Sarimsakov Doniyor Xomidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish”, 08.00.13–Menejment va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt912.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar. Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nosirov Ilxom Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdulloev Asliddin Junaydullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion faoliyatni samarali boshqarish milliy va xalqaro raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarining ichki (korxona ichidagi) va tashqi (iqtisodiy, bozor, texnologik muhit) omillari o‘zaro maqbullashtirilishi hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish, sifatni oshirish hamda yangi bozorlarga chiqish taklifi asoslangan;
sanoat korxonalariga kiritilgan innovatsiyalar samaradorligi kvartillararo diapazonlar hisobiga eng yuqori (Q5i≥2), yuqori (1,5<Q4i≤2), yaxshi (1<Q3i≤1,5), qoniqarli (0,5≤Q2i<1) va past (Q1i<0,5) guruh intervallariga ko‘ra baholanishi asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligi quyi (〖0,5≤IS〗_n≤0,59), o‘rta (〖0,6≤IS〗_n≤0,89) va yuqori (〖0,9≤IS〗_n≤1) darajalarga ko‘ra baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra to‘qimachilik sanoati korxonalarining innovatsion rivojlanish strategiyasi tushunchasi “himoyaviy innovatsion rivojlanish yuqori darajadagi muvofiqlik” (0,9<Kyu<1), “innovatsion himoya yaxshi darajadagi muvofiqlik” (0,75<Kya<0,9), “innovatsion taqlid o‘rta darajadagi muvofiqlik” (0,65<Ko‘r<0,75), “innovatsion kutish qoniqarli darajadagi muvofiqlik” (0,6<Kql<0,65), “innovatsion javob qaytarish pastroq darajadagi muvofiqlik” (0,5<Kps<0,6) elementlarining o‘zaro maqbul uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining asosiy ishlab chiqarish faoliyati 2030-yilga qadar inersion, faol va maqsadli rivojlanish ssenariylariga ko‘ra prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari innovatsion faoliyatini boshqarish uslubiyotini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion faoliyatni samarali boshqarish milliy va xalqaro raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlarining ichki (korxona ichidagi) va tashqi (iqtisodiy, bozor, texnologik muhit) omillari o‘zaro maqbullashtirilishi hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish, sifatni oshirish hamda yangi bozorlarga chiqish taklifi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Xait invest teks” MChJ, “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 02/06-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uzoq muddatli istiqbolda korxonaning milliy va xalqaro darajadagi raqobatbardoshligini oshirishga hamda mahsulot tannarxini “Xait invest teks” MChJ -2,3 foizga hamda “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJ- 2.7 foizga kamayishiga xizmat qilgan.
sanoat korxonalariga kiritilgan innovatsiyalar samaradorligi kvartillararo diapazonlar hisobiga eng yuqori (Q5i≥2), yuqori (1,5<Q4i≤2), yaxshi (1<Q3i≤1,5), qoniqarli (0,5≤Q2i<1) va past (Q1i<0,5) guruh intervallariga ko‘ra baholanish taklifidan “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Forall textile” MChJ, “Vodiy sanoat faxri” MChJlarning “Innovatsion rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 02/06-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘qimachilik korxonalarida innovatsion rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligi quyi (〖0,5≤IS〗_n≤0,59), o‘rta (〖0,6≤IS〗_n≤0,89) va yuqori (〖0,9≤IS〗_n≤1) darajalarga ko‘ra baholash mezonlari taklifi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Forall textile” MChJ, "Vodiy sanoat faxri" MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 02/06-2885-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, korxonaning 2017-2024-yillarda o‘rta hisobda “Forall textile” MChJ, “Vodiy sanoat faxri” MChJlarning innovatsion boshqaruvi holati va uning samaradorligi koeffisienti ko‘rsatkichi 90,5 va 92,1 foizga yoki yuqori darajadagi innovatsion boshqaruv samaradorligiga ega bo‘lgan korxonalar qatoriga kirishi aniqlangan.
uslubiy yondashuvga ko‘ra to‘qimachilik sanoati korxonalarining innovatsion rivojlanish strategiyasi tushunchasi “himoyaviy innovatsion rivojlanish yuqori darajadagi muvofiqlik” (0,9<Kyu<1), “innovatsion himoya yaxshi darajadagi muvofiqlik” (0,75<Kya<0,9), “innovatsion taqlid o‘rta darajadagi muvofiqlik” (0,65<Ko‘r<0,75), “innovatsion kutish qoniqarli darajadagi muvofiqlik” (0,6<Kql<0,65), “innovatsion javob qaytarish pastroq darajadagi muvofiqlik” (0,5<Kps<0,6) elementlarining o‘zaro maqbul uyg‘unligi asosida takomillashtirilgan taklif “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi Samo Textile (“Nil-Granit”) MChJ, “Forall textile” MChJ, “Vodiy sanoat faxri” MChJlar faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 02/06-2885-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqish, ijrosini ta’minlash, nazorat qilish, innovatsion faoliyat samaradorligini, innovatsion salohiyatining barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qilgan.
to‘qimachilik korxonalarining asosiy ishlab chiqarish faoliyati 2030-yilga qadar inersion, faol va maqsadli rivojlanish ssenariylariga ko‘ra prognoz parametrlari bo‘yicha taklifidan Samo Textile (“Nil-Granit”) MChJ, “Xait invest teks” MChJ, “Xo‘jaobod Fayz-M” MChJlarning “Innovatsion rivojlanish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimaichliksanoat” uyushmasining 2025-yil 12-dekabrdagi 02/06-2885-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish harajatlarini 1,1 martaga, kadrlar salohiyatini oshirishga sarflanadigan harajatlar qo‘shimcha 44,3 foizga oshishi esa innovatsion mahsulot ishlab chiqarish hajmini 150900 ta mahsulotga ko‘paytirish prognoz qilingan.