Karimov Behruz Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Qashqadaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sport tarixi (1991-2022 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD B2023.2.PhD/Tar1410
Ilmiy rahbar: Xasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti professori, tarix fanlari doktori Qobulov Eshbolta Atamurotovich, Osiyo texnologiyalar universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Abdullaev O‘ktamjon Sheralievich
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatida jismoniy tarbiya va sport tarixi (1991-2022 yy.)ni ilmiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘ligini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etilganligi, Qashqadaryo viloyatida yoshlarni sportga keng jalb qilinib va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olinganligi, Qashqadaryo viloyatida ayni vaqtda 14-30 yoshlilar orasidan sport bilan shug‘ullanuvchilar soni 285 mingdan ortib, viloyatdagi 4 mingdan ziyod sport-sog‘lomlashtirish obektlari ular uchun xizmat qilayotgani sabab sambo bo‘yicha Bohodir Boqiev, Musharraf Ibodullaeva, Maftuna Ergasheva, karate turi bo‘yicha Maftuna Samadova, Asadbek Mamanazarov, Mushtariybonu Ochilova, Paralimpiya chempionlari dzyu-do bo‘yicha Dovurxon Karomatov, engil atletika bo‘yicha Asila Mirzayorova jahon arenalarida bronza va oltin medallarni qo‘lga kiritganligi dalillangan;
Qashqadaryo viloyatining bosh futbol jamoasi “Nasaf” mustaqillik yillarida O‘zbekiston chempionati o‘yinlarida 10 bor bronza, 4 marta kumush, 1 marta oltin, kubok o‘yinlarida esa 4 marta oltin va OFK kubogini qo‘lga kiritgani, “Mash’al” futbol jamoasi 2006-yilda O‘zbekiston kubogi finalchisi bo‘lganligi, ayollar futbol jamoasi “Sevinch” futbol klubi ayollar futzali tarixida yagona yetakchi jamoa sifatida nom qozonganligi, mamlakat chempionatida 15 marta oltin, 4 marta kumush, 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani, 2007 – 2008, 2008 – 2009 yilgi mavsumlarda o‘ziga xos rekord o‘rnatgan holda O‘zbekistondagi ayollar futbolida yutish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni, 2009-yilda “Evropa kubogi” sohibi, “Podmoskovnaya jemchujina” musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritgani bois viloyatda futbol birinchi raqamli sport turiga aylanganligi isbotlangan;
Qashqadaryo viloyatida 2005-yilda 21 ta stadion, tennis kortlari, sport zallari, 8 ta suzish havzasi va boshqa inshootlar mavjud bo‘lib, 26 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabida 689 ming kishi (qishloq joylarida 614 ming) doimiy ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanganligi va bu ko‘rsatkich yildan yilga ko‘payib, 2019 yilda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tizimida 17 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 3 ta ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 2 ta ixtisoslashgan maktab-internati faoliyat ko‘rsatganligi, 2021-yilda viloyatdagi 17 ta sport ta’lim muassasalariga 1 mlrd 131 mln so‘mdan ortiq 3 turdagi sport jihozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi sifatida etkazib berilganligi asoslangan;
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyati hududida sport turlarini ommaviyligini oshirish, yoshlarni sog‘lom va baquvvat bo‘lib o‘sishlarida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Nishon tuman Nuriston shaharchasida “Turon” yoshlar klubi, Qamashi, G‘uzor, Koson va Yakkabog‘ tumanlarida yirik bolalar sport majmualari foydalanishga topshirilganligi, viloyatning tuman maktablarida ham bolalarni sport bilan shug‘ullanishlari uchun viloyatning eng chekka qishloq joylarida qurilgan 12 ta TIP sport majmualari va 63 ta sport zallarida ommaviy sport musobaqalari o‘tkazilganligi, Qarshi shahrida va Koson tuman Guvalak qishlog‘ida viloyat bolalar va o‘smirlar sport maktabi uchun badiiy gimnastika zali qurib foydalanishga topshirilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryoda jismoniy tarbiya va sport tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyati sportini rivojlantirish tadbirlariga alohida e’tibor qaratilgani, bu borada davlat byudjetidan katta mablag‘lar ajratilganligi, Olimpiada o‘yinlariga tayyorgarlik ishlarini kuchaytirish va musobaqalarda sportchilarimizning ishtirokini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirish, xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishgan sportchilarni munosib rag‘batlantirish tizimi takomillashtirilganligi ma’lumotlaridan O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yilning 27-oktyabrdagi 02-31-1609-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlarda viloyatda sportni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar haqida keng ma’lumotlar olishga xizmat qilgan.
Viloyatda mustaqillik yillarida sportning turli sohalarini rivojlanishi, jumladan, yakka kurash va jamoaviy sport turlarida respublika, mintaqaviy va xalqaro musobaqalarda, shuningdek, Olimpiada sporti turlarida erishgan natijalari, ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi masalalari haqida ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi faoliyatida foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 03-16/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda yakka kurash va jamoaviy sport turlarini yanada qo‘llab quvvatlash uchun chora tadbirlar ishlab chiqish zarurligi aniqlashtirilgan.
Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda boshqa sport turlari qatorida futbolga e’tibor keng qaratilgani bois Qarshining “Nasaf”, Muborakning “Mash’al”, G‘uzorning “Sho‘rtan” futbol jamoalari va xotin-qizlar jamoasi “Sevinch”ning bir qancha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hisobotlarida foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 03-16/5569-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni futbol maktablariga yanada keng jalb qilish, viloyatda futbol maktablari sonini kengaytirish lozim ekanligi ko‘rsatib berilgan.
Mustaqillik yillarida viloyat bolalar sport maktabida 7 ta sport turi mavjud ekanligi, 19 ta murabbiy faoliyat ko‘rsatib, jami shug‘ullanuvchilar 448 nafarni tashkil etgani va Respublika xalqaro turnirlarida yuqori natijalarni qayd etib kelayotgani kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 27-oktyabrdagi 02-31-1609-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda sportni rivojlantirish va yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga yanada kengroq jalb qilish, viloyat terma jamoasi a’zolarini sport anjomlari va sport kiyimlari bilan ta’minlash zarurligi ko‘rsatib berilgan.