Yuldasheva Feruza Ulug‘bekovnaning
yuridik fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatining tashkiliy -huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc /Yu198
Ilmiy maslahatchi: Asadov Shavkat G‘aybullaevich yuridik fanlar dοktοri, prοfessοr
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 qoshidagi Ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Kuvanovich yuridik fanlar doktori, professor; Malikova Gulchexra Rixsixodjaevna yuridik fanlar doktori, professor; Raximov Abdumannob Kuzievich yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida davlat fuqarolik xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
subektiv omillarni minimallashtirishga yo‘naltirilgan meritokratik tamoyillarning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatida shaffoflik va xizmat samaradorligi oshirilishga hamda kadr resurslarini rivojlantirishga va boshqaruv sifatini yaxshilashga imkon berishi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomining konseptual modeli (huquq–majburiyat) cheklashlar, taʼqiqlar va yuridik javobgarlik kabi elementlar bilan boyitilishi uning professional mustaqilligi va davlat hokimiyati manfaatlari orasidagi muvozanatni taʼminlovchi huquqiy mexanizmning asosini tashkil etishi asoslab berilgan;
moliyaviy-nazorat, lisenziyalash, ruxsatnoma berish, taftish vakolatlariga ega davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining differensiatsiyalangan ro‘yxati shakllantirilishi hamda ushbu lavozimlarni egallagan xizmatchilarni ularning roziligisiz majburiy rotatsiya qilinishi davlat xizmatida korrupsiyaviy omillarning cheklanishiga xizmat qilishi asoslab berilgan;
davlat fuqarolik xizmatchisining yuridik hamda intizomiy javobgarlikka tortishda protsessual kafolatlarni (tushuntirish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, himoyalanish, eʼtiroz bildirish huquqi) kuchaytirilishi uning kasbiy majburiyat va vazifalarini bajarishi samaradorligi oshirilishiga xizmat qilishi asoslantirilgan;
davlat fuqarolik xizmatini natijadorlikka qaratilgan standartlar asosida tashkil etish, kadrlar siyosatida tanlov va raqobatni kuchaytirish, maʼmuriy apparatning ixchamlashtirish davlat boshqaruvining institutsional sifatini rivojlantirishga yordam berishi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o’z ifodasini topgan:
meritokratik tamoyillarning joriy etilishi davlat fuqarolik xizmatida shaffoflik va xizmat samaradorligi oshirilishga hamda kadr resurslarini rivojlantirishga va boshqaruv sifatini yaxshilashga imkon berishiga oid g‘oya va takliflar kadrlar malakasini oshirish kurslarida foydalanish uchun “Davlat xizmati” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Kengashining 2024-yil 6-maydagi 8-sonli bayonnomasi) darsligiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2025-yil 29-yanvardagi 02-07/81-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish jarayonida subektiv omillarni minimallashtirishda nazariy asos yaratdi;
davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomining konseptual modeli (huquq–majburiyat) cheklashlar, taʼqiqlar va yuridik javobgarlik kabi elementlar bilan boyitilishi to‘g‘risidagi taklif 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 04/10-10-169- son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi davlat fuqarolik xizmatchisining professional mustaqilligi va davlat hokimiyati manfaatlari orasidagi muvozanatni taʼminlovchi huquqiy mexanizmni ishlab chiqishga asos yaratgan;
majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxatini belgilash va ushbu ro‘yxatdagilarni ularning roziligisiz rotatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 39-moddasi uchinchi xatboshisi o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 04/10-10-169-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar asosida rotatsiya qilinishi shart bo‘lgan lavozimlar va ushbu lavozimlardagi xizmatchilar rotatsiyasi majburiy ekanligi belgilanishi davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaviy omillarning cheklanishiga xizmat qilgan.
davlat fuqarolik xizmatchisining yuridik hamda intizomiy javobgarlikka tortishda protsessual kafolatlarni kuchaytirilishi to‘g‘risidagi taklif 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasining 3 qismiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 04/10-10-169- son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmatchilarning kasbiy majburiyat va vazifalarini bajarishi samaradorligi oshirilishiga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish tartibini alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilash to‘g‘risidagi taklif 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 04/10-10-169-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilishning siyosiy omillari va boshqa xususiyatlarini inobatga olish uchun huquqiy zamin yaratgan.