Qilichev To‘lqin Vaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, "Neft va gaz sanoati barqarorligini ta’minlaydigan strategiyalarni takomillashtirish" mavzusi (“O‘zbekneftgaz” AJ misolida)”, ixtisoslik shifri 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt640
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Kadirov Abdusattarxodja
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., professor Xashimov Akram Abdievich, i.f.f.d, (PhD), dotsent, Bobojonova Zarnigor Shokirovna
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologoya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz sanoatini innovasion moderniza-siyalashtirish, diversifikasiyalashtirish asosida respublika iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan xulosalar va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi texnologik qurilmalarni modernizasiyalanishiga ko‘ra suyuq uglevodorodlar va barqarorlashmagan gaz kondensatini chuqur qayta ishlash hisobiga suyultirilgan gaz ulushini ko‘paytirish taklif qilingan;
innovasion texnologiyalar asosida neft va gaz mahsulotlarini qazib olish, ularni qayta ishlash hamda gaz kondensati va neft mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘ra uglevodorod resurslari qidiruvi yo‘nalishida geologik qidiruv ishlarini ustuvor rivojlanti-rishni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJ sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlarining ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
neft va gaz ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy to‘qqizta ko‘rsatkichlar asosida hisoblash usuli mualliflik yondashuvi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi, neft va gaz sanoatini innovasion modernizasiyalashtirish va diversifikasiyalashtirish asosida respublika iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini strategik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi texnologik qurilmalarni modernizasiyalanishiga ko‘ra suyuq uglevodorodlar va barqarorlashmagan gaz kondensatini chuqur qayta ishlash hisobiga suyultirilgan gaz ulushini ko‘paytirish bo‘yicha taklif “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 15 maydagi PO2/EM-1827 va PO2/EM-1828-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif korxoonadagi kolonnalar va apparatlarni innovasion modernizasiya qilishdan avval sutkasiga 15 tonna propan-butan fraksiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, modernizasiya ishlaridan so‘ng sutkasiga 23 tonna, ya’ni 1,5 barobar (153%) ortiq mahsulot olishni ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
innovasion texnologiyalar asosida neft va gaz mahsulotlarini qazib olish, ularni qayta ishlash hamda gaz kondensati va neft mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘ra uglevodorod resurslari qidiruvi yo‘nalishida geologik qidiruv ishlarini ustuvor rivojlanti-rishni tashkil etish taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 15 maydagi PO2/EM-1827 va PO2/EM-1828-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif mahsulotni qazib olish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarida miqdor jihatdan yuqori aniqlikda hisobot yuritish darajasini oshirilishida mahsulotlarga bo‘lgan istiqbol talablari asosida samaradorlikni ta’min-lashga muayyan darajada xizmat qilgan;
“O‘zbekneftgaz” AJ sof foydasi va unga ta’sir etuvchi omillarni 2030 yilgacha bo‘lgan davrdagi prognoz ko‘rsatkichlarining ekonometrik modelidan “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 15 maydagi PO2/EM-1827 va PO2/EM-1828-sonli ma’lumotnomalari). Natijada “O‘zbekneftgaz” AJ sof foydasi hajmining 2030 yilgacha 2021 yildagi 3,348 trln. so‘mga nisbatan qariyb 0,9 foizga ortishi mumkinligiga muayyan darajada xizmat qilgan;
neft va gaz ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy to‘qqizta ko‘rsatkichlar asosida hisoblash usuli bo‘yicha mualliflik yondashuvning taklifi “O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning 2025 yil 15 maydagi PO2/EM-1827 va PO2/EM-1828-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif 2023 yilda korxona samaradorligi ko‘rsatkichini 1,6 foizga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan.