Shirov Bobur Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir yoshgacha bolalarda son-chanoq bo‘g‘imi displaziyasining ul`tratovush ko‘rsatkichlari», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2023.2.PhD/Tib3591.
Ilmiy rahbar: Mardieva Gul`shod Mamatmuradovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlar doktori, professor; Tilyakov Akbar Bo‘rievich, tibbiyot fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda son-chanoq bo‘g‘imi displaziyasining ul`tratovush parametrlari bahosini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erta yoshdagi bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasining tarqalishi va xavf omillarini hisobga olgan holda uni aniqlashda ul`tratovush tekshiruvining diagnostik ahamiyati aniqlangan;
son-chanoq chuqurchasining suyak va xaft-suyak komponentlari etilish darajasini aks ettiruvchi ul`tratovush miqdoriy ko‘rsatkichlari norma uchun ob’ektiv mezonlar ekanligi aniqlangan; 
R.Graf usuli bo‘yicha α va β burchaklarni suyak qoplamasi koeffisienti bilan qo‘shimcha baholash asosida chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini va patologik o‘zgarishlarni differensial tashxislash oshirilishi aniqlangan;
chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasida erta tashxislash va ul`tratovush monitoringi qo‘llanilishi reabilitatsiya jarayonida davolash samaradorligini ob’ektiv baholash hamda patologik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 11 apreldagi 000087-son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini erta tashxislash muammolari chuqur o‘rganilgan va olingan natijalar asosida tashxislashning standart usullarini takomillashtirish uchun yangi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan:
birinchi ilmiy yangilik: erta yoshdagi bolalarda chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasining tarqalishi va xavf omillarini hisobga olgan holda uni aniqlashda ul`tratovush tekshiruvining diagnostik ahamiyati aniqlangan. Natijalar Samarqand filialidagi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 22 yanvar`, №174-buyruq, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash guvohnomasi №000087, 2025 yil 11 aprel`) hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 yanvar`, №11-buyruq, guvohnoma №000087) faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: erta o‘tkazilgan ul`tratovush skriningi son-chanoq bo‘g‘imi displaziyasini 18,5 % chaqaloqlarda aniqlash imkonini beradi va konservativ davolash (davolovchi jismoniy mashqlar, fizioterapiya, holatli gimnastika) ni hayotning dastlabki uch oyida boshlash imkonini yaratadi. Bu bo‘g‘im subluksatsiyasi rivojlanishini oldini oladi, travmatik rekonstruktiv operatsiyalarga ehtiyojni bartaraf etadi va nogironlik xavfini keskin kamaytiradi. Ayniqsa, qiz bolalar hamda chekka hududlardagi bemorlar bundan ko‘proq foyda ko‘radi, chunki u erlarda yuqori texnologik tibbiy yordam imkoniyatlari cheklangan. Natijada, oilaviy stress kamayadi, bola tezroq harakat faoliyatiga qaytadi va jamiyat sog‘lom hamda mehnatga layoqatli avlodga ega bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: majburiy ul`tratovush skriningini joriy etish (bir tekshiruv narxi 114000 so‘m) va standart konservativ davolash kursi (≈ 630000 so‘m) bir bemor uchun o‘rtacha xarajatni 744000 so‘mgacha kamaytiradi. Taqqoslash uchun, kech jarrohlik tuzatish va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlari 30,5 million so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, skriningga kiritilgan har bir so‘m sog‘liqni saqlash tizimiga qariyb qirq barobar iqtisodiy foyda keltiradi va ota-onalarning mehnat qobiliyati yo‘qotishidan kelib chiqadigan bilvosita xarajatlarni ham kamaytiradi. Xulosa: erta ul`tratovush skrining dasturini kengaytirish — bu yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan strategik qaror bo‘lib, o‘z vaqtida patologiyani aniqlash va tuzatish imkonini beradi, bemorlar va ularning oilalari hayot sifatini yaxshilaydi hamda tibbiyot xarajatlarini kamaytiradi.
ikkinchi ilmiy yangiligi: son-chanoq chuqurchasining suyak va xaft-suyak komponentlari etilish darajasini aks ettiruvchi ul`tratovush miqdoriy ko‘rsatkichlari norma uchun ob’ektiv mezonlar ekanligi aniqlangan. Natijalar Samarqand filialidagi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2025 yil 22 yanvar`, №174-buyruq, guvohnoma №000087, 11 aprel` 2025 yil) hamda Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2025 yil 17 yanvar`, №11-buyruq, guvohnoma №000087) faoliyatiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: standartlashtirilgan ul`tratovush ko‘rsatkichlarining (R.Graf bo‘yicha α va β burchaklari hamda Suyak qoplama koeffisienti — SQK) joriy etilishi tavsiflarning sub’ektivligini yo‘qotadi va shahar hamda tuman shifokorlari o‘rtasida diagnostika sifatini tenglashtiradi. Yagona sonli me’yorlar birlamchi bo‘g‘im tekshiruvini o‘tkazuvchi shifokorga bola organizmini nurlantirmasdan tez va aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi, bu esa kech subluksatsiya va keyingi funksional buzilishlar xavfini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bo‘g‘imlarni miqdoriy mezonlar asosida baholash “ortiqcha” rentgenografiya va MRT sonini kamaytiradi, har bir bola uchun o‘rtacha 184000 so‘m tejalishiga olib keladi. Xulosa: son-chanoq chuqurchasining suyak va xaft-suyak etilish darajasini baholash uchun ul`tratovushning miqdoriy mezonlarini unifikatsiya qilish diagnostika aniqligini oshiradi, nurlanish yuklamasini kamaytiradi, sog‘liqni saqlash resurslarini tejaydi va patologiyani o‘z vaqtida tuzatish imkonini yaratadi. 
uchinchi ilmiy yangiligi: R.Graf usuli bo‘yicha α va β burchaklarni suyak qoplamasi koeffisienti bilan qo‘shimcha baholash asosida chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasini va patologik o‘zgarishlarni differensial tashxislash oshirilishi aniqlangan. Natijalar yuqoridagi markazlar faoliyatiga (№174 va №11-buyruqlar, guvohnoma №000087, 11 aprel` 2025 yil) asosida joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: SQK ko‘rsatkichi 6 oydan katta bolalarda ul`tratovush skriningi sezgirligini oshiradi, bu esa ortiqcha ortopedga yuborish holatlarini kamaytiradi va ota-onalarning ruhiy tinchligini saqlashga yordam beradi. Bu, ayniqsa, engil displaziya shakllarida muhim, chunki bu davrda rentgenologik belgilar hali yaqqol emas, ammo funksional buzilishlar allaqachon paydo bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: miqdoriy mezonlar joriy etilgach, qo‘shimcha rentgenografiya holatlari 30 % dan 15 % gacha, MRT esa 10 % dan 5 % gacha kamaydi. Bu 120 bemor orasida 2,29 million so‘m va 1,79 million so‘m miqdorida bevosita iqtisodiy tejamni ta’minladi (tegishli tariflar 127000 so‘m va 298000 so‘m). Xulosa: R.Graf protokoliga SQK ni kiritish ul`tratovush tekshiruvini mustaqil va eng aniq birlamchi diagnostika usuliga aylantiradi, natijada bolalarda klinik natijalar yaxshilanadi, oilaviy stress kamayadi va byudjet mablag‘lari tejaladi.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: chanoq-son bo‘g‘imi displaziyasida erta tashxislash va ul`tratovush monitoringi qo‘llanilishi reabilitatsiya jarayonida davolash samaradorligini ob’ektiv baholash hamda patologik o‘zgarishlarni o‘z vaqtida korreksiya qilish imkonini berishi aniqlangan. Natijalar yuqoridagi tibbiyot markazlarida (№174 va №11-buyruqlar, guvohnoma №000087, 11 aprel` 2025 yil) amaliyotga tatbiq etildi Ijtimoiy samaradorlik: erta ul`tratovush skriningi va oylik nazorat monitoringi bo‘g‘imning konservativ davoga javobini tez aniqlashga imkon beradi. Bu chuqurcha shaklining tiklanishi va son boshchasining yaxshiroq fiksatsiyasini ko‘rsatadi. Shu tufayli, engil va o‘rtacha displaziyasi bo‘lgan bolalar odatdagi muddatlarda yurishni boshlaydi, kech subluksatsiyalar esa deyarli uchramaydi. Iqtisodiy samaradorlik: tizimli ul`tratovush nazorati moliyaviy jihatdan ham maqsadga muvofiq, chunki monitoring xarajatlari keyingi jarrohlik va reabilitatsiya xarajatlaridan bir necha bor past.Bir nazorat ul`tratovush seansi ≈ 114000 so‘m, holbuki kech aniqlangan displaziya natijasidagi takroriy operatsiya yoki cho‘zilgan reabilitatsiya ≈ 6,7 million so‘m turadi. Xulosa: muntazam ul`tratovush monitoringi reabilitatsiya davrida davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzatish, funksional natijalarni yaxshilash va sog‘liqni saqlash xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Uni pediatriya amaliyotining standartiga kiritish ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan o‘zini to‘liq oqlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish