Axmedova Shaxlo Malikovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli darajadagi bosh miya jarohatlarida timusda kelib chiqadigan morfologik o‘zgarishlarning qiyosiy tavsifi”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2363.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Kurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oq zotsiz kalamushlar timusining turli darajadagi bosh miya jarohatlaridan keyingi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosh miya jarohatlarining turli darajalari, ya’ni o‘rta og‘ir jarohatda timus vaznining 7,3% ga, og‘ir jarohatda esa 8,4% ga kamayganligi hamda timus sathining yassilashganligi va ingichkalashganligi kabi strukturaviy morfologik o‘zgarishlari  aniqlangan;
 ilk bor bosh miya jarohatlarining turli darajalarida, jumladan o‘rta og‘ir jarohatlarda timus po‘stloq qismida qon tomirlarning kengayishi, interstisial shish, yallig‘lanish hujayralari (neytrofil, limfotsit, makrofag) to‘planishi va stromada biriktiruvchi to‘qima ko‘payishi, og‘ir jarohatlarda esa fibroz o‘zgarishlar, kollagen tolalarning ko‘payishi va gemorragik o‘choqlar kabi gistologik o‘zgarishlar aniqlangan;
ilk bor turli darajadagi bosh miya jarohatlarida timusda immunogistokimyoviy CD68 markyorining ekspressiyalanishi jarohatning og‘irlik darajasiga qarab oshib borishi isbotlangan; 
ilk bor neyroprotektorlardan L-Lysine Aescinat va Sitikolinning timusga sinergik ta’siri faqat neyronni emas, balki immun tizimi organlarini ham himoya qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turli darajadagi bosh miya jarohatini olgan kalamushlar timusining morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: bosh miya jarohatlarining turli darajalari, ya’ni o‘rta og‘ir jarohatda timus vaznining 7,3% ga, og‘ir jarohatda esa 8,4% ga kamayganligi hamda timus sathining yassilashganligi va ingichkalashganligi kabi strukturaviy morfologik o‘zgarishlari  aniqlanganligi “Timusdagi morfologik o‘zgarishlarni me’yorda va bosh miya jarohatlaridan keyin aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, O‘bekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan  2022-yil 09 avgustda (8№/844) tasdiqlangan. Mazkur o‘zgarishlarning aniqlanganligi Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (2.11.2024 yil, №61) va Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (22.11.2024 yil, №54) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: miya shikastlanishidan oldin va keyin timusning barcha tarkibiy elementlarida sodir bo‘lgan morfometrik o‘zgarishlar darajasini aniqlash, o‘z navbatida, erta tashxis qo‘yish sifatini yanada oshirish, prognozlashning boshqa usullarini ishlab chiqish va samarali dalillarga asoslangan davolash taktikasini oshirishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: morfologik baholashning aniqligi tufayli ortiqcha biopsiya va qimmat tashxis usullariga ehtiyoj kamaydi. Xulosa: optimallashtirish bo‘yicha taklif qilingan uslubiy tavsiyalar gistolog tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish vaqtini tejash va takroriy tekshiruvlar narxini, hamda davolash usullariga ketadigan xarajatlarni 105000 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor bosh miya jarohatlarining turli darajalarida, jumladan o‘rta og‘ir jarohatlarda timus po‘stloq qismida qon tomirlarning kengayishi, interstisial shish, yallig‘lanish hujayralari (neytrofil, limfotsit, makrofag) to‘planishi va stromada biriktiruvchi to‘qima ko‘payishi, og‘ir jarohatlarda esa fibroz o‘zgarishlar, kollagen tolalarning ko‘payishi va gemorragik o‘choqlar kabi gistologik o‘zgarishlar aniqlanganligi “Timusdagi morfologik o‘zgarishlarni me’yorda va bosh miya jarohatlaridan keyin aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, O‘bekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan  2022-yil 09 avgustda (8№/844) tasdiqlangan. Mazkur o‘zgarishlarning aniqlanganligi Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (2.11.2024 yil, №61) va Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (22.11.2024 yil, №54) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: turli darajadagi bosh miya jarohatlaridan keyin timus tarkibiy qismlarining gistologik o‘zgarishlarini erta aniqlash usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: timus tarkibiy qismlaridagi ayniqsa qon-tomirlaridagi o‘zgarishlarini erta aniqlash va to‘g‘ri reablitatsiya taktikasini olib borish imkonini bergan. Xulosa: timus tarkibiy qismlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash, asoratlarni erta tashxislash xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 100000  so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor turli darajadagi bosh miya jarohatlarida timusda immunogistokimyoviy CD68 markyorining ekspressiyalanishi jarohatning og‘irlik darajasiga qarab oshib borishi isbotlanganligi “Timusdagi morfologik o‘zgarishlarni me’yorda va bosh miya jarohatlaridan keyin aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, O‘bekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan  2022-yil 09 avgustda (8№/844) tasdiqlangan. Mazkur o‘zgarishlarning aniqlanganligi Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (2.11.2024 yil, №61) va Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (22.11.2024 yil, №54) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy taxlil asosida bosh miya jaroxatidan so‘ng timus to‘qimasida CD68 markyorlari shikastlanish jarayonida yallig‘lanish o‘chog‘ining holati va makrofag hujayralarning holatini baholash imkonini yaratdi, klinik amaliyotda biomarkerlardan foydalanish bemorlarni individual nazorat qilish imkonini berdi, shifokorlar uchun prognoz berish va davolash taktikasida yangi ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu zamonaviy taxlil natijalarida biomarkerlar asosida to‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali asoratlar bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar kamaydi, samarasiz davolash usullari kamaytirildi, biomarkerlarni joriy qilish orqali tezkor va iqtisodiy tejamkor tashxis usuli qo‘llanildi va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlari qisqardi. Xulosa: bosh miya jaroxatidan so‘ng timus tarkibiy qismlarida kelib chikadigan o‘zgarishlarni erta tashxislash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va to‘g‘ri reabilitatsiya taktikasini  tanlash natijasida xarajatlar byudjet mablag‘lari 12.5% iqtisod qilingan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor neyroprotektorlardan L-Lysine Aescinat va Sitikolinning timusga sinergik ta’siri faqat neyronni emas, balki immun tizimi organlarini ham himoya qilishi aniqlanganligi “Timusdagi morfologik o‘zgarishlarni me’yorda va bosh miya jarohatlaridan keyin aniqlash usullari” nomli uslubiy tavsiyanomada qayd etilgan bo‘lib, O‘bekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan  2022-yil 09 avgustda (8№/844) tasdiqlangan. Mazkur o‘zgarishlarning aniqlanganligi Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (2.11.2024 yil, №61) va Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (22.11.2024 yil, №54) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan Ijtimoiy samaradorligi: bosh miya jaroxatidan so‘ng timusda yuzaga keladigan struktur o‘zgarishlarni davolashda neyroprotektorlar qo‘llanilganda timus faoliyati tiklanishi bemorlarning hayotiy sifatini oshirdi, asoratlar xavfi kamayib, bemorning tuzalish davri qisqarishi ta’minlanadi va erta davolanish imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: neyroprotektorlarning ayniqsa L-Lysine aescinat va Sitikolinningg birgalikdagi (sinergik) xususiyati davolanish samarali bo‘lganligini, sog‘liqni saqlash xarajatlari kamaytirish imkonin yaratib berdi hamda klinik amaliyotda ushbu dori vositalaridan foydalanish har bir bemor uchun o‘rtacha 200000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: bosh miya jarohatlaridan keyin timusda kuzatiladigan morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish, ularning dinamikasini baholash hamda L-Lysine aescinat va Sitikolin kabi neyroprotektorlarni qo‘llanilganda timus orgonometrik ko‘rsatkichlarining me’yorga yaqinlashishini isbotlash orqali timus faoliyati tiklanishiga, asoratlar xavfini kamaytirishga va reabilitatsiya samaradorligini oshirishga erishilgan. 
Timusdagi morfologik o‘zgarishlarni meyorda va bosh miya jarohatlaridan keyin aniqlash usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Namangan viloyat patologik anatomiya byurosi buyrug‘i (2.11.2024 yil, №61) va Buxoro viloyat patologik anatomiya byurosi (22.11.2024 yil, №54) buyruq bilan amaliyotga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tadqiqotlarni muvofiqlashtirish boshqarmasining 2022-yil 19-avgustdagi 8№/427-sonli xulosasi) klinik amaliyotga tadbik etilgan. Amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 15 avgustdagi qarori asosida 23/35-sonli yagona xulosa olingan. Bu erini olib tashlaymi?

Yangiliklarga obuna bo‘lish