Yuldashev Javoxir Abduraxim o‘g‘lining pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ped335
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat chet tillari instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/25.08.2025.Ped.163.02
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich,tarix fanlari doktori, professor; Taylanova Shohida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rajabov Furqat To‘raqulovich pedagogika fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida aksiologik pozisiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning nazariy-metodik determinantlari pedagogik aksiologiya gʻoyalari, oʻqituvchilarni kasbiy tayyorlashga doir aksiologik yondashuv va umumpedagogik tamoyillarni mazkur jarayon yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan ierarxik strukturaviy tizimini loyihalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning metodik tuzilmasi tarix ta’limi mazmuni, shakl, metod va vositalarini yangilashga imkon beradigan koʻpdarajali va konseptual birligini ta’minlashga qaratilgan tarixiy-antropologik, epistemologik, prognostik, gnoseologik, shaxsga yoʻnaltirilgan tarkibiy asoslarning arxitektonikasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning texnologik modelining mazmunli komponenti tarix fanlari va muzey pedagogikasini integratsiyalab oʻqitish orqali kasbiy-pedagogik qadriyatli yoʻnalganlikni tarkib topadigan kognitiv-yoʻnaltiruvchi, pedagog shaxsida aksiologik baholashni yuzaga keltiradigan refleksiv-yoʻnaltiruvchi bloklarning konseptual ta’lim bilan interaktivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirishda milliy-tarixiy merosdan foydalanish istoriografik mexanizmi tarixiy voqelik va jarayonlarini aksiologik nuqtai nazardan baholash, tarixiy matn muallifining nuqtai nazarini tushunish va talqin qilishga qaratilgan germenevtik yondashuvni dolzarblashtirish kabi metodik shartlanganlikni bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning diagnostik parametrlari mazkur jarayon bilan bogʻliq ragʻbatlovchi va toʻsqinlik qiluvchi omillar korrelyasiyasining faoliyat natijalari validligiga ta’sirini qat’iy belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning nazariy-metodik determinantlari pedagogik aksiologiya gʻoyalari, oʻqituvchilarni kasbiy tayyorlashga doir aksiologik yondashuv va umumpedagogik tamoyillarni mazkur jarayon yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan ierarxik struktur tizimini loyihalash asosida aniqlashtirilgan taklif va tavsiyalardan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2025-yil 12-sentyabrdagi № 03-1118-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda aksiologik kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning metodik tuzilmasi tarix ta’limi mazmuni, shakl, metod va vositalarini yangilashga imkon beradigan koʻpdarajali va konseptual birligini ta’minlashga qaratilgan tarixiy-antropologik, epistemologik, prognostik, gnoseologik, shaxsga yoʻnaltirilgan tarkibiy asoslarning arxitektonikasiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma tarkibiga “Muzey pedagogikasi”ga oid mavzularga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 29-maydagi 323-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda 323-503-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, talabalarda aksiologik pozisiyani rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarida aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning texnologik modelining mazmunli komponenti tarix fanlari va muzey pedagogikasini integratsiyalab oʻqitish orqali kasbiy-pedagogik qadriyatli yoʻnalganlikni tarkib topadigan kognitiv-yoʻnaltiruvchi, pedagog shaxsida aksiologik baholashni yuzaga keltiradigan refleksiv-yoʻnaltiruvchi bloklarning konseptual ta’lim bilan interaktivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan 2024/2025-yillarda bajarilgan “ERASMUS+ Capacity Building Project №-101129076 EMPOWER:Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” loyihasi doirasida foydalanilgan (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 9-sentyabrdagi 2024-03-son ma’lumoltnomasi). Natijada, tarixni o‘qitish jarayoniga aksiologik yondashuvni joriy etish orqali talabalarda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirishda milliy-tarixiy merosdan foydalanish istoriografik mexanizmi tarixiy voqelik va jarayonlarini aksiologik nuqtai nazardan baholash, tarixiy matn muallifining nuqtai nazarini tushunish va talqin qilishga qaratilgan germenevtik yondashuvni dolzarblashtirish kabi metodik shartlanganlikni bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “60220300 – Tarix” balavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarvazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025 yil 10 oktiyabrdagi 02/01-01-393 son xati). Natijada, tarixni o‘qitish jarayonida talabalarda aksiologik pozisiyani rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning diagnostik parametrlari mazkur jarayon bilan bogʻliq ragʻbatlovchi va toʻsqinlik qiluvchi omillar korrelyasiyasining faoliyat natijalari validligiga ta’sirini qat’iy belgilash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Markazning targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarvazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025 - yil 2- dekabrdagi 01/01/-28 son ma’lumotnomasi) Natijada bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining aksiologik pozisiyasini rivojlantirishning metodik asoslarini ommalashtirish imkoniyatlari yaratilgan