O‘rinova Nilufar Muxammadovnaning 
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo’lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayorlash tizimini takomillashtirish”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped836.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, akademik.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.05.07. 
Rasmiy opponentlar: Xadjaev Bekzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Muhammadjon Quronov, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni tyutorlik kompetensiyalarini uch asosiy komponentining (motivasion-aksiologik, kognitiv-operasion, shaxsiy-refleksiv) psixologik, ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarlik tuzilmasi bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
tyutorlikning an’anaviy va innovatsion modellari konvergensiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning tizimli funksional modelini tashkiliy-texnologik komponenti keys-stadi, portfolio, esse, loyiha, moderatsiya texnologiyalarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda intensiv qo‘llash samaradorligini aniqlash asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari ichki, tashki va maxsus pedagogik shart-sharoitlarni integratsiyalash, pedagogik jarayonni modellashtirish hamda “Tyutorlik faoliyati asoslari” nomli elektiv kursni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish asosida takomillashtirilgan;
transformatsion jarayonlar sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning 4 bosqichli texnologiyasi professional yo‘naltirilgan, axborotli-nazariy, amaliy-modellashtiruvchi, o‘quv-kasbiy bosqichlarda tyutorlik kompetensiyalari komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak pedagoglarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash mexanizmi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, talabalar bilan individual va jamoaviy ishlash, individual ta’lim traektoriyasini yaratish, seminar-trening, ma’rifat soati mashg‘ulotlari loyihasini yaratish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “YoU_TYuTOR” platformasini yaratish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash mazmuni tyutorlik kompetensiyalarini uch asosiy komponentining (motivasion-aksiologik, kognitiv-operasion, shaxsiy-refleksiv) psixologik, ilmiy-nazariy va amaliy tayyorgarlik tuzilmasi bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110000 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun “Tyutorlik faoliyati asoslari” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 25-iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-482-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo’lajak o‘qituvchilarning tyutorlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tyutorlikning an’anaviy va innovatsion modellari konvergensiyasi asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning tizimli funksional modelini tashkiliy-texnologik komponenti keys-stadi, portfolio, esse, loyiha, moderatsiya texnologiyalarini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda intensiv qo‘llash samaradorligini aniqlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110000 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun “Kreativ pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-oktyabrdagi 387-son buyrug‘i, 402359-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning amaliy-texnologik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning pedagogik  shart-sharoitlari ichki, tashqi va maxsus pedagogik shart-sharoitlarni integratsiyalash, pedagogik jarayonni modellashtirish hamda “Tyutorlik faoliyati asoslari” nomli  elektiv kursni ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110000 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun “Tyutorlik faoliyati asoslari” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 25 iyundagi 218-son buyrug‘i, 218-482-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash mazmunini  takomillashtirishga xizmat qilgan;
transformatsion jarayonlar sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning 4 bosqichli texnologiyasi professional yo‘naltirilgan, axborotli-nazariy, amaliy-modellashtiruvchi, o‘quv-kasbiy bosqichlarda tyutorlik kompetensiyalari komponentlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan hamda bo‘lajak pedagoglarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlash mexanizmi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, talabalar bilan individual va jamoaviy ishlash, individual ta’lim traektoriyasini yaratish, seminar-trening, ma’rifat soati mashg‘ulotlari loyihasini yaratish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “YoU_TYuTOR” platformasini yaratish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan 60110000 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishi uchun “Kreativ pedagogika” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 7-oktyabrdagi 
387-son buyrug‘i, 402359-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni tyutorlik faoliyatiga tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish