Nurumbetova Sadoqat Allyarovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish (Ichki ishlar organlari tergovi misolida)”, 12.00.09 — Jinoyat-protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Yu246.
Ilmiy rahbar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Zakurlaev Abdumutal Karimovich, yuridik fanlar doktori, professor Muminov Bekhzod Abduvahobovich, yuridik fanlar doktori, professor Tulaganova Gulchexra Zaxitovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
Ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish metodikasi va taktikasini takomillashtirish yuzasidan taklifl va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlarida protsess ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini qonuniy ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, ekspertiza yoki taftish o‘tkazish talab etilmaydigan hollarda tergovga shaxsni gumon qili¬nuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganida, uni guvoh tariqasida so‘roq qilish mumkin emasligi asoslantirilgan; 
jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish amaliyotida dalillarning protsessual talablarga mos ravishda olinishini va maqbul deb topilishini ta’minlash maqsadida gumon  qilinuvchi yoki ayblanuvchiga uning protsessual huquqlari tushuntirilmasdan turib undan har qanday yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuv olish mumkin emasligi asoslantirilgan;  
ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlari yuzasidan sud muhokamasida dalillarning haqiqiyligi va maqbulligini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, ushlangan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va so‘roq qilish mumkin emasligi asoslantirilgan; 
ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ekspertizalarga turli xil ob’ektlarning taqdim etilishi natijasida yuzaga kelayotgan xatoliklarni bartaraf etish zaruratidan kelib chiqib, ishning predmeti sifatida diniy mazmundagi materiallar, ya’ni diniy ta’limotning aqidaviy asosla¬rini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini, turli diniy ta’limotlar¬ning marosimlar o‘tkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitob, risola, jurnal, gazeta, varaqa va boshqa bosma nashrlar, belgi, ramz va audiovizual asarlar, elektron axborot manbalari (disketlar, CD, DVD disklar, o‘rnatiladigan va echib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshq.)ni tushunish lozimligi asoslantirilgan;
ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlariga aloqador deb topilgan dalillarni aniq baholash zaruratidan kelib chiqib, yuridik yoki jismoniy shaxs(lar) tomonidan tayyorlangan material ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin unga ushbu materialning muallifi, nomi, adadi, qisqacha mazmuni, tayyorlangan sanasi hamda noshirning manzili ko‘rsatilgan ma’lumotnomaning borligini inobatga olish shartligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra: 
ekspertiza yoki taftish o‘tkazish talab etilmaydigan hollarda, ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha shaxsni gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, uni guvoh tariqasida so‘roq qilmaslikka doir taklifdan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodeks¬lariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli qonunining 12-moddasiga asosan, Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi)ning 88-moddasi 5-bandini ishlab chiqishda  foydalanilgan (Oliy Majlis Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 17-oktyabrdagi 74-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amliyotga tatbiq etilishi, ekstremizmga oid jinoyat ishlarini tergov qilishda shaxsning protsessual huquqlarini himoya qilishning qat’iy mezonini o‘rnatdi. Bu bilan, tergov organlari tomonidan gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchining huquqiy maqomini ataylab pasaytirish va ularni o‘zlarini ayblashni majburlashga qaratilgan harakatlarning oldi olinib, so‘roq qilish tartibining qonuniy bajarilishi va olingan barcha ko‘rsatmalarning sudda yaroqliligini ta’minlashga xizmat qildi;
shaxsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan har qanday yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuv olishni taqiqlash haqidagi taklifdan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodeks¬lariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli qonunining 12-moddasiga asosan, JPKning 88-moddasi 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 
17-oktyabrdagi 74-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi tergov jarayonida shaxsning huquq va erkinliklari qonuniy ta’minlanishiga xizmat qildi;¬  
alohida ish yurituviga ajratilmagan yoki sudning yozma topshirig‘i mavjud bo‘lmagan ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilganidan keyin surishtiruv va dastlabki tergov organlarining xodimlari protsess ishtirokchilarini mazkur jinoyat ishi doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) so‘roq qilishlari mumkin emasligiga doir taklifdan “O‘zbekiston Respublikasi¬ning Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-sonli qonunining 
12-moddasiga asosan, JPKning 88-moddasi 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy Majlis Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 17-oktyabrdagi 74-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlarini yuri¬tishda o‘tkaziladigan tergov shu bilan birga protsessual harakatlarda shaxsning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari (xususan, himoyalanish, o‘zini ayblamaslik va malakali yuridik yordam olish huquqlari)ning so‘zsiz va to‘liq ta’minlanishiga xizmat qildi;¬ 
ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq jinoyatlarning predmeti sifatida diniy mazmundagi materiallar, ya’ni diniy ta’limotning aqidaviy asosla¬rini, tarixini, diniy ta’limot mafkurasini, turli diniy ta’limotlar¬ning marosimlar o‘tkazish amaliyotini aks ettiruvchi kitob, risola, jurnal, gazeta, varaqa va boshqa bosma nashrlar, belgi, ramz va audiovizual asarlar, elektron axborot manbalari (disketlar, CD, DVD disklar, o‘rnatiladigan va echib olinadigan xotira kartalari, Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirilgan materiallar va boshq.)ni tushunish kerakligiga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasi¬ning 2022-yil 28-noyabrdagi 12/21-88-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishlarida tayinlanishi lozim bo‘lgan ekspertizalar (masalan, diniy-siyosiy, lingvistik, adabiyotshunoslik yoki kompyuter-texnikaviy) uchun tegishli ob’ektlar taqdim etilishi kerakligini aniq standartlashtirishga xizmat qildi;¬ 
yuridik yoki jismoniy shaxs(lar) tayyorlagan material ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin unga ushbu materialning muallifi, nomi, adadi, qisqacha mazmuni, tayyorlangan sanasi hamda noshirning manzili ko‘rsatilgan ma’lumotnomani qo‘shib qo‘yishga doir taklifdan Vazirlar Mahkamasi¬ning 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasi yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 28-noyabrdagi 12/21-88-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etilishi, ishni sudga qadar yuritish jarayonida ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlarning predmeti sifatida qaralayotgan diniy mazmundagi manbalarni (kitob, risola, elektron axborot tashuvchilar va boshqalarni) dalil sifatida huquqiy baholash tizimini tubdan yaxshilashga xizmat qildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish