Poyonov Azizbek Berdimuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lalmikor maydonlarda moyli zig‘irning ertapishar, qurg‘oqchilikka chidamli,moydorligi yuqori, hosildor nav va boshlang‘ich ashyolarini yaratish”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. PhD/Qx1103
Ilmiy rahbar: Oripov Sherali Xolboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.Qx.181.01.
Rasmiy opponentlar: Nadjiev Jo‘raxon Norsaidovich, qishloq xo’jaligi fanlari doktori, dotsent; Mirziyoeva Eroda Turdialemovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: ’simliklar genetik resurislari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizni janubiy hududlari (Qashqadaryo viloyati), lalmikor maydonlari uchun mos ertapishar, hosildor, qurg‘oqchilikka chidamli va moy miqdori yuqori bo‘lgan moyli zig‘irning yangi navlari va boshlang‘ich ashyolarini yaratish, hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor Qashqadaryo viloyati och tusli bo‘z tuproqlar (Lalmikor maydonlari) sharoitida moyli zig‘ir (Linum usitatissimum L) ning 21 ta kombinatsiyasida ertapishar, qurg‘oqchilikka chidamli, hosildor va moydorligi bo‘yicha nav va tizmalar o‘rtasida duragaylash ishlari o‘tkazilib, yangi duragay avlodlar olishga erishilgan;
gibridologik tahlil natijasida F1 duragay avlodlarida qimmatli-xo‘jalik belgilarining dominantlik darajasi va F2 duragay avlodlarida ota-ona o‘simliklariga nisbatan kuchli ijobiy o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini namoyon etgan duragay avlodlari aniqlangan va ilmiy asoslangan; 
qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi bo‘yicha tahlil qilinganda andoza Bahorikor naviga nisbatan FLAXPYT-IR-02 Moydor-23 va 11 ta tizmada unuvchanlik 1-14 foizga yuqori bo‘lib, ildizi 0,1-1,3 smga uzun bo‘lganligi aniqlangan. Barg tarkibidagi umumiy suv miqdori, suv taqchilligi va suv saqlash qobiliyati tahlil qilinganda KR22-FLAXPYT-IR-02 Moydor-23 va 7 ta tizmada qurg‘oqchilikka chidamlilik xususiyatini namoyon etgan va tanlab olingan;
shuningdek, respublikamizning janubiy hududlari (Qashqadaryo viloyati sharoitida), lalmikor maydonlari uchun, iqlim o‘zgarishiga mos ertapishar, qurg‘oqchilikka chidamli, hosildor va moy miqdori yuqori bo‘lgan moyli zig‘irning (7 ta) tizmalari tanlab olingan;
lalmikor maydonlar uchun mos bo‘lgan ertapishar, qurg‘oqchilikka chidamli, hosildor va moy miqdori yuqori moyli zig‘irning boshlang‘ich ashyolari hamda, andoza navidan barcha ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan yangi “Moydor-23” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Och tusli bo‘z tuproqlar sharoitida lalmikor maydonlar uchun mos bo‘lgan moyli zig‘irning ertapishar, qurg‘oqchilikka chidamli, moydorligi yuqori, hosildor nav va boshlang‘ich ashyolarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida.
Respublikamizning janubiy (Qashqadaryo viloyati) lalmikor maydonlari uchun mos bo‘lgan ertapishar, qurg‘oqchilikka chidamli, moydorligi yuqori, hosildor Moydor-23 navi yaratilib, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti lalmikor dala tajriba xo‘jaligida 10 gektar maydonga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/05-03/423 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, andoza Bahorikor naviga nisbatan hosildorligi va moy miqdori yuqori bo‘lgan Moydor-23 navi qishloq xo‘jaligida navlarni sinash markaziga topshirilgan.
Moyli zig‘irning tanlov-sinov ko‘chatzoridan 2022-2024-yillar davomida ertapisharligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, moydorligi va hosildorligi yuqori bo‘lgan yangi Moydor-23 navi yaratilib, urug‘chiligini kengaytirish uchun Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Qamashi dala tajriba maydoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/05-03/423 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Moydor-23 navidan 7,9 s/ga hosil olinib, 50 gektar maydon uchun yuqori avlodli urug‘lik tayyorlangan.
Moyli zig‘irning yangi yaratilgan Moydor-23 navi Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi “Murodbek Eldor o‘g‘li” fermer xo‘jaligida 3,0 gektarga, “Eshtemerov Elbekfermer xo‘jaligida 3,5 gektarga,“ Ilhom Boysareyvich ” fermer xo‘jaligida 4,0 gektarga, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti dala tajriba xo‘jaligida 10 gektar maydonga, jami 20,5 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024-yil 21-dekabr 05/05-03/423 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Andoza Bahorikor naviga nisbatan Moydor-23 navi 1,5-2,0 s/ga yuqori hosil olinib, rentabilligi 94,2–99,6 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish