Axmedov Dilshod Baxramovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ma’muriy sud ishlarini yuritishda taalluqlilik instituti: qiyosiy-huquqiy tahlil», «12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1156
Ilmiy rahbar: Shayzakov Shodiyar Ibragimovich, yuridik fanlari bo‘yicha  falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Radjapova Muxtaram Ziyodullaevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi O‘zbekistonda ma’muriy sud ishlarini yuritishda taalluqlilik instituti bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish orqali mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki asosida amalga oshirilishi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, sud taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi, o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘plashi, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirish va dalillarni to‘plashda sudga ko‘maklashish shartligi asoslantirilgan;
arizachi ma’muriy sudga taalluqli ishlarini yuritishda ariza yoki shikoyat talablariga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham sudga taqdim etishga haqli ekanligi asoslab berilgan;
ma’muriy sudga taalluqli erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqilishida prokuror ishtiroki shartligi asoslab berilgan;
ma’muriy sudga taalluqli talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik yoki iqtisodiy sudda ko‘rilishi lozimligi asoslantirilgan;
ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) oqibatida vujudga kelgan zararlar sababiy bog‘lanishdagi zararlar hisoblanishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda ma’muriy sud ishlarini yuritishda taalluqlilik institutining qiyosiy-huquqiy tahlili bo‘yicha tadqiqotdan olingan ilmiy natijalar asosida:
ma’muriy sud ishlarini yuritish sudning faol ishtiroki, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari, arizalari, iltimosnomalari, sud taqdim etilgan dalillar va ishning boshqa materiallari bilan cheklanmasdan barcha haqiqiy holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona tekshirishi, o‘z tashabbusi yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bo‘yicha qo‘shimcha dalillar to‘plashi, shuningdek, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishning haqiqiy holatlarini tekshirish va dalillarni to‘plashda sudga ko‘maklashish shartligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 11-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 04 sentyabrdagi 31/4-9/24-150-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi odil sudlovni faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga, shuningdek sudlarda ishlarni muhokama qilishda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qilgan.
arizachi ma’muriy sudlarga taalluqli nizolar bilan sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talabni ham sudga taqdim etishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 
27-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 15 sentyabrdagi 31/9/25-192-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi samarali sud himoyasini ta’minlashga, dalillarni to‘liq tekshirish orqali, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish imkonini bergan;
ma’muriy sudga taalluqli erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarni sudda ko‘rib chiqilishida prokuror ishtiroki shartligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 46-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Parlament tadqiqotlar institutining 2025 yil 19 sentyabrdagi 9/dn-186-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi prokurorlarning mazkur sohadagi faoliyatini takomillashtirishga va ma’muriy sudda ishlarning qonuniy, asosli va adolatli hal qilishga va yagona sud amaliyotini shakllantirishga xizmat qilgan;
ma’muriy sudga taalluqli talablardan alohida tarzda bildirilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizo taalluqliligiga ko‘ra fuqarolik ishlari bo‘yicha yoki iqtisodiy sudda ko‘rilishi lozimligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 27-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 15 sentyabrdagi 31/9/25-192-dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi sudlar o‘rtasidagi yurisdiksiya masalasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etib, nizolarni adolatli va qonuniy ko‘rib chiqishga, sud amaliyotini bir xillashtirishga xizmat qilgan.
ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) oqibatida vujudga kelgan zararlar sababiy bog‘lanishdagi zararlar hisoblanishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining «Sudlarda erga oid nizolarni ko‘rishda qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida» 2023 yil 20 noyabrdagi 28-sonli qarori 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2025 yil 04 noyabrdagi 01-29/25-43931-dalolatnomasi). Bu taklifning qabul qilinishi ma’muriy organlar va ular mansabdor shaxslarining yuridik va jismoniy shaxslarning erga oid huquqlarini buzuvchi ma’muriy hujjatlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza (shikoyat)lar, shuningdek, ushbu talablarga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararlarning o‘rnini qoplash haqidagi talablar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishiga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish