Usmonova Shaxnozaxon Erkinjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdurauf Fitrat asarlarida emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vositalarning lingvopragmatik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4791.
Ilmiy rahbar: Qazaqova Nozima Abdulboqievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abdurauf Fitrat asarlarida qo‘llangan emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vositalarning lingvopragmatik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muallif intensiyasini ifodalashda leksik birliklarning vazifalari, emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vositalarning davr nuqtayi nazaridan farqlanishi, denotativ, individual, konnotativ, uzual-okkazional ma’no ottenkalari, bu ko‘rsatkichlarning muloqot samaradorligini oshirishdagi ahamiyati Abdurauf Fitrat asarlari misolida aniqlangan;
Abdurauf Fitrat asarlarida qo‘llangan emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi grammatik vositalar: ritorik so‘roq gaplar, modal va undov so‘zlarning pragmasemantik strukturasi aniqlanib, ularning matndagi kommunikativ potensiali ijtimoiy-falsafiy va tarixiy-madaniy konseptual mezonlar orqali asoslangan va ularning badiiy matn pragmatikasidagi o‘rni va ahamiyati aniqlangan;
Fitrat asarlaridagi lingvokreativlikni aks ettiruvchi individual neologizmlar, original metafora va o‘xshatishlar, okkazional birliklar semantikasi va pragmatikasidagi umumiy-ijtimoiy va xususiy-individual o‘ziga xosliklar dalillangan;
Fitrat asarlaridagi muloqot samaradorligini ta’minlab, badiiy matnni shakllantiruvchi unsurlar, turli lisoniy-nutqiy kombinatsiyalar, muhim pragmatik kategoriyalar, xoslangan lisoniy va nutqiy birliklar hamda ularning emotsional-ekspressivlikni ta’minlashdagi ishtiroki, o‘rni, lisoniy birliklarining kontekstdagi ijtimoiy-g‘oyaviy jihatlari diaxron va sinxron aspektlar orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fitrat asarlaridagi ekspressiv-emotsional vositalarning lingvopragmatik tadqiqi asosida:
muallif intensiyasini ifodalashda leksik birliklarning vazifalari, emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vositalarning davr nuqtayi nazaridan farqlanishi, denotativ, individual, konnotativ, uzual-okkazional ma’no ottenkalari, bu ko‘rsatkichlarning muloqot samaradorligini oshirishdagi ahamiyati Abdurauf Fitrat asarlari misolida aniqlangan natijalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-52 tur-21091433 “Oʻzbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 7-fevraldagi 04/1-582-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha o‘zbek tili taraqqiyotining lingvopragmatik jihatlariga oid ilmiy xulosalar bilan boyitilgan.
Muallif intensiyasini ifodalashda leksik birliklarning vazifalari, emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vositalarning davr nuqtayi nazaridan farqlanishi, denotativ, individual, konnotativ, uzual-okkazional ma’no ottenkalari, bu ko‘rsatkichlarning muloqot samaradorligini oshirishdagi ahamiyati Abdurauf Fitrat asarlari misolida aniqlangan.
Abdurauf Fitrat asarlarida qo‘llangan emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi grammatik vositalar: ritorik so‘roq gaplar, modal va undov so‘zlarning pragmasemantik strukturasi aniqlanib, ularning matndagi kommunikativ potensiali ijtimoiy-falsafiy va tarixiy-madaniy konseptual mezonlar orqali asoslangan va ularning badiiy matn pragmatikasidagi o‘rni va ahamiyatiga asoslangan o‘rinlardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 7-fevraldagi 04/1-583-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotidagi emotsional-ekspressivlikni ifodalovchi vositalarga asoslangan matnlarning lingvopragmatik xususiyatiga doir izohlar hamda talqinlar mukammallashgan.
Fitrat asarlaridagi lingvokreativlikni aks ettiruvchi individual neologizmlar, original metafora va o‘xshatishlar, okkazional birliklar semantikasi va pragmatikasidagi umumiy-ijtimoiy va xususiy-individual o‘ziga xosliklarning dalillanganligi; Fitrat asarlaridagi muloqot samaradorligini ta’minlab, badiiy matnni shakllantiruvchi unsurlar, turli lisoniy-nutqiy kombinatsiyalar, muhim pragmatik kategoriyalar, xoslangan lisoniy va nutqiy birliklar hamda ularning emotsional-ekspressivlikni ta’minlashdagi ishtiroki, o‘rni, lisoniy birliklarining kontekstdagi ijtimoiy-g‘oyaviy jihatlari diaxron va sinxron aspektlar orqali ochib berilgan o‘rinlardagi fikr va mulohazalardan “O‘zbekiston teleradiokanali”, “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariyasini yozishda foydalanilgan (O‘ZMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2025-yil 5-maydagi 26-36-983-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dasturlar yosh avlodni xalqimizning buyuk moddiy va ma’naviy merosiga hurmat, ona tilimizga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.