabrdagi 387-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan № 387-02 – sonli nashr etish guvoxnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida talabalarda raqamli transformatsiya sharoitida korxonaning assortiment siyosatini takomillashtirishga oid nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini innovatsion boshqarishning raqamli marketing, sunʼiy intellektga asoslangan strategik tahlil, mahsulot innovatsiyalari, brend tasdiqlari hamda yashil marketing dastaklari asosida assortiment siyosatini takomillashtirish orqali barqaror va raqobatbardosh tovar portfelni yaratish hamda mijozlar bilan doimiy munosabatlar o‘rnatishning tashkiliy mexanizmi bo‘yicha berilgan taklif “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning marketing faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2025-yil 20-oktyabrda berilgan 02/25-2420-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “NUR-TEX” MChJning, “Samo textile” MChJ hamda “DIVA-TEKS” MChJlarning marketing bo‘limida boshqaruv samaradorligini o‘rtacha 12 foizga oshirishga erishilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo korxonalarning marketing faoliyatida assortiment siyosatini samarali tashkil etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi bo‘limlar faoliyatining amaliy jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan yuqori ijobiy natijalarini “talab↔korxona↔isteʼmol” parallel assortiment siyosati asosida takomillashtirish taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2025-yil 20-oktyabrda berilgan 02/25-2420-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uyushma tarmoq korxonalarining funksional tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish va marketing bo‘limlari faoliyatini optimallashtirish, korxonalarning marketing xarajatlarini “NUR-TEX” MChJda 1,6 foiz, “Samo textile” MChJda 5,2 foiz, “DIVA-TEKS” MChJda 6,9 foizga kamaytirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalarida “faoliyatni boshqarish”, “funksiyalarni boshqarish” hamda “talabni boshqarish” holati bo‘yicha indikatorlarga ko‘ra assortiment siyosatini boshqarish samaradorligini past (0≤E(Um)≤8), o‘rta (8,1≤E(Um)≤16) hamda yuqori (16,1≤E(Um)≤24) darajada diapazonlarida baholash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2025-yil 20-oktyabrda berilgan 02/25-2420-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarning mahsulot portfelida mahsulot assortimenti “NUR-TEX” MChJda 4,8 foiz, “Samo textile” MChJda 15,2 foiz, “DIVA-TEKS” MChJda 9,8 foizga oshirishga erishilgan;
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining tovar nomenklaturasiga ko‘ra xorijiy bozorlarda diversifikatsiya strategiyalaridan foydalanishning intensiv va ekstensiv marja qiymatlariga ko‘ra 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2025-yil 20-oktyabrda berilgan 02/25-2420-son ma’lumotnoma). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida to‘qimachilik korxonalari eksport faoliyatini diversifikatsiyalash uchun 2030-yilgacha bo‘lgan maqsadli tovar nomenklaturasi aniqlangan va tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalashning istiqboldagi ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.