Boboqulov Xushnudjon Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insul`tning klinik-prognostik asoratlarini baholash (ishemik insul`tning patogenetik tiplari asosida)”, 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2020.4.PhD/Tib5159.
Ilmiy rahbar: O‘rinov Muso Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Haydarova Dildora Kadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mavlyanova Zilola Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Fedaratsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: insultning patogenetik turiga qarab 2-tip qandli diabetli bemorlarda ishemik insul`tning klinik xususiyatlarini aniqlash, ushbu toifadagi bemorlarni olib borishni bashorat qilish va optimallashtirish algoritmini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishemik insul`tning patogenetik tiplari (aterotrombotik, kardioembolik, gemodinamik) bo‘yicha 2-tip qandli diabetli bemorlarda insul`tning klinik va prognostik xususiyatlari (nevrologik etishmovchilik darajasi, gemorragik transformatsiya chastotasi) asoslangan;
2-tip qandli diabetdagi ishemik insul`tning patogenetik tiplarida yurak ritmi variabilligi (SDNN, RMSSD, LF/HF) va arterial bosimning sirkad tebranishlarida (AQB sutkalik monitoringi, non-dipping profilida) gi xususiyatlarning insul`t salbiy oqibatlarni bashoratlovchi prediktor ekanligi isbotlangan;
2-tip qandli diabetli bemorlarda metabolik buzilish (glikirlangan gemoglobin darajasini oshishi HbA1c>6.5%, xolesterin va zichligi past lipoproteinlar yuqoriligi) ni nazorat qilish ishemik insul`t patogenetik tiplari asoratlarini rivojlanishida va takroriy insul`t oldini olish imkonini beruvchi markerlar ekanligi isbotlangan;
klinik, laborator, instrumental va funksional ko‘rsatkichlar asosida 2-tip qandli diabetli bemorlarda ishemik insul`t patogenetik tiplaridagi nevrologik etishmovchilikning tiklanish darajasini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
2-tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insul`tning klinik-prognostik asoratlarini ishemik insul`tning patogenetik tiplari asosida baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik. ishemik insul`tning patogenetik tiplari (aterotrombotik, kardioembolik, gemodinamik) bo‘yicha 2-tip qandli diabetli bemorlarda insul`tning klinik va prognostik xususiyatlari (nevrologik etishmovchilik darajasi, gemorragik transformatsiya chastotasi) asoslanganligi bshhyicha bo‘yicha «2 tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insultning salbiy natijalarini patogenetik turini hisobga olgan holda bashorat qilish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 1iyuldagi 14-m/018- sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 11 mart 2025 yildagi N01/174 buyrug‘i, xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 14 mart 2025yildagi N41 buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ishemik insul`tning patogenetik tiplari (aterotrombotik, kardioembolik, gemodinamik) bo‘yicha 2-tip qandli diabetli bemorlarda insul`tning klinik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinganligi kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tning patogenetik tiplarini 2-tip qandli diabetli bemorlarda erta aniqlash va korreksiya qilish orqali insul`t rivojlanishini oldini olish, shuningdek, kasallik og‘irligini pasaytiradigan maqsadli davolash usullarini qo‘llash imkoni yaratildi. Bu statsionar davolanish ko‘rsatmasi hisobidan har bir nafar bemor uchun sarflanadigan byudjet va byujetdan tashqari xarajatlarini 727000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa ishemik insul`tning patogenetik tiplari (aterotrombotik, kardioembolik, gemodinamik) bo‘yicha 2-tip qandli diabetli bemorlarda insul`tning klinik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinganligi kasallikning erta va kech asoratlarini oldini olish hisobiga reanimatsiya va statsionarda davolanish davomiyligini qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik. 2-tip qandli diabetdagi ishemik insul`tning patogenetik tiplarida yurak ritmi variabilligi (SDNN, RMSSD, LF/HF) va arterial bosimning sirkad tebranishlarida (AQB sutkalik monitoringi, non-dipping profilida) gi xususiyatlarning insul`t salbiy oqibatlarni bashoratlovchi prediktor ekanligi isbotlanganligi isbotlanganligi bo‘yicha «2 tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insultning salbiy natijalarini patogenetik turini hisobga olgan holda bashorat qilish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 1iyuldagi 14-m/018- sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 11 mart 2025 yildagi N01/174 buyrug‘i, xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 14 mart 2025yildagi N41 buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2-tip qandli diabetli ishemik insul`tning patogenetik tiplarida yurak ritmi variabilligi (SDNN, RMSSD, LF/HF) va arterial bosimning sirkad tebranishlarida (AQB sutkalik monitoringi, non-dipping profilida) muhim farqlar aniqlangan bo‘lib, bu salbiy oqibatlarni bashorat qilishda prediktor ekanligi ilmiy isbotlanganligi kasallikni erta tashxislash va davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ishemik insul`tning patogenetik tiplari bo‘yicha 2-tip qandli diabetli bemorlarda yurak ritmi variabilligi va arterial bosimning sirkad tebranishlarida muhim farqlar aniqlanganligi kasallikning og‘ir kechishi va asoratlar sonini kamaytirdi. Bu esa har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 512000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 313000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa. 2-tip qandli diabet bilan bog‘liq ishemik insul`tda yurak ritmi variabilligi va arterial bosimning sirkad tebranishlarida farqlar salbiy oqibatlarni prediktor ekanligining asoslanishi bemorlar axvolini tug‘ri baholash va kerakli davo taktikasi tanlash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik. 2-tip qandli diabetli bemorlarda metabolik buzilish (glikirlangan gemoglobin darajasini oshishi HbA1c>6.5%, xolesterin va zichligi past lipoproteinlar yuqoriligi) ni nazorat qilish ishemik insul`t patogenetik tiplari asoratlarini rivojlanishida va takroriy insul`t oldini olish imkonini beruvchi markerlar ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha «2 tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insultning salbiy natijalarini patogenetik turini hisobga olgan holda bashorat qilish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 1iyuldagi 14-m/018- sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 11 mart 2025 yildagi N01/174 buyrug‘i, xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 14 mart 2025yildagi N41 buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2-tip qandli diabetli bemorlarda ishemik insul`t patogenetik tiplari asoratlarini rivojlanishida metabolik buzilishlar (glikirlangan gemoglobin darajasini oshishi HbA1c>6.5%, xolesterin va zichligi past lipoproteinlar yuqoriligi) aniqlanganligi bemorlarda insul`tni olib borish, takroriy insul`tni oldini olish va bemorlarda hayot sifatini yaxshilash orqali erta reabilitatsiya dasturlarini individual tanlash va ijtimoiy moslashuvni tezlashtirish imkoni yaratildi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik buzilishlardagi farqlar 2-tip qandli diabetli ishemik insul`tlarda aniqlanganligi ularga yo‘naltirilgan davolash-reabilitatsiya choralarini qo‘llash orqali insul`tdan keyingi nogironlik darajasi va davolanish muddati kamaytirishi har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 486000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 312000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: 2-tip qandli diabetli ishemik insul`tlarda metabolik buzilishlarning kasallikning oqibatiga ta’siri aniqlanganligi asosida asoratlarining kamayishi imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik. klinik, laborator, instrumental va funksional ko‘rsatkichlar asosida 2-tip qandli diabetli bemorlarda ishemik insul`t patogenetik tiplaridagi nevrologik etishmovchilikning tiklanish darajasini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqilganligi bshhyicha bo‘yicha «2 tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda ishemik insultning salbiy natijalarini patogenetik turini hisobga olgan holda bashorat qilish usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspertlar kengashining 2025 yil 1iyuldagi 14-m/018- sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi 11 mart 2025 yildagi N01/174 buyrug‘i, xamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida 14 mart 2025yildagi N41 buyrug‘i bilan amaliyotiga tatbiq qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025 yil 07 iyuldagi 21/34-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: klinik, laborator, instrumental va funksional ko‘rsatkichlar asosida 2-tip qandli diabetli bemorlarda ishemik insul`t patogenetik tiplaridagi nevrologik etishmovchilikning tiklanish darajasini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqilganligi xamda ushbu toifadagi bemorlarni olib borishning individual strategiyalari taklif orqali nogironlik ko‘rsatkichlarining pasayishi va profilaktik tadbirlarning samaradorligi ortishiga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: samarali medikamentoz kompleks terapiyani tanlash orqali davolanish muddati qisqardi, asoratlar soni kamayishi, qayta gospitalizatsiya ehtimolining pasayishi hisobidan har bir bemor uchun byudjet mablag‘laridan o‘rtacha 638000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lardan 212000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa. 2-tip qandli diabetli bemorlarda ishemik insul`t patogenetik tiplaridagi nevrologik etishmovchilikning tiklanish darajasini bashorat qilish algoritmi ishlab chiqildi, bu orqali esa klinik amaliyotda davolashning shaxsiylashtirilgan usullarini joriy qilish imkoni yaratildi.