Tursunova Maya Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Til aloqalari muammolari hamda til orqali madaniyatlarning o‘zaro ta’siri (ingliz o‘zlashmalari misolida) 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti, filologiya fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3409
Ilmiy rahbar: Zokirov Muxtorali Turdalievich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Shohista Muhammadjonovna filologiya fanlari doktori (DSc); Altmisheva Yorqinoy Majidovnalar, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistondagi rus tilida so‘zlashuvchi talabalar nutqida anglisizmlarning leksik, fonetik, morfologik va semantik sathlarda o‘zlashtirilish mexanizmlarini aniqlash va tavsiflash, shuningdek, ushbu o‘zlashmalarning madaniy ta’sir ko‘rsatish va til aloqasini namoyon etish vositasi sifatidagi rolini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus va ingliz tillar aloqasining yoshlar nutqidagi xususiyatlari, madaniy ta’sir jarayonlarining leksik sathda namoyon bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekistondagi rusiyzabon talabalar tomonidan leksemalarni o‘zlashtirish jarayoni, idrok, assotsiatsiya va kod almashtirish, ijtimoiy identifikatsiya va kommunikativ qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq lingvomadaniy ta’sir misollar orqali dalillangan;
inglizcha o‘zlashmalarning nutq vaziyatidagi ma’no kengayishi, torayishi, ko‘chishi kabi semantik transformatsiyalarga uchrashi, bu esa o‘zlashgan so‘zlarning til egalari nutqiy amaliyotida qayta anglash holatlarini aks etishi isbotlangan;
ingliz va rus tillari o‘rtasidagi kommunikativ, ilmiy-texnik, iqtisodiy va madaniy aloqalar leksik qatlamining boyishini jadallashtirib, inglizcha birliklarning rus tilidagi semantik tizimga kirib borishini belgilovchi muhim omil ekanligi asoslangan;
O‘zbekistondagi rusiyzabon talabalar nutqida inglizcha o‘zlashmalarning tarqalish darajasi, yoshlar til amaliyotidagi o‘rni, kommunikativ, funksional ahamiyati, miqdoriy jihatdan samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz o‘zlashmalarini o‘rganish asosida:
ingliz va rus tillari o‘rtasidagi kommunikativ, ilmiy-texnik, iqtisodiy va madaniy aloqalar leksik qatlamining boyishini jadallashtirib, inglizcha birliklarning rus tilidagi semantik tizimga kirib borishini belgilovchi muhim omil ekanligiga oid xulosalari Farg‘ona davlat universitetida 2020-2024-o‘quv yillarida amalga oshirilgan S-UZ800-20-GR-0035 “ACCESS microscholarship English Program ” xalqaro amaliy loyihaning vazifalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 4-dekabrdagi 04/7123-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning chet tilidagi matnlarni o‘qish kompetensiyasini oshirishga, ingliz tilida ekstensiv o‘qitish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
rus va ingliz tillar aloqasining yoshlar nutqidagi xususiyatlari, madaniy ta’sir jarayonlarining leksik sathda namoyon bo‘lishi, shuningdek, O‘zbekistondagi rusiyzabon talabalar tomonidan leksemalarni o‘zlashtirish jarayoni, idrok, assotsiatsiya va kod almashtirish, ijtimoiy identifikatsiya va kommunikativ qadriyatlar tizimi bilan bog‘liq lingvomadaniy ta’sir misollar haqidagi xulosalar Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Ma’naviyat sarchashmalari” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2024-yil 25-iyundagi 123-son ma’lumotnomasi). Natijada, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar mavzulari ma’rifiy-ta’limiy jihatdan boyitilgan, teleradiokompaniya ko‘rsatuvlari ssenariylari mazmuni takomillashtirilgan;
inglizcha o‘zlashmalarning nutq vaziyatidagi ma’no kengayishi, torayishi, ko‘chishi kabi semantik transformatsiyalarga uchrashi, bu esa o‘zlashgan so‘zlarning til egalari nutqiy amaliyotida qayta anglash holatlarini aks etishiga oid xulosalar, tavsiyalar hamda natijalar Farg‘ona davlat universiteti “Proflingvo” markazida dissertatsiyalar, avtoreferatlar va maqolalarni o‘zbek tilidan rus tiliga, rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 10-martdagi 04/2140-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz o‘zlashmalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy va kasbiy matnlar tarjimasining aniqligini oshirishga, shuningdek, globallashuv sharoitida til o‘zaro ta’siri jarayonlarini tushunishni kengaytirishga erishilgan.