Nigmatova Iroda Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Almashinuv prikus davrida tish qatorining ikkilamchi deformatsiyasini tashxislash, davolash va oldini olish», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib219.
Ilmiy rahbar: Nigmatov Raxmatulla, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc. 28.12.2017. Tib. 59.01.
Rasmiy opponentlar: Alieva Rena Kurbanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ozarbayjon); Xabilov Nugmon Lukmanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.Ya.Gorbachevskiy nomidagi Ternopol` davlat tibbiyot universiteti (Ukraina).
II. Tadqiqotning maqsadi: Bolalarda almashinuv prikus davrida tish-jag‘ tizimi ikkilamchi deformatsiyalarining rivojlanish etiopatogenezini e’tiborga olgan holda tashxislash, davolash va oldini olish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
almashinuv prikus davrida tish al`veolyar yoyda chiqayotgan tishlarga joy etishmasligi natijasida ularning qiyshiq chiqishi va natijada ikkilamchi shakl buzilishlarning paydo bo‘lishi tish-jag‘ tizimida og‘ir anatomo-funksional o‘zgarishlarga olib kelishi asoslab berilgan;
bolalarda tish qatori ikkilamchi shakl buzilishlarining shakllanishi tish yoyining yon sohasida doimiy chaynov tish o‘lchamlari bilan tish al`veolyar o‘siqlar o‘lchamlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash usuli takomillashtirilgan;
bolalar tish-jag‘ tizimida uchraydigan ikkilamchi shakl buzilishlarning paydo bo‘lish vaqti, kelib chiqish sababi va og‘irlik darajasiga qarab tish qatorlarini tekislash va funksional holatini qayta tiklashning optimal usulini tanlashning taktik-texnik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
bolalarning almashinuv prikusi davrida tish-jag‘ tizimida uchraydigan ikkilamchi shakl buzilishlarni erta tashxislash, davolash va oldini olishga kompleks yondashuvning samaradorligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Almashinuv prikus davrida bolalarda TJT ikkilamchi deformatsiyalarini tashxislash, oldini olish va davolashning yangicha yondashuvi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Mezial prikusni davolash uchun ortodontik apparat» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ FAP 01242, 2017 yil). Ushbu ixtiro tish qatorining ikkilamchi deformatsiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish va muddatini qisqartirish imkonini bergan;
«Bolalarda almashinuvchi prikus davrida olinmaydigan ortodontik apparatlar yordamida tish va tish qatorlari deformatsiyalarini ortodontik davolash» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-z/36-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy qo‘llanma tish va tish qatorlari deformatsiyalarini ortodontik davolash samarasini oshirish, ortodontik davolash muddatlarini qisqarish va kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
almashinuv prikus davrida tish qatorining ikkilamchi deformatsiyasini tashxislash, davolash va oldini olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasi, Toshkent shahar 5-bolalar stomatologiyasi poliklinikasi, Toshkent shahar 2-bolalar stomatologiyasi poliklinikasi, Toshkent shahar 4-son umumiy stomatologiya poliklinikasi hamda DENTA MED PLUS MChJ xususiy klinikasi amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 martdagi 8n-z/36-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar stomatologik yordam sifatini oshirish, tashxislash va davolashning yangi usullarini qo‘llash, asoratlarini kamaytirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash hamda bemorlarning statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini yaratgan.