Jalilova Surayyo Abduxalimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olishda hamshira rolini optimallashtirishning ilmiy asoslari», 14.00.23–Hamshiralik ishini tashkil etish (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib369.
Ilmiy raxbar: Rustamova Xamida Elemesovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, 27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponenlar: Salixodjaeva Rixsi Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot insituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: ilmiy amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni kasalliklarini erta aniqlash va uning oldini olishda hamshiralar ishtirokini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiyot hamshiralari tomonidan ayollar orasida bachadon bo‘yni kasalliklarining profilaktikasi, xavf omillari, klinik belgilari borasida bilim darajasini oshirish natijasida ularning poliklinikaga barvaqt murojaatining ta’minlanishi isbotlangan;
maxsus tayyorlangan tibbiy hamshiralarning bachadon bo‘yni kasalliklari (BBK) skriningidagi o‘rni ko‘rsatilgan;
ilk bor tibbiy xamshiralar tomonidan klinik vizual usuli bilan bachadon bo‘yni kasalliklarini barvakt aniqlashda ketma-ketlik ishlab chikilgan;
sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inidagi davolash- profilaktika muassasalarida bachadon bo‘yni kasalliklarini oldini olish va erta aniqlashda xamshiralarni jalb qilishning tibbiy ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bachadon bo‘yni kasalligini oldini olish va erta tashxislash tadbirlarida hamshiralar rolini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
«Bachadon bo‘yni kasalliklarini oldini olish va erta aniqlashda o‘rta tibbiyot xodimlarining o‘rni» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 martdagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanmada bachadon bo‘yni kasalliklarini erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan ijtimoiy omillarning ahamiyatini tushintirishda o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifalari, tutgan o‘rni va ahamiyati yoritib berilgan;
«Bachadon bo‘yni saratoni kasalligi skrining tekshiruvining klinik-vizual usulini joriy etish» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 5 martdagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inining amaliyotchi hamshiralarini bachadon bo‘yni kasalliklarni erta belgilarini aniqlash xamda skrining nazorati olib borish tartib va mexanizmlarini tatbiq etish imkonini bergan;
bachadon bo‘yni kasalliklarni oldini olish va erta tashxislash tadbirlarida hamshiralar o‘rni optimallashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar Uch tepa tumani markaziy poliklinikasi va Toshkent viloyati Zangi-ota tumani 16 sonli qishloq oilaviy poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 18 dekabrdagi 8n-z/234-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi ginekologik xonalarida tekshiruv unumdorligini oshirish va ayollar profilaktik ko‘rigi qamrovi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini bergan.