Xursanova Dilnura Xoshim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigarning xavfli va xavfsiz o‘smalarining diagnostic farqlashda nurli diagnostika usullarining imkoniyatlari», 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3590.
Ilmiy rahbar: Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi, immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/07.06.2024 Tib 177.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjibekova Yulduz Maratovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Salimov Umid Ravshanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Milliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: jigarning xavfli va xavfsiz o‘smalarini farqlashda nurli diagnostika usullarining diagnostik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xolin (Cho), kreatin (Cr1, Cr2) va suksinat (Suc) konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlar asosida jigarning xavfli o‘smalarini tashxislash uchun metabolik ko‘rsatkichlarning ahamiyati aniqlangan;
xolin (Cho), kreatin (Cr1, Cr2) va suksinat (Suc) konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlar asosida jigarning xavfsiz o‘smalarini tashxislash uchun metabolik ko‘rsatkichlarning ahamiyati aniqlangan;
jigarning xavfli va xavfsiz o‘smalari xolin (Cho), kreatin (Cr1, Cr2) va suksinat konsentratsiyalaridagi metabolik ko‘rsatkichlari nisbatining diagnostik ahamiyatini aniqlangan;
jigarning o‘choqli hosilalarini differensial diagnostika qilish aniqligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi integratsiyalashgan diagnostik algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyun`dagi 19/48-son xulosasiga ko‘ra:
Ilmiy yangiligi: Jigar xavfli va xavfsiz o‘smalari bo‘lgan bemorlarda nurli diagnostika usullarini qo‘llash natijalari va davolash taktikasi tanlovi asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: xolin (Cho), kreatin (Cr1, Cr2) va suksinat (Suc) konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlar asosida jigarning xavfli o‘smalarini tashxislash uchun metabolik ko‘rsatkichlarning ahamiyati aniqlangan. Bu 2025-yil 11-iyul`dagi RIORIATM Sirdaryo filiali klinikasining 05-84/25-sonli buyrug‘i hamda 2025-yil 22-iyul`dagi «Jacksoft Medical Diagnostics Services» MChJ diagnostika markazining 93/1-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Metabolik profilning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash xafli jarayonlarni erta va aniqroq aniqlash imkonini beradi. Bu esa o‘z vaqtida onkologik davolashni boshlash, diagnostik kechikishlar xavfini kamaytirish va natijada o‘lim hamda nogironlik ko‘rsatkichlarini pasaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: Xafli jarayonni erta aniqlash diagnostik biopsiyalar va takroriy qimmat tadqiqotlar sonini kamaytiradi. Bu resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi va invaziv muolajalarni kamaytirish hisobiga bir bemor uchun o‘rtacha 1 700 000 so‘m tejamkorlikni ta’minlaydi. Xulosa: Xafli o‘choqlarning metabolik profilini aniqlash klinik jihatdan asoslangan bo‘lib, invaziv muolajalar sonini kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi;
ikkinchi ilmiy yangiligi: xolin (Cho), kreatin (Cr1, Cr2) va suksinat (Suc) konsentratsiyalaridagi o‘zgarishlar asosida jigarning xavfsiz o‘smalarini tashxislash uchun metabolik ko‘rsatkichlarning ahamiyati aniqlangan. Bu 2025-yil 11-iyul`dagi RIORIATM Sirdaryo filiali klinikasining 05-84/25-sonli buyrug‘i hamda 2025-yil 22-iyul`dagi «Jacksoft Medical Diagnostics Services» MChJ diagnostika markazining 93/1-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Metabolik profil asosida xavfsiz o‘smalarni prognozlash invaziv verifikatsiyasiz xafli jarayonni istisno qilish imkonini beradi. Bu bemorni ortiqcha stressdan va biopsiya bilan bog‘liq xavflardan ozod etib, faqat dinamik kuzatuv bilan cheklanishga imkon beradi hamda psixo-emotsional holatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Asosiy foyda asossiz biopsiyalarni istisno qilish va bemorni kam xarajatli kuzatuv (UZI) bosqichiga o‘tkazishdan iborat. Bu sog‘liqni saqlash resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Bir bemor uchun o‘rtacha 700000 so‘m tejamkorlik qayd etiladi. Xulosa: Xavfsiz o‘choqlarning metabolik profilini aniqlash insonparvar va iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, ortiqcha invaziv muolajalarni oldini oladi; 
uchinchi ilmiy yangiligi: jigarning xavfli va xavfsiz o‘smalari xolin (Cho), kreatin (Cr1, Cr2) va suksinat konsentratsiyalaridagi metabolik ko‘rsatkichlari nisbatining diagnostik ahamiyati aniqlangan. Bu 2025-yil 11-iyul`dagi RIORIATM Sirdaryo filiali klinikasining 05-84/25-sonli buyrug‘i hamda 2025-yil 22-iyul`dagi «Jacksoft Medical Diagnostics Services» MChJ diagnostika markazining 93/1-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangiligining ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: Metabolitlar nisbatlaridan foydalanish orqali metabolik o‘zgarishlarni miqdoriy baholash MR-spektroskopiyaning aniqligi va ob’ektivligini oshiradi, sub’ektivlikni kamaytiradi, noaniq xulosalar sonini qisqartiradi va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: Metabolitlar nisbati diagnostika jarayonini standartlashtiradi, ortiqcha maslahatlar va takroriy MRT/KT tekshiruvlari sonini kamaytiradi. Bir bemor uchun o‘rtacha 500000 – 1250000 so‘m tejamkorlikka erishiladi. Xulosa: Metabolitlar nisbati asosida baholash MR-spektroskopiyaning aniqligini oshirib, diagnostik jarayonni standartlashtirish va noaniqlikni kamaytirish orqali iqtisodiy samara beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: jigarning o‘choqli hosilalarini differensial diagnostika qilish aniqligini sezilarli darajada oshirishga imkon beruvchi integratsiyalashgan diagnostik algoritm ishlab chiqilgan. Bu 2025-yil 11-iyul`dagi RIORIATM Sirdaryo filiali klinikasining 05-84/25-sonli buyrug‘i hamda 2025-yil 22-iyul`dagi «Jacksoft Medical Diagnostics Services» MChJ diagnostika markazining 93/1-sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bosqichma-bosqich diagnostik yondashuv resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydi, ortiqcha tekshiruvlarni kamaytiradi, invaziv muolajalar sonini qisqartiradi, shifoxonada qolish muddatini qisqartiradi va asossiz jarrohlik aralashuvlarini oldini oladi. Ilmiy yangiligining iqtisodiy samaradorligi quyidagidan iborat: Prognoz modeli past xavfli bemorlarda ortiqcha qayta tekshiruvlarni kamaytiradi, bemorlarni oqilona yo‘naltirishni ta’minlaydi va resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Iqtisodiy samara diagnostika xarajatlarini 35% gacha qisqartirishda namoyon bo‘ladi, bir bemor uchun 1 mln dan 5 mln so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi, bu keraksiz MRT/MSKT tekshiruvlar sonining kamayishi va invaziv muolajalarni aniqroq belgilash hisobiga erishiladi. Xulosa: ishlab chiqilgan integrallashgan diagnostik algoritm klinik va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lib, yuqori aniqlikdagi differensial tashxisni ta’minlaydi hamda davolash-tashxis jarayonlarining samaradorligini oshiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish