Sobirov Otabek Olimjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik yurituvchi subektlarda boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt505.
Ilmiy maslahatchi: Pardaev Abdunabi Xoliqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Pardaev Mamayunus Qarshiboevich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Ismanov Ibrohim Nabievich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mamatqulov Murodjon Shukurovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarda boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshqaruvning rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat qilish va rag‘batlantirish funksiyalarini mujassam etish uchun byudjetlashtirishning ko‘rsatkichlarini 4 blok va 30 ta indikator orqali baholash taklif etilgan;
boshqaruv hisobi samaradorligini oshirish maqsadida xarajatlarni bartaraf etiladigan, o‘sib boruvchi, muqarrar xarajatlar turkumiga ajratish hamda ularni tannarxni hisoblashning zamonaviy usullari orqali modellashtirish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda xarajatlarning boshqaruv hisobini takomillashtirish maqsadida “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga “Mehnat resurslarini boshqarish xarajatlari”, “Yangi mahsulot turlari va assortimentlarini yaratish xarajatlari”, “Yangi texnologiyalarni izlab topish va yaratish xarajatlari”, “Mahsulotni iste’molchigacha etkazib berish xarajatlari”, “Mahsulot realizatsiyasiga xizmat ko‘rsatish xarajatlari” ishchi schyotlarini kiritish va uni hisob siyosatida aks ettirish taklif etilgan;
xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati samaradorligini majmuaviy baholash imkoniyatini beradigan ma’lumotlarni mulk egalari (aksiyadorlar) manfaatlari, subektning mavjud resurslari va bilim salohiyati hamda faoliyatni yuritishga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillarini hisobga olgan holda, 3 o‘lchamda hamda balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi orqali taqdim etish asoslangan;
noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish orqali balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan, besh bosqichli integrallashgan model asosida xo‘jalik yurituvchi subekt salohiyatini tahlil qilish, uni baholash va bashorat qilish uslublari hamda vositalari taklif etilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jalik yurituvchi subektlarda boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruvning rejalashtirish, tashkil qilish, nazorat qilish va rag‘batlantirish funksiyalarini mujassam etish uchun byudjetlashtirishning asoslanganligi va uning ko‘rsatkichlarini 4 blok va 30 ta indikator orqali baholash bo‘yicha berilgan taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda resurslarni rejalashtirish, faoliyatni baholash, ishchi-xodimlar faoliyatini baholash orqali rag‘batlantirish, belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishini nazorat qilish hamda chetlanishlarni tezkor tarzda bartaraf etish maqsadida foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-martdagi 23/01-01-07/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda boshqaruvning muhim funksiyalari bo‘lgan vazifalarni aniqlashtirish, resurslarni rejalashtirish, faoliyatni baholash, ishchi-xodimlar faoliyatini baholash orqali rag‘batlantirish, belgilangan ko‘rsatkichlar bajarilishini nazorat qilish hamda chetlanishlarni tezkor tarzda bartaraf etish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Buning natijasida kombinat miqyosida hamda uning alohida olingan xo‘jalik yurituvchi subektlari doirasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish indikatorlarini ishlab chiqish, rejalashtirilgan tadbirlarni moliyaviy ko‘rsatkichlarda ifodalash, uni hisobga olish va chetlanishlarini boshqarish imkoniyati yaratildi;
boshqaruv hisobi samaradorligini oshirish maqsadida xarajatlarni bartaraf etiladigan, o‘sib boruvchi va muqarrar xarajatlar turkumiga ajratish hamda ularni tannarxni hisoblashning zamonaviy usullari orqali modellashtirish bo‘yicha berilgan taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida xarajatlarni mas’uliyat markazlari (segmentlari) kesimida hisobga olish, tahlil qilish hamda chetlanishlarini baholashda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-martdagi 23/01-01-07/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni tizimli tarzda shakllantirish, axbarot ta’minotining tezkorligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va yakuniy natijani to‘g‘ri shakllantirish imkoniyati yaratildi;
xo‘jalik yurituvchi subektlarda xarajatlarning boshqaruv hisobini takomillashtirish maqsadida “Asosiy ishlab chiqarish” schyotiga “Mehnat resurslarini boshqarish xarajatlari”, “Yangi mahsulot turlari va assortimentlarini yaratish xarajatlari”, “Yangi texnologiyalarni izlab topish va yaratish xarajatlari”, “Mahsulotni iste’molchigacha etkazib berish xarajatlari”, “Mahsulot realizatsiyasiga xizmat ko‘rsatish xarajatlari” subschyotlarini kiritish va uni hisob siyosatida aks ettirish bo‘yicha berilgan taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida boshqaruv hisobini samarali tarzda tashkil qilish maqsadida hamda hisob ma’lumotlarining tahlil natijadorliginsh oshirish maqsadida foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-martdagi 23/01-01-07/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat tizimidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar miqyosida asosiy va yordamchi faoliyatlar kesimida xarajat turlari bo‘yicha hisob ma’lumotlarini shakllantirib borish imkoniyati yaratilgan;
xo‘jalik yurituvchi subekt faoliyati samaradorligini majmuaviy baholash imkoniyatini beradigan ma’lumotlarni mulk egalari (aksiyadorlar) manfaatlari, subektning mavjud resurslari va bilim salohiyati hamda faoliyatni yuritishga ta’sir qiladigan tashqi muhit omillarini hisobga olgan holda, 3 o‘lchamda hamda balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi orqali taqdim etish bo‘yicha berilgan taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati mas’uliyat markazlari (segmentlari)da resurslar hamda kapitallarining real bozor qiymatini baholashda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-martdagi 23/01-01-07/202-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga tadbiq qilish kombinat faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2024-yildagi natijalarining 2023-yilga nisbatan sezilarli tarzda o‘sishini ta’minlashga, xususan sof foyda miqdorini 128 foizga oshirish imkoniyatini berdi. Mazkur taklifning kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotiga joriy etilishi moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar bloklari asosida ishlaydigan strategik prognoz balansini tuzish va buning natijasida moliyaviy natijalarga oid ma’lumotlar bazasining haqqoniyligini, yaxlitligini hamda ularga asoslanib qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining tezkorligini ta’minlamoqda va samaradorligini oshirmoqda;
noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish orqali balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimiga asoslangan, besh bosqichli integrallashgan model asosida xo‘jalik yurituvchi subekt salohiyatini tahlil qilish, uni baholash va bashorat qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublari va vositalari bo‘yicha berilgan taklifi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda resurslar tejamkorligini ta’minlaydigan moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni ham baholash uchun foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 14-martdagi 23/01-01-07/202-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinat tarkibidagi xo‘jalik yurituvchi subektlarda resurslar tejamkorligini ta’minlaydigan moliyaviy ko‘rsatkichlardan tashqari, tashqi muhit omillarini ham hisobga olish, ularning riski va samarasini baholash borasida tezkor tarzdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlarini yaratmoqda, shuningdek, kombinatning umumiy strategik salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar parametrlarini 2030-yilgacha belgilashda asosiy bashorat qilish usuli sifatida foydalanilmoqda.